qabul qiluvchi — yuk tashishni amalga oshirayotgan tashuvchi taqdim etishi lozim bo‘lgan, tovarlarni o‘z nomidan qabul qilib oluvchi va u haqidagi ma’lumotlar transport hujjatlarida ko‘rsatilgan shaxs, tovarlarning bojxona rejimi o‘zgargan hollarda esa — BYuD taqdim qilinayotgan vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan so‘ng deklaratsiyalanayotgan tovarlarni bojxona organlaridan o‘z tasarrufiga olish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
2. BYuDni qo‘llagan holda tovarlarni deklaratsiyalash bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni elektron shaklda TEDAATga kiritish orqali yoki qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda A4 formatdagi varaqlarda qog‘oz shakldagi BYuDni qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
BYuD qog‘oz shaklda taqdim etilganda deklaratsiyalovchi shaxs bojxona organlariga o‘zining ERIsi bilan tasdiqlangan BYuDning elektron nusxasini ham taqdim etadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
3. Elektron BYuD bojxona organlariga belgilangan format va tuzilishga muvofiq taqdim etilishi lozim.
4. Bitta BYuDda bitta tovar turkumiga oid bo‘lgan, bitta bitimga muvofiq olib o‘tilayotgan va bir xil bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlar deklaratsiyalanishi mumkin.
Agar bitta tovar turkumiga oid bo‘lgan tovarlar turli bojxona rejimlariga joylashtirilayotgan bo‘lsa, u holda to‘ldiriladigan BYuDlar soni bojxona rejimlari soniga muvofiq bo‘lishi lozim.
5. Deklarant bitta bojxona organiga taqdim etilayotgan bir tovar turkumiga oid tovarlarni bir nechta BYuD bilan deklaratsiyalashi mumkin, Interpretatsiyalashning 2a asosiy qoidasiga muvofiq yig‘ilmagan yoki ajratilgan tovarning tarkibiy qismlari deb hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasining (bundan bo‘yon matnda TIF TN deb yuritiladi) yig‘ilgan yoki tugallangan tovarga mos keluvchi pozitsiyasida tasniflanadigan tovarlar bundan mustasno.
6. Bitta BYuDda ko‘pi bilan 100 ta nomdagi tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon etilishi mumkin.
7. Bir nom, tur, markadagi, TIF TNga asosan bitta o‘n raqamli kod bilan tasniflanuvchi, bir mamlakatdan yoki bir iqtisodiy ittifoq hududidan (agar tovarning aniq kelib chiqish mamlakatini aniqlash imkoni bo‘lmasa) kelib chiqqan yoxud kelib chiqish mamlakati noma’lum bo‘lgan, boj-tariflarini tartibga solish, taqiq va cheklovlarning bir xil shartlari qo‘llaniladigan tovarlar bitta tovar sifatida deklaratsiyalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Olib kirilib, erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotgan hamda bir xil TIF TN kodlari bilan tasniflanayotgan, lekin turli nom, tovar belgilari, marka, model, texnik tavsifga ega bo‘lgan, o‘z ehtiyoji uchun mo‘ljallanmagan iste’mol tovarlari (TIF TNning 4901, 4902, 4908 — 4911 tovar pozitsiyalari bilan tasniflanuvchi tovarlar bundan mustasno) turli tovarlar sifatida alohida deklaratsiyalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Farmatsevtika mahsulotlarini (TIF TNning 30 guruhi) va tibbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni (TIF TNning 9018 tovar pozitsiyasi) kelgusida realizatsiya qilish uchun “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida olib kiruvchi tashkilotlar ularni BYuDda deklaratsiyalashda majburiy tartibda savdo nomlarini, xalqaro patentlanmagan nomlarini, modellarini, texnik tavsiflarini, dori-darmonlarni chiqarish shakllarini, dozasini, konsentratsiyasini, qadoqdagi miqdorini, qadoqlar sonini, ishlab chiqaruvchisini va ishlab chiqarilgan davlatni ko‘rsatadilar. Bunda, agar bitta BYuDda yuqorida ko‘rsatilgan parametrlardan, hattoki bittasi bo‘yicha farq qiluvchi tovarlar rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa, u holda ular turli xil tovarlar sifatida alohida deklaratsiyalanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
9. BYuD o‘zbek yoki rus tilida tushunarli to‘ldirilgan bo‘lishi lozim.
BYuDda o‘chirishlar va bo‘yashlar bo‘lmasligi kerak. Tushunarsiz to‘ldirilgan BYuDlar bojxona organlari tomonidan rasmiylashtirish uchun qabul qilinmaydi.
10. BYuDga mazkur Yo‘riqnomada ko‘zda tutilmagan ma’lumotni kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Tovarning kuzatuv hujjatlarida shaxslar, tovarlar, transport vositalari nomlanishlari va boshqa ma’lumotlarning lotin yoki boshqa (arab, xitoy va h.k.) alifbolar harflarida yozilganligi holatlari uchrasa, u holda bunday ma’lumotlar BYuDda lotin alifbosi harflari bilan, kirill alifbosidagi nomlanishlar kirill alifbosi harflari bilan yoziladi.
Masalan:
shaxsning nomi — “Central global cargo Gmbh”, “Xinjiang zhongtai chemical Co., LTD”, “Magnitogorskiy metallurgicheskiy kombinat”, Kupriyanov Igor Mixaylovich;
avtotransport vositasi nomi — texnik vosita pasporti yoki rasmiy spravochniklarga muvofiq — “Toyota land cruiser”, “BMW 523i”, “MAN”, “KAMAZ”, “MAZ”;
tovar nomi — “Mars”, “Adidas”, “Alyonka”, “Russkoye pole”.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Qog‘oz shakldagi BYuD taqdim etilgandan so‘ng bojxona organi mansabdor shaxsi BYuDning to‘g‘ri to‘ldirilganligini, bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlar mavjudligining dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dastlabki tekshiruv natijasida kamchiliklar aniqlansa ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bojxona organi mansabdor shaxsi bu haqida deklaratsiyalovchi shaxsni xabardor qiladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Deklaratsiyalanayotgan tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida mavjud bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanilmaganligi hamda ushbu imtiyozlar va preferensiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning BYuDni tegishli grafalarida aks ettirilmaganligi ham kamchilik hisoblanadi.
BYuDning dastlabki tekshiruvi natijasida kamchiliklar aniqlanmasa, bojxona organi mansabdor shaxsi BYuDni rasmiylashtirish uchun qabul qiladi.
Bojxona organi tomonidan BYuDning qabul qilinganligini rasmiylashtirish u topshirilgan kunda, ro‘yxatdan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Bojxona organi BYuDni mazkur Yo‘riqnomaning 90-bandiga muvofiq tartibda uning 7-grafasini to‘ldirish orqali ro‘yxatga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan 2021-yil 3-fevraldan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son)
13. BYuDning rasmiylashtirilishi mazkur Yo‘riqnomaning 90-bandida belgilangan tartibda BYuDning “D” grafasini to‘ldirilishi bilan yakunlanadi.
14. Bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati yakunlangandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 184-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan muddat davomida quyida ko‘rsatilgan hujjatlarning saqlanishi ta’minlanadi:
deklarant tomonidan — BYuD hamda BYuDni rasmiylashtirish uchun asos bo‘lgan hujjatlar;
bojxona brokeri tomonidan — elektron BYuD hamda BYuDni rasmiylashtirish uchun asos bo‘lgan elektron hujjatlar, BYuD qog‘oz shaklda rasmiylashtirilgan holatlarda esa qog‘oz shakldagi BYuDning ikkinchi nusxasi va BYuDni rasmiylashtirish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalari;
bojxona organlari tomonidan — elektron BYuD hamda BYuDni rasmiylashtirish uchun asos bo‘lgan elektron hujjatlar, BYuD qog‘oz shaklda rasmiylashtirilgan holatlarda esa qog‘oz shakldagi BYuDning birinchi nusxasi va BYuDni rasmiylashtirish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |