41) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada tovarning ming AQSh dollaridagi statistik qiymati ko‘rsatiladi. Statistik qiymat tovarning 42-grafada ko‘rsatilgan faktura qiymati asosida hisoblanadi va “CIP (CIF) — O‘zbekiston chegarasi” yetkazib berish shartidagi narxga keltiriladi.
Statistik qiymat matematik qoidalarga ko‘ra verguldan so‘ng uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Statistik qiymatini hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYuD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan kursdan foydalaniladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |