Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


) 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”



Download 1,94 Mb.
bet72/171
Sana12.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#335766
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171
Bog'liq
Ukamga

39) 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”.

Grafada BYuDning 31-grafasida ko‘rsatilgan har bir tovar haqida bayon etilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi, BYuDni to‘ldirishga asos bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Har bir hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirishda foydalaniladigan hujjatlar va ma’lumotlar turlari tasniflagichiga muvofiq hujjatning tartib raqami va harfli kodini qo‘ygan holda ko‘rsatiladi (rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi):

a) litsenziyalanadigan tovarlar uchun litsenziya ro‘yxat raqami va berilgan sanasi hamda uning amal qilish muddati.

Masalan:

101 LITSENZIYA № 998344400002, 26.11.2015-y. Amal qilish muddati — 31.12.2015-y.;

b) transport va tijorat hujjatlarining raqami (ro‘yxat raqami).

Masalan:


205 AVIA № 259-12586814, 18.11.2015-y.;

220 INV № 987, 15.11.2015-y.;



Oldingi tahrirga qarang.

v) tovarning bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotgan kontrakt (shartnoma, kelishuv) uning raqami va sanasi.



(25-bandning 39-kichik bandi o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)

Masalan:


Oldingi tahrirga qarang.

301 KNT № EKS-654, 13.09.2015-y.;



(25-bandning 39-kichik bandi o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(25-bandning 39-kichik bandi o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)

g) normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan holatlarda, boshqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladigan ruxsatnomalar, xulosalar va boshqa hujjatlarning (sertifikatlar, guvohnomalar va h.k.) ro‘yxat raqami va berilgan sanasi.

Masalan:

417 SST № UZ.SMT.01.065.1783700, 15.10.2015-y.;

419 FTSS № 431771, 04.11.2015-y.;

Oldingi tahrirga qarang.

d) tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tgan raqami va ro‘yxatga olingan sanasi. Tovarlar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan deklaratsiyalangan holatlarda yakka tartibdagi tadbirkorning eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bilan davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasi.



(25-bandning 39-kichik bandi o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)

Masalan:


Oldingi tahrirga qarang.

501 reg MIVT № 96200126, 15.04.2014-y.;



(25-bandning 39-kichik bandi yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)

502 SvIPBYuL № 010176/198, 04.08.2015-y.;

e) “6” raqamidan so‘ng Bojxona to‘lovlari tasniflagichiga muvofiq bojxona to‘lovi turining kodi, so‘ngra Bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar mavjudligini tasdiqlovchi va BYuDning 44-grafasidagi ma’lumotlarni bayon etishda qo‘llaniladigan normativ-huquqiy hujjatlar tasniflagichiga muvofiq bojxona to‘lovlaridan ozod etishga asos bo‘ladigan normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Bojxona to‘lovlarini to‘lashdan xalqaro shartnomaga muvofiq ozod etilganda “MD” kodi qo‘yiladi va shartnomaning to‘liq nomi va imzolangan sanasi ko‘rsatiladi. Deklaratsiyalash qog‘oz shaklda amalga oshirilganda “MD” kodi ko‘rsatiladi va “BYuDning orqa tomoniga qarang” deb yoziladi. BYuDning orqa tomonidan xalqaro shartnomaning to‘liq nomi va imzolangan sanasi ko‘rsatiladi.

Bojxona to‘lovlaridan imtiyoz berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan bo‘lsa (masalan, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladigan tovarlar ro‘yxati belgilangan tartibda tasdiqlanadigan holatlarda) ikkita normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar mavjudligini tasdiqlovchi asosiy normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda qavs ichida qo‘shimcha normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar (masalan, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladigan tovarlar ro‘yxatini tasdiqlovchi hujjat kodi, raqami va sanasi).

Bojxona to‘lovlaridan ozod etish ko‘zda tutilmagan yoki bojxona to‘lovlari stavkalari belgilanmagan holatlarda grafaning mazkur qismi to‘ldirilmaydi.

Masalan:

620 PP № PP-2120 / 04.02.2014-y.;

629 PP № PP-2120 / 04.02.2014-y.;

629 NK 211/7 (MYu № 2436 / 20.03.2013-y.);

620 MD Protokol o primenenii Dogovora o sozdanii zoni svobodnoy torgovli ot 18-oktabrya 2011 goda mejdu ego storonami i Respublikoy Uzbekistan / 31.05.2013-y.;

620 MD Soglasheniye o sozdanii zoni svobodnoy torgovli / 15.04.1994-y.;

j) tovarning kelib chiqish mamlakati sertifikati ro‘yxat raqami va sanasi.

Masalan:


701 SPTIM № KZUZ50209586, 20.11.2015-y.;

z) bojxona rasmiylashtiruvida zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar va ma’lumotlar (bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash, vositachilik (garov va h.k.) bitimi, bojxona qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida bayonnoma va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar va ma’lumotlar);




Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish