26) 31-grafa. “Yuk joylari va tovar tavsifi”. “Markirovka va miqdor — konteynyerlar raqami — tovar tavsifi”.
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovar haqida ma’lumot ko‘rsatiladi. Tovar haqidagi ma’lumotlar TIF TN asosida tasniflash qoidalariga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlarni muayyan o‘n raqamli podsubpozitsiyada aniq tasniflash imkonini berishi lozim. Ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi:
1 raqami ostida quyidagilar ko‘rsatiladi:
tovarning nomi (savdo, tijorat yoki boshqa an’anaviy nomi), tovar belgilari, markalari, modellari, artikullari, navlari, standartlari va boshqa texnik va tijorat tavsiflari (davlat standartlari, texnik reglamentlar hamda standartlar va h.k.) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek deklaratsiyalanayotgan tovarning miqdoriy va sifat tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-apreldagi 86-son “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ilovasida ko‘rsatilgan tovarlar uchun energiya samaradorligi klassi to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
elektron BYuDda tovarning markasi va brendining nomi, energiya samaradorligi klassi to‘g‘risidagi ma’lumot alohida ajratilgan maydonchada ham ko‘rsatiladi (tovar markasi yoki brendining nomi mavjud bo‘lmagan hollarda “markasiz”, “brendsiz” deb ko‘rsatiladi);
(25-band 26-kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
agar bojxona to‘lovlarini hisoblash hamda undirish va (yoki) iqtisodiy siyosat choralarini (taqiqlar, cheklovlar va h.k.) qo‘llash uchun zarur bo‘lsa, tovarning asosiy va qo‘shimcha o‘lchov birliklaridan farq qiluvchi o‘lchov birliklaridagi tavsifi va ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (miqdori va shartli belgisi), shuningdek tovar ishlab chiqarilgan (tayyorlangan) sana ko‘rsatiladi.
Deklaratsiyalanayotgan tovarlarni tovar pozitsiyasining TIF TNda keltirilgan umumiy nomlanishi bilan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2 raqami ostida quyidagilar ko‘rsatiladi:
o‘ramga ega bo‘lgan tovar uchun — tovar egallagan yuk joylarining umumiy soni, tovar o‘rami turi va o‘ramlar miqdori. Agar ushbu grafada deklaratsiyalanayotgan tovar yuk joylarining hammasini egallamasa grafada “qutining bir qismi” va shunga o‘xshash yozuvlar yoziladi. Bunda o‘ram deganda tovarlarni o‘rash, himoyalash, joylashtirish va mustahkamlash yoki ajratish uchun mo‘ljallangan har qanday buyum va materiallar tushuniladi, uyum holda olib o‘tiladigan o‘rash materiallari (somon, qog‘oz, shisha tola, qipiq va shu kabilar) bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
sochilgan, uyumlangan, quyilgan holatda o‘ramsiz olib o‘tiladigan tovarlar uchun quyidagi kodlardan biri qayd etiladi:
(25-band 26-kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
“01” — sochilgan holda;
“02” — uyumlangan holda;
“03” — quyilgan holda.
(25-bandning 26-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan o‘n birinchi — o‘n uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
Elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali tashiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda 2 raqami ostida ma’lumotlar to‘ldirilmaydi.
3 raqami ostida konteynyerlarda tashiladigan tovar uchun yoki tovar sifatida konteyner rasmiylashtirilayotgan holatlarda — orasiga vergul qo‘yilib konteyner raqamlari ko‘rsatiladi. Agar deklaratsiyalanayotgan tovarlar konteynerni to‘liq egallamagan bo‘lsa konteyner raqamidan so‘ng: “bir qismi” so‘zlari yoziladi. Elektron BYuDda konteynyerlar raqamlari alohida maydonchada har biri alohida ko‘rsatiladi.
Agar konteyner yuk egasi mulki sifatida qoladigan bo‘lsa konteyner raqamidan so‘ng qavs ichida (elektron BYuDda alohida maydonda) “Yuk egasi mulki” so‘zlari yoziladi.
4 raqami ostida aksiz markalari bilan markalangan tovarlar uchun — har bir seriya bo‘yicha aksiz markalar seriyalari, raqamlari va miqdori ko‘rsatiladi.
Ketma-ketlikda kelayotgan aksiz markalarining raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli oraliqdagi birinchi va oxirgi raqam o‘rtasida chiziqcha “-” ajratuvchisini qo‘yish orqali yoziladi.
5 raqami ostida quvur transporti, elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda quyidagi yozuvlar yoziladi: “XX.XX.XXXX dan XX.XX.XXXX gacha bo‘lgan oraliqda yetkazib berish”. Bu yerda raqamli belgilar bilan tovarlarni yetkazib berish boshlangan “kun, oy, yil” va tugallangan “kun, oy, yil” ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |