32) 37-grafa. “Protsedura”.
Grafada tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tish protsedurasining yetti belgili kodi ko‘rsatiladi. Ushbu kod quyidagi uchta tarkibiy qismlardan iborat:
birinchi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bayon etilayotgan bojxona rejimi kodi;
keyingi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq avvalgi bojxona rejimi kodi. Agar avvalgi bojxona rejimi mavjud bo‘lmasa “00” ko‘rsatiladi;
oxirgi uchta raqam — mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasida keltirilgan Tovarlarni olib o‘tish xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlarni olib o‘tish xususiyati kodi. Agar tovarlarni olib o‘tish xususiyati belgilanmagan bo‘lsa “000” ko‘rsatiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |