Erkin konvertirlanadigan valuta — har qanday xorijiy valutaga erkin va chek- lanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valuta.
Erkin savdo zonasi — tarif va boshqa cheklovlar bekor qilingan holda erkin savdo olib borish imkoni bo‘lgan hudud.
GATT — dunyoning yetakchi mamlakatlari tomonidan xalqaro savdodagi cheklovlarni kamaytirish bo‘yicha tuzilgan ko‘p tomonlama hukumatlararo kelishuv.
GATS — xizmatlar savdosi bo'yicha ko‘p tomonlama hukumatlararo kelishuv.
Globallashuv —jahon iqgisodiyotining integrasiyalashuv, transmilliylashuv va baynanmilallashuv jarayonlari.
Import — tovarlami xorijdan olib kirishni ko‘zda tutuvchi tovarlar savdosi.
Ichki bozor — barcha ishlab chiqarilgan va sotishga mo'ljallangan mahsulotlami ichki bozorda sotishda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar sohasi.