Bojxona ittifoqi — o ‘zaro savdoda bojxona to'siqlari bekor qilingan va a ’zo bo'lmagan mamlakatlarga nisbatan yagona bojxona tariflari asosida umumiy tashqi savdo siyosati olib borayotgan mamlakatlar guruhi.
BENILYUKS — 1960-yilda Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg o‘rtasida imzolangan iqtisodiy ittifoq.
BRIC — barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga, jahon iqtisodiyoti va savdosida salmodi ulushga ega Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoydan iborat mamlakat- lar guruhi.
Demping — savdo siyosatining moliyaviy metodi bo'lib, tovami tashqi bozorga mamlakatdagi mavjud normal bahoga qaraganda past baholarda eksportga chiqa rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |