Eksportni ixtiyoriy cheklash — rasmiy davlatlararo yoki tovar eksportiga no- rasmiy kvota belgilash to‘g‘risida savdodagi hamkor tomonidan savdoni cheklash yoki eksportni kengaytirmaslik to‘g‘risidagi majburiyatiga asoslangan eksportni miqdor jihatidan cheklash.
Eksportni kreditlash — tashqi savdoning notarif moliyaviy metodi bo‘lib, dav- lat tomonidan milliy firmalar eksportini rivojlantirish uchun moliyaviy rag'batlantirishni ko‘zda tutadi.
Eng qulay savdo rejimini yaratish — bu xalqaro savdo shartnomalarida qat’iy belgilangan shart bo‘lib, shartnoma tuzuvchi shartnomalarining bir-biriga barcha huquq, afzallik va imtiyozlami taqdim etish ko‘zda tutilgan bo'lib, ushbu mam lakatlar yoki uchinchi davlat ulardan foydalanilishi mumkin.
Emigratsiya — mehnatga layoqatli aholining mamlakat hududidan ko‘chib ketishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |