GLOSSARIY
Avizo —o’zaro hisob-kitoblar holatidagi o’zgarishlar to’g’risida bir kontragentning ikkinchi kontragentga jo’natadigan xabari, shu jumladan uning hisob varag’iga o'tkazmalar kelib tushgani haqida, akkreditiv ochilishi va hokazolar to’g’risida bank tomonidan mijozga yuboriladigan xabarnoma.
Avtarkiya (autarky) — mamlakatning jahon bozoridan ixtiyoriy yoki majburiy tarzda mahdudlanish siyosati, davlatning xo'jalik jihatidan alohida yashashi. Olib kiriladigan tovarlarga yuqori cheklash bojlarining belgilanishi, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo aloqalarini rivojlantirishga to’sqin lik qiluvchi shart-sharoitlarni yaratish avtarkiyaning asosiy vositalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |