Jahon iqtisodiyoti — xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi orqali o‘zaro alo- qada bo'lgan milliy iqtisodiyotlar yig'indisi.
Jahon xo‘jaligi — bir-biri bilan harakatchan ishlab chiqarish omillari orqali bog'langan milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi.
Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimoti va boshqa ishlab chiqarishga asoslangan barqaror tovar-pul munosabatlari sohasi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi — jahon iqtisodiyotining tovarlar, xizmat lar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozoriga aylanish jarayoni.
Ko‘pmillatli korporatsiyalar (KMK) — bosh kompaniya ikki va undan ortiq
mamlakat kapitaliga tegishli bo‘lib, xorijiy bo‘limlari turli mamlakatlarda joylash- gan korporatsiyalar.
Litsenziyalash — davlat mutasaddi organlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoli- yatga ruxsat berish orqali eksport yoki import qilinayotgan tovarlami muayyan vaqt mcbaynida ma'lum miqdorda eksport yoki import qilishga ruxsat berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |