5.3. Jahon narxlari va asosiy tashqi savdo narxlarining turlari. Jahon narxlari tashqi savdo operatsiyalari narxini aniqlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Tashqi savdo narxlarining tasnifi jadvalda keltirilgan.
5.1.- jadval
Tashqi savdo narxlarining tasnifi1
Tasniflash belgisi
Narx turlari
Bozor turi
Auksion narxlari
Birja narxlari
Savdo narxlari
Ma’lumot olishga ko’ra
Chop etiladigan narxlar
Hisob-kitob narxlari
Yetkazib berish startleriga ko’ra
Yetkazib berishning bazis startlari
Fiksatsiya usuli
Qat’iy (doimiy) narxlar
O’zgaruvchan narxlar
Sirg’aluvchi narxlar
Aralash narxlar
Saveo shakliga ko’ra
jory kontraktlar narxlari
Uzoq muddatli kontraktlar narxlari
- shartnomaviy narx —sotuvchi va xaridor o'rtasida kelishilgan va shartnomada ko'rsatilgan aniq baho. Odatda, u etkazib beruvchi taklif etgan bahodan past bo'lib, tijorat siri sifatida hech qaerda oshkor etilmaydi;
- ma'lumot beruvchi narxlar - maxsus nashrlarda, byulletenlarda, davriy adabnyotlarda, kompyuter ma'lumot kanallarida e'lon qilinadigan sotuvchi bahosi bo'lib, qoidaga ko'ra, ular ancha balandroq va kam harakatchan bo'ladi. Mazkur tovar bozorda yuzaga kelgan umumiy dinamika va tendentsiyani ifodalaydi;
- birja narxlari - birja orqali sotiladigan tovarlar bahosini aks ettsiradi. Ushbu tovarlar tarkibiga asosan xomashyo tovarlari va yarim fabrikatlar kiradi. Birja savdosiga qo'yilgan tovar bozordagi kon'yunkturani o'zida ifodalaydi, ko'p hollarda noiqtisodiy omillar ta'siriga tushib koladi; kelishuv chog'ida tovarning birja kotirovkasini, tovarni etaazib bershpni, to'lovni va boshqalarni o'zida ifoda ettirmaydi, kotirovka bahosi maxsus byulletenlarda bosib chiqariladi. Alohida tovarlar turlarining kotirovka narxlari ko'pincha ayrim birjaparda shakllangan narx darajasi va dinamikasidan kelib chikqan holda aniqlanadi;
- auktsion narxlar —tovarning savdo jarayonida vujudga kelgan bahosi bo'lib, ma'lum bir davrdagi talab xdmda taklifni aks zggiruvchi va tovarning Real bahosidir. Auktsionlarda asosan san'at asarlari, mo'yna, hayvonlar kabi o'ziga xos tovarlar sotiladi;
- tashqi savdoning statistik narxlari - milliy va xalqaro statistik ma'lum otnomalarda bosilgan xisob-kitob narxlari, bu ma'lumotlar ma'lum bir tovar bo'yicha aniq bahoni aks ettirmaydi. Ushbu narxlar faqat mamlakatlar va jahon savdosining rivojlanish dinamikasi va tendentsiyasini tahlil qilish, statistik hisob-yuggoblar uchun xizmat qiladi.
Jahon bozorida narxlar vujudga kelish xususiyatlariga qarab "erkin bozor" va "yopiq bozor" narxlariga bo'linadi. "Erkin bozor" bahosi raqobat sharoitida yuzaga keladi va talab bilan taklif nisbatini aks ettiradi. "Yopiq bozor" bahosi tovarlarni sotish uchun ma'lum bir joyda tashkil etilgan, auktsion savdolarga oid baholar xisoblanadi. "Yopiq bozor" bahosi sotuvchi va xaridor o'rtasvdagi o'ziga xos munosabat bo'lib, mazkur tovarga talab va taklif ob'ektlarining ta'siri kam bo'ladi. Bu baholar firmalarda ichki savdo, iqgisodiy guruxdarning mintaqaviy va maxsus preferentsial kelishuvlar bahosidir.
Kelishuvda belgilangan xizmat turiga qarab bahoning йuyidagi turlarini ajratish mumkin:
- erkin konvertirlanadigan valyutada to'lanadigan savdo bitimlari narxi;
- erkin ganvertirlanmaydigan valyutada to'lanadigan savdo bitimlar narxi;
- kliring kelishuvlar bo'yicha shakllangan narx;
- nosavdo operasiyalar bo'yicha shakllangan narx;
- transfert narx (firma ichida).