Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) - Andijan, Qobul va Hindiston hukmdori, «Bobumoma», «Mubayyin» asarlarida soliq siyosati, masalan, zakot to‘g‘risida qimmatli g'oyalari berilgan. Eng muhimi, daromad oshgan sari soliqning kamayib borishining ahamiyati tushuntiriladi. Savdo va tashqi munosabatlarga katta e’tibor bergan.
Tomas Mor (1478-1535) - ingliz olimi. «Utopiya» (1516) asarida xayoliy sotsializm g'oyalari berilgan, «qo'ylar odamlarni yeb qo'ydi» iborasining muallifi (dehqonlaming o'z yerlaridan mahrum qilinishi). «Utopiya» so'zi yunoncha «u-» /yo‘q/ va «topos» /joy/ so'zlaridan tashkil topgan, ya’ni bu so'zning ma’nosi «o'zi yo‘q joy»dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |