Tommazo Kampanella (1568-1639) - italyan iqtisodchisi, Italiyadagi og'ir iqtisodiy ahvolni ko‘rgan. «Oftob shahri» (1602-yildayozilib, 1632- yilda chop etilgan) kitobida umumiy mulkchilik, mehnat asosida xayoliy sotsializm g'oyalari rivojlantirilgan.
Merkantilizm — italyancha so'z bo'lib, savdogar degani, feodalizmning yemirilishi va ilk kapitalizm davridagi dastlabki bozor iqtisodi maktabi; ilk merkantilizm (monetarism) va rivojlangan merkantilizm davrlariga bo'linadi; boylikning asosi muomala (savdo)da yuzaga keladi, degan g'oya ilgari surilgan.
Antuan Monkreten (1565-1621) - fransiyalik iqtisodchi, birinchi bo'lib «siyosiy iqtisod» tushunchasini kiritgan, merkantilizmni, savdo rivojini qo'Uagan, dvoryanlarning zeb-ziynatga berilishini qoralagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |