Jahonshumul iqtisodiy muammolar.
Rivojianayotgao mamfakatlar iqtisodiyoti to‘g‘risidagi g‘oyalar
Hozirgi davrda jahonda 200 dan ortiq davlat mavjud, ulammg soni sobiq SSSRning parchalanishi, Yugoslaviyaning bo'lirushi va boshqalar tufayli keskin oshdi. Shundan 188 davlat BMT a’zosidir. Bu tashkilot tuzilganidan buyon (1945-yil 24-oktabr) o'ziga xos yakun yasaldi va quyidagilar e’tirof etildi: BMT a’zolari soni 51 tadan 188 ga o‘sdi, dunyo aliolisi esa shu davr mobaynida 2.5 milliarddan 6,1 milliardga yetdi (o‘sish 3,5 milliard), yalpi milliy mahsulot (yoki xalq boyligi) 7 trillion AQSH dollaridan deyarli 30 trillion dollarga yetdi, ya’ni 4 martadan ko‘proq o'sdi. 1995-yilning martida Kopengagenda BMT tashabbusi bilan ijtimoiy rivojlanish masalalari bo'yicha xalqaro konferensiya bo'ldi, unda 150 dan ortiq davlat (oliy maqom) rahbarlari ishtirok edilar. BMT Bosh kotibi B. Butros G'oliy {1997-yildan BMT Bosh kotibi tinchlik bo*yicha Nobel mukofoti laureaii Kofi Annan) o‘z nutqida so'nggi yillarda kambag‘allar va boylar o'rtasidagi tafovut kuchayib, 1960-yildagi nisbat 13:1 dan hozirgi o‘n yillikda 60:1 ga yetganligini qayd etdi. Hozirgi davrda bu nisbiy 75:1. Sayyoramizning
milliard aholisi (27,3 foiz) og‘ir iqtisodiy ahvolda kun kechirmoqda. Bunday differensiatsiya xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, dunyoda ekologik muammo kuchayib bormoqda. Sog'liqni saqlash (SPID va boshqa yuqumli kasalliklar), narkobiznes masalalari tobora avj olmoqda.
0‘zaro iqtisodiy, ayniqsa, savdo munosabatl arming nafi hammaga ayon bo'lishiga qaramay, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar, odatda, garmoniya asosida emas, balki qarama-qarshiliklar asosida rivojlanmoqda. Boy va kambag'al mamlakatlar o'rtasida savdodan tushadigan daromadlami taqsimlashda kelishmovchiliklar kuchayib bormoqda.
Lekin keyingi davrda olib borilgan to‘g‘ri iqtisodiy siyosat tufayli ilgari qoloq bo‘lgan davlatlarning ayrimlari rivojlanish, taraqqiyot yo‘liga kirib oldilar. Ulaming soni tobora oshib bormoqda. Ulaming ayrimlari Lotin Amerikasida (Braziliya, Argentina, Meksika), ko'pi janubi- sharqiy Osiyodadir («to'rt ajdaho» - Koreya Respublikasi, Tayvan, Syangan va Singapur).
Malayziya, Tailand, Vyetnam, Indoneziya va boshqa mamlakatlar bular qatoriga kelib qotshilmoqda. Bu davlatlarga xos bo'lgan xususiyat shuki, bozor munosabatlari keng qollanilmoqda, sanoat (indus- triya)ning rivojiga alohida e’tibor berilmoqda, xorijiy investitsiyalar (qo'shma korxonalar juda ko‘p) ko'p ishlatilmoqda va oqibatda iqtisodiyotning o'sish sur’atlari yuqori (5-10, hatto 14-15 foiz). Xitoy Xalq Respublikasi ham 1979-yildagi iqtisodiy islohotlar tufayli taraqqiyot yo'liga kirdi (ayniqsa, ocliiq iqtisodiy hududlarda o‘sish katta).
Shular tufayli bu sohada iqtisodiy ta’limotlarda ham o‘ziga xos yo‘nalishlar yuzaga keldi. Hozirgi davr iqtisodiyotchilari U.Rostou, R. Emerson, P. Samuelson va boshqalar kolonializmning ijobiy tomonlarini, uning qoloq mamlakatlarga «taraqqiyot» olib boiganligini bo‘rttmb ko'rsatishga intilmoqdalar. Go‘yoki mustamlakalar ilg‘or mamlakatlar yordarnida o‘z mustaqilligml ta’minlashga erishganlar. Bu tuzum ilg'or va qoloq mamlakatlarga birdek naf keltirgan deb hisoblaniladi. R.Emerson fikricha, kolonializm Sharq xalqlari uchun taraqqiyot yo‘lidan borishga imkoniyat yaratdi.
Ayrim iqtisodchilar kolonializmning salbiy tomonlarini inkor etmagan holda, uni XIX asr oxiri va XX asrdagi kapitalistik mamlakatlar «deformatsiya»ga uchradi, mustamlaka davlatlarining do‘stiga aylandi, demoqdalar. «Yaxshi kolonializm» iqtisodiy rivojlanishni rag‘bat- lantiradi, bu davlatlaming o‘z~o‘zini boshqarishini ta’minlaydi.
G'arbda «noiloj rivojlanish», «tashqi turtki» nazariyalari keng tarqal- gan (R.Nurkse, E.Xagen), unda ozodlikka erishgan davlatlar dastlab musibatlarga uchrashi tabiiy, shu sababli ularning ahvoli og‘ir bo‘ladi. Ochlik-yalang'ochlikka mahkurn etiladi. Daromadning kamligi jamg‘ar- malar paydo bo'lishiga to‘siqdir va kapital qo‘yilmalar ham past darajada saqlanadi. Bu esa sanoat rivojiga va milliy daromad o'sishiga yo‘l bermaydi va kambag‘allik hamda nochorlikni keltirib chiqaradi (Ilojsizlik rivojlanishi). Bu og‘ir ahvoldan chiqishning birdan-bir yo‘li - tashqi «turtki yo'li» hisoblanadi. Minimum kapital qo‘yilmalaming asosan tashqi investitsiyalar hisobiga asta-sekin o'sisliiga, rivojiga erishiladi. Kapital qo‘yilmalar miqdori ma’lum kritik darajadan yuqori bo‘lishi kerak, shu bilan turg‘unlik holatidan chiqib olinadi. Bu tadbirkorlik faoliyatini kuchaytiradi va xorijiy investorlar uchun qulay «iqljm»ni yuzaga keltiradi. G'arbdagi ko‘p iqtisodchilar bu mamlakatlarda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘tkazishni ham taklif etmoqdalar. Mustamlaka mamlakatlari ЬЦал metropoliya o‘rtasidagi munosabatlar hech vaqt tenglik asosida bo'lmagan, noekvivalent almashuv yo‘li bilan qo'shimcha boylik orttirish imkoni bo‘lgan. Ilgari mustamlaka bo‘lgan qaram davlatlar mustaqillikka erishgandan keyin ham awalgi metropoliyaga ko‘p vaqt davomida ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lib qolaverdi.
Yana bir eng dolzarb masala bu — demografiya muammosidir. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 1945-2000-yillar davomida jahonda aholi soni
milliarddan 5.5 miUiardga yetdi.
Fisher, R.Dombush, R.Shmalenzilaming ta’kidlashicha, kamba- g‘al mamlakatlar masalasi kambag'al Janub bilan boy Shimol o‘rtasidagi muammolar sifatida tobora kuchayib bormoqda. Janub mamlakatlari o‘z qiyinchiliklarini jahon iqtisodiyotidagi mavjud awalgi tartibdan deb bilmoqdalar. Bu tartib go‘yoki ularga qarshi qamtilgandir. 1974-yilda BMT Bosh Assambleyasi yangi xalqaro iqtisodiy tartib joriy etishni qo‘llab-quwatlovchi rezolutsiyani qabul qildi (NIEO).
Qabul qilingan yangi tartib uch qoidaga asoslanadi:
Xalqaro aloqalar ma’lum tartibga solib turiladi va bu turii davlatlar tomonidan siyosiy yo‘l bilan amalga oshiriiadi.
Ishlab chiqarilgan tovarlarning davlatlararo taqsimotida rivojlanayotgan mamlakatlar manfaati ham hisobga olinishi shart va shuni ta’mmlaydigan yo'llar yaratilishi kerak.
Barcha iqtisodiy munosabatlar tizimi demokratiya asosida olib borilishi zarur, har bir davlat o'z ichki tuzumidan qat’i nazar, shu munosabatlarda qatnashishga haqlidir.
Keyingi davrda BMT tomonidan «Insoniy rivojlanish konsepsiyasi» ilgari surildi. Iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi daromadning ko‘payishi va insoniy farovonlikning yaxshilanishi orasidagi aloqani aniqlashda muhim xizmatni ado etadi.
Mamlakatning insoniy rivojlanish darajasi qanday baholanadi? Bu muammoning zamonaviy yechimlariga bir oz to'xtalamiz. Mamla- katning rivojlanganlik darajasini baholashning yaqingacha yagona usuli jon boshiga YaMM bo‘lganligi sababli, mukammalroq ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichni kashf qilish davr taiabi edi. Izlanishlar natijasida insoniy rivojlanish indeks (1RI) ko'rsatkichi kashf etildi. IRI inson rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi uch asos - umrboqiylik, ta’lim va yashash darajalaridan iborat integral ko'rsatkichdir. Uzoq umr ko'rish kutilayotgan hayot davomiyligi orqali o'lchanadi. Ta’lim darajasi ko‘rsatkichning 2/3 qismini tashkil etuvchi katta yoshlilar savodxonligi va 1/3 qismini hosil qiluvchi ta’linming o'rtacha davomiyligi ko‘rsat- kichlari orqali ifodalanadi. Yashash hayotning mahalliy qiymati (sotib olish pariteti yoki PPP - «purchasing power parity») ga nisbatan to'g'rilangan jonboshiga real yalpi ichki mahsulot (YalM) orqali baholanadi. Nimaga faqat uch ko’rsatkich? - degan savol tug‘ilishi tabiiy. Inson hayotining hamma jabhalarini aks ettirish a’lo bo‘lar edi. Ammo ma’lumotiammg to‘liq emasligi bir oz chekJanishlar tug'diradi va bu ma’lumotlarga ega bo'linganda, balki ulami ham hisobga olish ayni muddao bo'lar edi. Ammo ko‘proq ko'rsatkichi ami qo'shish har doim ham yaxshiroq natijalaiga olib kelavemiaydi. Ulaming ba’zi birlari ishlatilayotgan ko‘rsatkichlar bilan korrelatsiya qilingan bo'iishi mumkin. Bolalar o‘limi darajasi, masalan, kutilayotgan hayot davo- miyligida o‘z aksiini topgan. 0‘zganivchilaming ko‘proq sonini qo‘shish umumiy manzarani xiralashtiradi va asosiy yo'nalishlardan chalg'itadi,
Insoniy rivojlanish tushunchasi so‘nggi yillarda barqaror rivojlanish g‘oyasi bilan to‘ldirildi. Buning ma nosi shuki, hozirgi avlodning insoniy rivojlanish jarayoni kelajak avlod insoniy rivojlanishi hisobiga ro‘y bermasligi darkor. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi dastlab atrof- muhitni muhofaza qilish harakati tomonidan kiritildi, bu harakat namoyandalari rivojlanish tushunchasi «avlodlar o‘rtasidagi munosabatlar» kabi g'oyani ham o£z ichiga olishini himoya qiimoqdalar. Tabiiy resurslarning kamayib borishi kelajak avlodlar rivojlanishi muam- molarini keltirib chiqarishi mumkin. «Barqaror rivojlanish» konsep- siyalari atrof-muhit va tabiiy resurslar doirasidagina qo'llamlishi mumkin bo‘lmay, balki insoniy imkoniyatlar, «insoniy kapital»ga qo‘- yiladigan mvestitsiyalarga ham tegishlidir.
Insoniy rivojlanish konsepsiyasi BMT Taraqqiyot Dasturi (FNDP) tomonidan izchil targ‘ib qiiinib kelmoqda. Bu sohadagi izlanishlar yillik «Insoniy rivojlanish ho'yicha hisobotlar» (Human Development Report) ko‘rinishida chop etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |