Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay (1394-1449) - A.Temuming nabirasi, Shohruhning o'g'li, 1409-49-yillar Movarounnahrda podsholik qildi, ilm-fan, madaniyat rivojiga, mamlakatning iqtisodiy ravnaqiga katta hissa qo'shdi, 1428-yilda fulusiy pullar jslohotini o'tkazib, chaqa pullar qadrini mustahkamladi, «Tamg'a» bojiga alohida e’tibor berdi, iming podsholik davrida mamlakatda ichki va tashqi savdo o'sdi.
Alisher Navoiy (1441-1501) — temuriylardan, shoir, davlat arbobi sifatida iqtisodiyot masalalariga katta e’tibor beigan. «Mahbub-ul-qulub» asarida dehqon, hunarmand va savdogarlar faoliyatiga alohida baho beradi, uning fikrlarida almashuv zarurati ko'rsatilgan, kapital tushun- chasining elementlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |