Diniy ekstremizmning yoshlar dunyosi uchun xavfi. Mutaxassislar fikricha, islomiy ekstremizm va u bilan bog'liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlariga alohida tahdid solmoqda. Yer kurrasining turli qifalarida joylashgan bunday mamlakatlarni shartli tarzdabir necha guruhga bo'lish mumkin.
Birinchi guruhga mansub Shimoliy Afrikadajoylashgan ayrim arab mamlakatlari, jumladan, eng katta arab davlati bo'lgan Misr Arab Respublikasi uchun diniy ekstremizm bilan bog'liq terrorchilik harakatlari haqiqiy muammoga aylandi. 1970-1980-yillarda bunday jarayon Tunisni qamrab oldi.
Mazkur mintaqada joylashgan yana bir arab davlati Jazoirdagi diniy ekstremistik tashkilotlarning qo'poruvchilik faoliyati tufayli o'n minglab begunoh insonlar halok bo'lgan bo'lsa, radikal islomchilar hokimiyatni boshqarayotgan Sudanda mana ocn yildan oshiqroq vaqtdan beri ichki ijtimoiy-siyosiy barqarorlik mutlaqo izdan chiqqan, Darfur
mintaqasi esa bugungi dunyoning eng fojiali nuqtalaridan biriga aylandi. Ustiga-ustak, ushbu mamlakat hududi turli xildagi terrorchi unsurlar to'pla-nayotgan va harbiy tayyorgarlikdan o'tayotgan o'nlab jangarilar uyalari amal qilayotgan xatarli joyga aylandi.
Ikkinchi guruhga Osiyo qif asida joylashgan yana bir necha arab davlatlarini kiritish mumkin. Turli-tuman siyosiy, iqtisodiy va diniy-mafkuraviy sabablarga ko'ra, Falastin hududlari, Iroq Respublikasi diniy ekstremizm bilan bog'liq terrorchilik harakatlaridan katta talafot ko'rmoqda. Saudiya Arabistoni Podshohligida ham terrorizm o'zining mudhish qiyofasini namoyon etmoqda. Vaziyatning keskinlashib ketishi diniy arboblarning aksilterror siyosatini faol qo'llab-quvvatlashga jalb qilinishiga olib kelmoqda. Xususan, 2003-yilning fevralida Saudiya Arabistoni ulamolar Kengashi Podshohlikdagi chet el fuqarolariga hujum qilishni taqiqlovchi fatvo chiqardi. Unda chet elliklarga «kofir» deb qarash islom tamoyillariga mutlaqo zid ekani ta'kidlanadi”
Diniy ekstremistik faoliyatning uchinchi o'chog'i Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida joylashgan deyish mumkin. Ushbu xatarning olovli nafasi, ayniqsa, Pokiston, Indoneziya, Malayziya hamda Hindiston va Fili ppinning ayrim hududlaridao'zining halokatli oqibatlarini namoyon etmoqda. Boshqacha aytganda, qadim-qadimlardan buddaviylik, hinduiylik, islom va boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchilar tinch-totuv yashab kelgan ulkan hududda ham ekstremizmning qo'poruvchilik salohiyati o'zini ko'rsatmoqda.
Uyga vazifa: mavzuga doir rasm chizish
Sinf rahbati: Sobirova N.M
MMIBDO`: Akkulova G.B
Sana: 23.10.2015
8-mavzu: Tabiatni asraylik
Maqsad: O`quvchilarga tabiatni asrash haqida tushuncha berish. O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqil hayotga tayyorlash
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish 2) Davomatni aniqlash
Darsning borishi
Bugungi kunda «ekologiya» tushunchasi har bir kishining ongiga singib bormoqda. Deyarli har kuni gazeta sahifalarida, radio va teleko'rsatuvlarda hozirgi sharoitdagi ekologik muammolar hamda ularni hal etish borasida olib borilayotgan sa'y-harakatlar haqida ma'lumotlar beriladi.
«Ekologiya» tushunchasi yunoncha so'z bo'lib, uning o'zagi oykos uy, makon va logos fan degan ma'noni bildiradi. Tabiiy uyimizni o'rganish deganda, albatta, undagi barcha tirik organizmlar va jarayonlarni o'rganish, ya'ni ushbu uyni yoki maskanni hayot uchun yaroqli holda saglash kabi masalalar tushunilishi kerak.
Ma'lumki, hozirgi davrda Yer sharining turli nuqtalarida keng quloch yozayotgan ekologik tangliklar bizni tabiatga nisbatan munosabatimizni o'zgartirish zarur ekanligi va u haqida qayg`urish-imizni taqozo etadi.
Fan va texnika yutuqlari tufayli go'yoki, biz endi tabiatga bog'liq emasmiz, degan noto'g'ri tushunchalar kelib chiqdi. Afsuski, biz doimo tabiat bilan birgalikdagina sayyorada hayotni davom ettirishimiz mumkin. Tabiatning asosiy qonunlari o'z kuchini yo'qotgan emas, balki ularning namoyon bo'lishi insonga nisbatan o'zgargan, xolos. Endi insoniyatni saglab golish tabiat haqidagi bilimlarimiz hamda unga nisbatan ongli ravishdagi harakatlarimizga, ya'ni tabiat bilan insonning uyg'unlashgan holdagi rivojlanishiga bog`liq.
Tabiat bilan inson o'rtasidagi uyg`unlikni ta'minlashda ekologik ta'limtarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta'lim tizimining barcha bosgichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta'lim va tarbiya insonning tabiatga, golaversa, o'ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o'z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg'otish orqali ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari xalqimizning an'analariga hurmat ruhida tarbiyalashni, yuksak ma'naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
Uyga vazifa: mavzuga doir rasm chizish
Sinf rahbati: Sobirova N.M
MMIBDO`: Akkulova G.B
Sana: 30.10.2015
9-mavzu: Prezident asarlarini o`rganamiz: Yuksak ma`naviyat engilmas kuch
Har kuni, har soatda fidoyi bolish, ozini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish haqiqiy qahramonlik aslida mana shu.
Yuksak ma`naviyat engilmas kuch asaridan
Maqsad: O`quvchilarga Prezident asarlarini o`rganamiz Yuksak ma`naviyat engilmas kuch asari haqida tushuncha berish. O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqil hayotga tayyorlash
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish 2) Davomatni aniqlash
Darsning borishi
Prezidentimiz Islom Karimovning ushbu kitobida odamzot uchun hamma zamonda ham eng buyuk boylik bo'lib kelgan ma'naviyatning ma'no-mazmuni va uning hayotdagi o'rni tushuntiriladi...
Муҳтарам ўқувчи, Президентимиз Ислом Каримовнинг ушбу китобида одамзот учун ҳамма замонларда ҳам энг буюк бойлик бўлиб келган маънавиятнинг маъно-мазмуни, унинг инсон ва жамият ҳаётидаги ўрни ва аҳамияти, бу мураккаб ва серқирра тушунчанинг назарий ва амалий то-монлари ҳар томонлама кенг қамровли фикр ва хулосалар орқали таҳлил этилади. Айни пайтда истиқлол йилларида юртимизда миллий маънавиятимизни тиклаш, уни замон талаблари асосида ривожлантириш бўйича амалга оши-рилаётган улкан ишлар, бу борада олдимизда турган мақсад ва вазифалар ҳақида атрофлича фикр юритилади. Бугунги мураккаб глобаллашув даврида маънавият соҳасида вужудга келаётган долзарб муаммолар, халқимиз маънавиятини асраш ва юксалтириш, айниқса ёш авлоднинг қалби ва онгини турли зарарли ғоя ва мафкуралар таъсиридан сақлаш ва ҳимоя қилиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилади.
Yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, osoyishta va farovon hayotimizni qadrlash, ogohlik va hushyorlik, farzandlarimiz qalbi va ongini turli goyaviy tahdidlardan himoyalash biz uchun hamisha muhim vazifalardandir. Bu esa ota-onalar, oqituvchi va murabbiylar, keng jamoatchilik bilan birga manaviyat targibotchilari zimmasiga ham katta masuliyat yuklaydi.
Respublika Manaviyat targibot markazi tomonidan tashkil etilgan «Yilning eng faol manaviyat targibotchisi» respublika korik-tanlovida ushbu jihatlarga alohida etibor qaratildi. Ozbek Milliy akademik drama teatrida mazkur ijodiy bellashuvning yakuniy bosqichi goliblarini taqdirlashga bagishlangan tadbir bolib otdi.
Unda tanlovning vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlar tizimida otkazilgan bosqichi ishtirokchilari, turli millatlarning milliy-madaniy markazlari vakillari, mahallalar, xotin-qizlar qomitalari bilan ishlash komissiyalari faollari, diniy marifat va manaviy-axloqiy tarbiya masalalari boyicha maslahatchilar, oqituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Respublika Manaviyat targibot markazi rahbari G.Mirzayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda manaviy-marifiy sohalarni tubdan isloh etish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yanada rivojlantirish, yoshlarni turli zararli mafkuraviy tasirlardan himoyalash borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilayotganini takidladi. Davlatimiz rahbarining 2006 yil 25 avgustda qabul qilingan «Milliy goya targiboti va manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish togrisida»gi qarori bu yonalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda dasturilamal bolmoqda.
Bugun yurtimiz talim maskanlarida talim va tarbiyaning uygun olib borilayotganligi yigit-qizlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat, ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Shu maqsadda talim muassasalarida «Milliy istiqlol goyasi va manaviyat asoslari» fani oqitilmoqda. Manaviyat saboqlari, turli korik-tanlovlar, ilmiy anjumanlar, manaviyat targibotchilari, olimlar, yozuvchi va shoirlar, ijodkor ziyolilar ishtirokidagi muloqotlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar muntazam otkazilmoqda. Mahallalarda diniy marifat va manaviy-axloqiy tarbiya masalalari boyicha maslahatchi lavozimining tasis etilgani odamlar kongliga yol topish, oilalardagi manaviy muhitni yanada soglomlashtirish, jamiyatimizdagi bagrikenglik, mehr-muruvvat va ozaro hurmat ruhini mustahkamlashda muhim omil bolmoqda.
Shunga qaramay, bugungi murakkab davr yoshlar manaviy dunyosini yuksaltirishda talim-tarbiya va targibot-tashviqot ishlarini doimiy, tizimli, samarali va tasirchan tarzda, yangi va ilgor targibot usullarini qollagan holda, zamon ruhiga hamohang tashkil etishni talab etayotir.
Prezidentimizning «Yuksak manaviyat yengilmas kuch» asarida bu yonalishdagi asosiy tushuncha va tamoyillar mazmun-mohiyati ochib berilib, yoshlarning manaviy olamini asrash va mustahkamlash, boyitish, yosh avlod qalbi va ongini turli zararli goyalar tasiridan himoya qilishning dolzarb vazifalari belgilangan.
Respublika Manaviyat targibot markazi tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlarning mohiyatini, qabul qilingan qonunlar va davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha tushuntirish, aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar ortasida ona yurtga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalashga yonaltirilgan suhbat va uchrashuvlar, marifiy tadbirlar izchil otkazilmoqda. Vatanimiz davlat mustaqilligining 20 yilligi arafasida istiqlolimizni koz qorachigidek asrash, tinch va osoyishta hayotimizning qadriga yetishni keng tushuntirishga qaratilgan tadbirlar kolami tobora kengayib borayotir. Bularning barchasi odamlarni hushyorlik va ogohlikka davat etishda, yurtdoshlarimizning Vatan taqdiriga daxldorlik tuygusi va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Uyga vazifa: Kitobdan parchalar o`qib kelish
Sinf rahbati: Sobirova N.M
MMIBDO`: Akkulova G.B
Sana: 13.11.2015
10-mavzu: Kiyinish va muomala odobi
Maqsad: O`quvchilarga sog`lom turmush tarzi haqida tushuncha berish. O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqil hayotga tayyorlash
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish 2) Davomatni aniqlash
Darsning borishi
Sharqona falsafiy odob inson ma'naviyatini gozallashtirib, uning qadrqimmatini yuqori kotaruvchi omil hisoblanadi. Xalqimizda insonga yarashgan eng gozal kiyim bu uning odobidir degan naql bor. Insonni qiyofasini bezaydigan, uning husniga-husn qoshadigan bundan ortiq ziynat yoq. Ba'zi bir odam libosga, kiyimga, ziynatga oro beradi-yu, ammo ozining gap-soziga, yurish-turishiga e'tibor bermaydi. Insoniyat tarixidan ma'lumki, milliy kiyimlar xalqlarning madaniyati va ma'naviyati kozgusidir. Har bir millat liboslarining shakllanishida osha millatning geografik joylashuvi, ijtimoiy turmush tarzi alohida orin tutgan. Jamiyatning rivojlanishi liboslarning ham takomillashib borishiga oz ta'sirini korsatib keladi. Kiyinish shaxsning oziga xos xususiyati bolib, hamma vaqt gozallik, uygunlik, noziklik, odob, xushmuomalalik haqidagi tushuncha darajasining belgisi. Kishilarning yurish-turishi, kiyinishi orqali uning kim ekanligi, kasb-kori, odob-axloqi, madaniyati namoyon boladi. Odobli, tarbiyali kishilar har doim qayerda qanday kiyim kiyishi, qanday qadam tashlash, ozini qanday tutishni bilishlari lozim. Kiyimlar bir-biriga mosligi, tabiiyligi va soddaligi, kiyimning xushbichimligi insonning didi qay darajada ekanligini namoyon qiladi. Chiroyli kiyim kiyish mumkin, lekin inson qaddini kiygan kiyimiga moslab yurishi, chiroyli qadam tashlashi ham kerak. Bukilib yurish, oyoqni sudrab, yoki notogri bosish, yelkani qisib yurish yoki qollarni tez-tez harakatga keltirish, qolni belga qoyib yurish kiyimning korkini buzadi. Kiyim sizni emas, siz kiyimni korki bolishga harakat qiling. Oddiy matodan tikilgan kiyim kiysangizda, lekin qomatingizni risoladek tutsangiz ham sizning tashqi qiyofangiz gozal boladi, ham sogligingiz ziyoda boladi. Qimmatbaho kiyim kiyish va zeb-ziynatlarni taqish bilan insoning qadrqimmati oshmaydi, uning qadr-qimmati bilim, hunar va odobda. Kiyimni toza va orasta tutish kerak. Doimo kiyimlarning orastaligiga, ozodaligiga, bir-biriga mos tushishiga e'tibor berish lozim. Changdan va loydan tozalanmagan, qiyshayib ketgan poyafzal kiygan shaxs kishida yomon taassurot qoldiradi. Tugmalari uzilib ketgan, kir va doglardan tozalanmagan kiyim kiygan shaxs palapartish korinadi. Tarbiyali kishi qayerda bolmasin, nima qilmasin, ozining yurish-turishi, tartibli kiyinishi bilan hammaning hurmatiga sazovar boladi. Chiroyli kiyinish oziga xos san'at hisoblanadi. Kishining kiygan kiyimi uning didi va estetik qarashlari qay darajada rivojlanganligini korsatadi. Kiyim muayyan davr va ijtimoiy sharoitda kishilarning gozallik haqidagi qarashlari mujassamlanadigan moda bilan bogliq. Kishilik jamiyati rivojlanishi davrida bu qarashlar ozgarib turadi. Insonlarning kiyimi ularning yashash sharoitiga mos ravishda rivojlanib borgan. Mamlakatimizning iqlimi issiq bolganligi hamda milliy axloqiy qadriyatlardan kelib chiqib tarixda ayollar uchun eng maqbul kiyim kokrak qismi burma qilib bichilgan, etagi yaxlit olingan koylaklar urf bolgan. Ushbu koylakning afzalligi shundaki, u badanga yopishib qolmaydi. Shuning uchun bugungi kunda ham mazkur koylaklar urfdan qolmagan. Faqat koylakning ayrim detallariga ishlov berilib, ozgartirilgan va zamonaviy tus berilgan, xolos. Chiroyli atlas, adras, ipakli, milliy ruh ufurib turadigan matolardan tikilgan liboslarni qadimdan ayollarimiz sevib kiyganlar. E'tibor bersangiz, ushbu matolar bugungi kunda ham urf bolib, jahon modasiga kirib bordi. Chiroyli kiyinish deganda modaga rioya qilib kiyinish tushunilmaydi. Balki, kiyinishda ust-boshini bir-biriga moslab oz qaddi-qomati xususiyatlarini alohida hisobga olgan holda kiyinish tushuniladi. Kiyim javoningizdagi har bir kiyimning oziga yarasha kiyib boradigan joyi bor. Masalan, ishingizning xususiyatidan kelib chiqqan holda kiyinish maqsadga muvofiqdir. Agar ish joyingizda maxsus kiyim joriy etilgan bolsa, uni ishdan tashqari vaqtda jamoat joyida kiyib yurish shart emas. Masalan; ot ochiruvchilar, vrachlar, yoqilgi quyish shahobchasida ishlovchilar, mexaniklar va boshqalar. Sport kiyimlarida ofisdagi ishlarga, ta'lim muassasasiga borish joiz emas.
Sport kiyimni iloji bolsa faqat sport bilan shugullanish yoki biror-bir jismoniy mehnat bilan shugullanganda kiyish va mashgulot tugaganidan song almashtirish lozim. Jismoniy tarbiya bilan shugullanganida inson terlaydi, terlagan kiyim bilan jamoat joylarida yurish togri emas. Sport bichimida tikilgan va jamoat joylarida ham kiyishga moljallangan kiyimlar bundan mustasno. Qizlarimiz yoki yigitlarimiz qanday libos kiyishlaridan qat'i nazar xalqimizda yozilmagan, lekin asrlar osha bugungi kunimizgacha yetib kelgan axloq-odob qoidalaridan chetga chiqmasliklari zarur. Har bir inson ozligini anglashi kerak. kimligini bilib yashashi lozim.
Uyga vazifa: mavzuga doir rasm chizish
Sinf rahbati: Sobirova N.M
MMIBDO`: Akkulova G.B
Sana: 20.11.2015
11-mavzu: Milliy g`oya mening g`oyam
Maqsad: O`quvchilarga sog`lom turmush tarzi haqida tushuncha berish. O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqil hayotga tayyorlash
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish 2) Davomatni aniqlash
Darsning borishi
Ozbekiston Milliy matbuot markazida yoshlar manaviyatini yuksaltirishning dolzarb masalalariga bagishlangan matbuot anjumani bolib otdi. Respublika Manaviyat targibot markazi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, Milliy goya va mafkura ilmiy-amaliy markazi hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda manaviyat targibotchilari, oqituvchilar, talaba-yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Respublika manaviyat targibot markazi rahbari G.Mirzayev, Milliy goya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari M.Quronov, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi B.Ganiyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlol yillarida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar yoshlarimizni har jihatdan barkamol insonlar etib voyaga yetkazishga xizmat qilayotganini takidladi. Yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik va yon-atrofdagi voqealarga nisbatan daxldorlik tuygusini tarbiyalash bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyatga ega.
Yurtimiz talim muassasalari, mahallalar va korxonalarda istiqlol yillarida ijtimoiy-siyosiy, madaniy-manaviy sohalarda erishilgan yutuq va marralarimizning ahamiyati yoshlarga hayotiy misollar yordamida sodda va samimiy tarzda tushuntirib borilayotgani ham shu maqsadga xizmat qilayotir. Taniqli olimlar, manaviyat targibotchilari, madaniyat va sanat arboblari ishtirokida otkazilayotgan «Tarixning ulugvorligi kelajak poydevori», «Tarixiy xotirasiz kelajak yoq», «Moziyga nazar», «Ajdodlar qahramonligi yoshlarga ibrat», «Buyuk sarkardalar hayotidan» kabi mavzulardagi ilmiy anjumanlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari talaba va oquvchilarda katta qiziqish uygotmoqda.
Yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yurtimiz ijtimoiy himoya tizimidagi islohotlar mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish maqsadida «Hech kim mehr-etibordan chetda qolmaydi!» shiori ostida otkazilgan marifiy tadbirlarga Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari qamrab olindi. Ayni paytda «Shunqorlar» harbiy sport musobaqasi, «Mening biznes goyam», «Ajdodlar merosi kelajak poydevori», «Siz qonunni bilasizmiz?», «Yilning eng faol manaviyat targibotchisi», «Yosh chegarachilar» singari ijodiy korik-tanlovlar manaviy targibot ishlarini samarali yolga qoygan, faol, izlanuvchan, fidoyi yoshlarni aniqlash va ragbatlantirish, ularning ish tajribasini ommalashtirish imkonini bermoqda.
Milliy goya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan manaviy-marifiy, huquqiy va ijtimoiy-siyosiy mavzularda, istiqlol yillarida qolga kiritilgan ulkan yutuqlarga bagishlangan 74 nomdagi adabiyotlar, risola va qollanmalar, multimedia asarlari, plakatlar tayyorlanib, yurtimiz talim maskanlari, axborot-kutubxona muassasalariga yetkazildi. Prezidentimiz Islom Karimovning asarlari asosida tayyorlangan «Milliy goya: talim va targibot texnologiyalari», «Yuksak manaviyat yengilmas kuch», «Milliy goya va mafkurani yoshlar ongiga singdirishning pedagogik texnologiyalari», «Dunyoning mafkuraviy manzarasi 2010», «Goyamiz himoyamiz» kabi multimedia dasturlaridan talimning barcha boginlaridagi oquv maskanlarida keng foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |