Tashkiliy qism Salomlashish 2 Davomatni aniqlash



Download 2,07 Mb.
bet3/20
Sana07.07.2022
Hajmi2,07 Mb.
#752749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Juma-manaviyat-kuni-2015

Darsning borishi
Imom al-Buxariy va at-Termiziy nadislari asosida
Al–BuxoriyAl–Buxoriy, Muhammad Ismoil Abu Abdallah al–Jufiy (810 - 870) – mashhur sunniy an`anaviy muxhaddisidir. U Buxoroda, Erondan kelgan oilada tug`ilgan, Samarqand yaqinidagi Xartankaqishlog`ida vafot etgan. 10 yoshidan hadislarni o`rganishni boshlab, al–Buxoriy antiqa iste`dodni va ajoyib xotirasini namoyon etgan. Ko`p yillar davomida u sayohat qilib, hadislar ilminixalifalikning turli viloyatlarida (Xijoz, Misr, Iroq, Xuroson) o`rgangan. Manalar dalolat berishicha, u mingdan ortiq shayxlardan hadislarni tinglagan. Al–Buxoriy o`z oldiga Muhammadning aytgan fikrlari va sodiretgan harakatalri to`g`risidagi barcha haqqoniy (sahih) hadislarni yig`ishni maqsad qilib qo`ygan. O`sha davrning muhaddislariga xos bo`lgan tanqidiy qarashlardan foydalanib, al–Buxoriy,aytishlaricha, u paytda tilga olingan 600 ming hadislarni, ustozlaridan va hikoyachilaridan o`zi yozib olgan yana 200 ming hadislarni tekshirib chiqqan. Bu benihoya ko`p sonli hadislardan al–Buxoriy «haqqoniyhadislar» sifatida faqat 7400 ga yaqin hadislarni tanlab olgan. Ulardan u o`zining mashhur asari «Al–Jami as–sahih» termasini, odatda qisqacha «as-Sahih» deb nomlanadigan kitobni tuzgan.Al-Buxoriyning «as–Sahih» asari zamondoshlari tomonidanoq fiqh bo`yicha yuksak qo`llanma sifatida e`tirof etilgan va X asrga kelib, ba`zi xususiyatlari tanqidqilinganiga qaramay, Muslimning «as-Sahih» asari bilan birgalikda sunniy oqimi ta`limotining termalari ichida birinchi o`rinni egalladi. Sunniylarning ko`pchiligi uchun al–Buxoriyning «as-Sahih» kitobiQur`ondan keyin ikkinchi darajaga erishdi.
Al–Buxoriy shunigdek hadislarni aytuvchilarning tarjimai hollari yig`ilgan e`tiborli «at–Tarix al–kabir» termasining muallifi sifatida ma`lum bo`lgan, 

Uyga vazifa: Muhokama qilish

Sinf rahbati: Sobirova N.M
MMIBDO`: Akkulova G.B

Sana:25.09.2015


4-mavzu: Sizga ta`zim ustoz muallim
Maqsad: O`quvchilarga ustozlarning buyukligi haqida tushuncha berish
Tashkiliy qism

  1. Salomlashish 2) Davomatni aniqlash

Darsning borishi
Ma`naviyat daqiqasi:
Ilm-ziyo berar bizga,
Onadir har o`g`il-qizga,
Jo bo`ldingiz qalbimizga,
Mehribonim o`qituvchim.
Jonajonim-o`qituvchim.
Ustoz-murabbiylar shunday buyuk insonki,ulardan bir umr qarzdormiz.Ustoz va shogird quyosh va oyga o`xshaydi.Oy quyoshdan nur olib borliqni yoritgani kabi shogird ustozdan ziyo olib hayot mash`alini yoritadi.O`qituvchi hayot charog`boni.U yosh avlodga ilm-fan asoslarini o`rgatadi.Zamonamizning har tomonlama barkamol kishisini yetkazadi. Mustaqillik bizga juda ko`p erkinliklarni berdi.Ayniqsa,maorif sohasiga katta e`tibor berildi va berilmoqda Respublikamizda juda ko`p kollej va maktablar qurilib o`quvchilar Kulfat tushganda yordamini ayamaydi Rostgo`y Mehribon Samimiy Vafodor Xushfe'l Do`st 11 ixtiyoriga topshirildi.Prezidentimiz”Ustoz va murabbiylar”bayrami deb 1-oktabr kunini belgiladi.Har yili shu kun juda katta bayram bilan o`tkazilmoqda.Xalqimizda”Ustozotangdek ulug”degan gap bor.Sizlar ham harf o`rgatgan ustozingizni hech qachon unutmang.Ulug` bobomiz A.Navoiy aytganlaridek senga bitta harf o`rgatgan kishini aslo unutib bo`lmaydi. III.Yakuniy qism: a)mavzu yuzasidan savol-javob o`tkazish va rasm asosida matn tuzish. b)O`qituvchi fazilatlarini tarmoqlash.

Uyga vazifa: mavzuga doir she`r yodlash
Sinf rahbati: Sobirova N.M
MMIBDO`: Akkulova G.B
Sana: 02.10.2015
5-mavzu: Sport sog`liq garovi
Maqsad: O`quvchilarga sport haqida tushuncha va ko`nikma berish. Vatanparvarlikni singdirish
Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish 2) Davomatni aniqlash

Darsning borishi
Tadqiqotlarga ko‘ra, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ma'rifatparvar ajdodlarimiz yaratgan pedagogik asarlarning aksariyatida bolani jismoniy jihatdan sog‘lom etib tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilgan.
Jumladan, bu borada Abdurauf Fitratning ijtimoiy tarbiya negizida jismoniy tarbiyani tashkil etish, shaxsni salomat va baquvvat etib tarbiyalash masalalariga oid qarashlari diqqatga molikdir. Uning «Rahbari najot» asarining «Bola tarbiyasi» nomli bobida shunday deyiladi: «Badan tarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta ahamiyat berilgan. Insonning butun a'zosi salomat va quvvatga ega bo‘lmasa, unda inson uzoq yashamaydi. Agar insonning tanasidagi a'zolaridan biriga xalal tegsa, u kishi ishdan qo‘lini tortib, boshqalarning muhtojiga aylanadi».
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda jismoniy jihatdan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida bu yo‘nalishda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan muhim vazifalar o‘z ifodasini topgan.
ISTAK BO‘LSA KIFOYA
Albatta, barchaning ham yuqori malakali sportchi bo‘lishi, musobaqalarda qatnashib, mukofotlar olishi shart emas. Lekin, inson muntazam ravishda o‘z imkoniyatidan kelib chiqib sport bilan shug‘ullanishi, jismoniy chiniqishi koni foyda. Yoki har kuni bajarish imkoni bo‘lgan 15-20 daqiqalik ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari, 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish, tungi uyqu oldidan 20-30 daqiqalik sayr qilish ham, albatta, bunday istaklar ro‘yobiga kiradi. 
Zamonaviy tibbiyot insonning jismoniy mehnatga bo‘lgan kam harakati tufayli uning salomatlik darajasining pasayishi, ichki a'zolar faoliyatining buzilishi, ishlash qobiliyatining past ko‘rsatkichi va talab darajasida bo‘lmagan jismoniy rivojlanish kabi holatlarning mavjudligini ko‘rsatmoqda. Zero, qadimgi faylasuflarning, kishini hushsizlantiruvchi va sog‘ligiga shikast yetkazuvchi narsa uzoq vaqt jismoniy harakat qilmaslikdir, degan fikrlari boisi ham shunda.
Buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning: «Badantarbiya - sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir», degan o‘giti har bir insonning hayotiy shioriga aylansa, kishi hech qachon kasallikka chalinmaydi. 
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish o‘sib kelayotgan avlodni barkamol bo‘lib voyaga yetishi, shu bilan birga, ularning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishiga imkon beradi. Inson organizmi tashqi muhit bilan uyg‘un, bir butun holda rivojlanadi. Ushbu uyg‘unlik, shuningdek, barcha a'zolar faoliyatini markaziy asab tizimi boshqarib turadi. Doimiy, uzluksiz ravishda bajariladigan jismoniy harakat kishi sog‘ligiga yaxshi ta'sir etadi: modda almashinuvi yaxshilanadi, organizm to‘qimalari oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi, parchalangan moddalar organizmni tezroq tark etadi.
Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan barcha yoshdagi kishilar shug‘ullanishi mumkin. Mashg‘ulotlar uzluksiz, doimiy ravishda bajarilgandagina ijobiy natija beradi. Uzoq muddatli tanaffus esa oldingi mashg‘ulotlar ta'sirining pasayishiga olib kelishi mumkin. Demak, o‘z organizmini chiniqtirish, mehnat unumdorligini oshirish, sog‘liqni mustahkamlash asosida uzoq umr ko‘rishni istagan har bir kishi doimo jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi, shuningdek, kundalik faoliyatini muayyan tartib asosida olib borishi zarur.
Aslini olganda, harakat uchun energiya zarur, energiya esa oziq-ovqat mahsulotlari yog‘ va uglevodlarni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi. Harakat nafas, qon tomirlari, ovqat hazm qilish, qon ishlab chiqarish tizimlarini takomillashtirishga yordam beradi.
TETIKLIK TALABI
Shu sababli, faol jismoniy harakat qiladigan kishilar ruhi yengil, tetik, quvvatga to‘lgan, dili ravshan, kayfiyati yuqori va barqaror bo‘ladi. Jismoniy mashqlarni bajarish natijasida organizmning himoya tizimi yaxshi rivojlanadi. Shu o‘rinda fiziolog-olimlar tomonidan 200 nafardan ortiq kishi ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot natijasini misol sifatida keltirish mumkin. Jismoniy mashqlar bilan doimiy ravishda va izchil shug‘ullanuvchi kishilarning his-tuyg‘ulari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadqiqotning ko‘rsatishicha, tajribada ishtirok etganlarning 72 foizi o‘zini juda baxtiyor deb hisoblaydi. Buning sababi sifatida ular aynan uzluksiz ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishini qayd etadi.
Bolalik, o‘smirlik davridan boshlangan chiniqish mashg‘ulotlari, ayniqsa, foydalidir. Har bir kishi o‘z organizmini mustahkam rejimga o‘rgatishi zarur. Badantarbiya, ochiq toza havoda sayr qilish, sport o‘yinlari kabi chiniqtiruvchi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish uzoq umr ko‘rish va salomatlikni ta'minlovchi omillardandir.
Bundan tashqari, bizning nisbatan issiq iqlim sharoitimizda noan'anaviy usullar bilan ham organizmni chiniqtirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, turli xil oyoq vannalari, tuz va tosh yo‘lakchalarida yurish, shuningdek, uyqudan oldin va keyin ochiq havoda sayr qilish singari chiniqtirish usullari organizm immun tizimining faoliyatini kuchaytiradi.
Bir so‘z bilan aytganda, salomatlik odamning ruhiy sokinligi va tashqi muhitning zararli ta'sirlariga qarshi tura olish qobiliyatidir. Chiniqish esa organizmni suv, quyosh va havo ta'sirida sekin-asta moslashtira borish mexanizmi sanaladi. Sog‘lom turmush kechirish uchun, albatta, organizmni turli tabiiy muhit sharoitlarida chiniqtirish lozim. Buni, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga singdirish zarur. Zero, bolalik, o‘smirlik davridan chiniqish bir umr sog‘lom yashash, uzoq umr ko‘rish garovidir.

Uyga vazifa: mavzuga doir rasm chizish



Sinf rahbati: Sobirova N.M
MMIBDO`: Akkulova G.B
Sana: 9.10.2015
6-mavzu: Sog`lom turmush tarzini tashkil etish
Maqsad: O`quvchilarga sog`lom turmush tarzi haqida tushuncha berish. O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqil hayotga tayyorlash
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish 2) Davomatni aniqlash
Darsning borishi
Insonning aqliy va jismoniy kamoloti kushandalari
Insoniyat o`tkir spirtli ichimliklik ishlab chikarishni o`rganib olgandan buyon, uning o`zi bu ofat domiga tushib qolmaslik uchun kurashib keladi.
Afsuski, davrlar o`tishi bilan bu "kayfi shirin zaxar"ning xilma-xil turlari yaratildi. Bular ilgaridan ma'lum bo`lgan may, sharob, boda va endilikda keng urfga kirgan spirt, aroq, konyak, vino, pivo va boshqa shunga o`xshash narsalardan iborat bo`lib, barchasi inson umrining egovi hisoblanadi. Mazkur ichimliklar tarkibida etil spirit bo`lganligidan iste'mol qilgan kishini ma'lum muddatga sarxush qiladi. Bu odatni tez-tez takrorlash esa kishining alkogol domiga tushib qolishiga sabab bo`ladi.
Afsuski, hozirgi davrda, hatto o`smir-yoshlar ham ichkilikbozlikka, giyoxvandlikka, kashandalikka ruju qo`yish qollari uchramoqda.
Bolalar o`rtasida ichkilikbozlik, giyoxvandlik kabi tuzalishi qiyin bo`lgan vaboning tarqalishiga ota-onalarning o`z yumushlari bilan o`ta bandligi, bolalarni nazoratsiz qoldirishlari, oilaviy nizolar, ortiqcha boylik orttirishga ruju qo`yish, bolaning keragidan ortiq ta'minlanganligi va boshqa omillar sabab bo`lmoqda.
Ma'lumki, spirtli ichimliklarni ise'mol qilish, turli narkotik moddalarni chekish mamlakat taraqqiyotiga, inson kamolotiga salbiy ta'sir etadi. Shuning uchun ichkilik va nashavandlikdan saqlanishga da'vat etiladi.
Spirtli ichimliklar insonning ma'nan va aqlan rivojlanishiga katta zarar yetkazadi. Undan ortiqcha iste'mol qilgan kishi na oilasi uchun, na jamiyat uchun foyda keltiradi, balki ularga katta talafotlar keltiradi.
Kaykovus, Yusuf Xos Xojib, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Sa'diy, Alisher Navoiy, Bobur kabi donishmandlarimiz xam kilikbozlikning zararli oqibatlarini ko`satib, odamlarni unga ruju qo`yslikka davat etganlar.
Alisher Navoiy ichuvchi kishi "yomon itdek odamlarga o`z-o`zidan hamla qiladi. Uni shunchaki yomon it emas, qopadigan it desa ham bo`ladi. Bunday odam or-nomus, urf-odat va mulozamatlarni unutadi, rahm-shafqat degan tushunchalaridan uzoqlashib ketadi, parishonxotir, nafosatsiz, didsiz bir maxluxluqqa aylanib qoladi", deganla Kashandalik salomatlik uchun nihoyatda zararli odatlardan sanaladi. Sigaret chekish natijasida uning tarkibidagi nikotin moddasi inson a'zolariga qo`zqatuvchi ta'sir ko`rsatib, qon bosimini oshiradi, mayda tomirlarni yanada toraytiradi, nafasni tezlashtirib, ovqat hazm qilish tizimining shirasini ko`paytiradi.
Chekish jarayonida nikotin va tamaki tutuni tarkibidagi boshqa moddalar inson a'zolarini zaharlaydi. Chekuvchilarning qadeb yo`taladiganbo`lib qolishi ana shundandir. Kashandalik oqiz bo`shliqi, tomoq, nafas yo`llarida o`smalar paydo bo`lishiga olib kelishi mumkin. Chekuvchi odam kasal bo`lganda uning sog`ayishi ham og`ir kechadi. Chekish miya quvvatining pasayishiga olib keladi.
Narkotik moddalarning qaysi turini ise'mol qilishdan qat'i nazar, hammasi ham naslga yomon ta'sir etadi, giyohvand ayol yoki erkakning farzandlari tug`ma nogiron, mayib-majruh, aqli zaif, jismonan rivojlanmaydigan bo`lib tug`iladilar.
Uyga vazifa: mavzuga doir rasm chizish
Sinf rahbati: Sobirova N.M
MMIBDO`: Akkulova G.B

Sana: 16.10.2015


7-mavzu: Diniy ekstrimizmga qarshi kurash
Maqsad: O`quvchilarga sog`lom turmush tarsi haqida tushuncha berish. O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqil hayotga tayyorlash
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish 2) Davomatni aniqlash
Darsning borishi
XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro miqyosda o'zini baralla namoyon etayotgan xatarli voqeliklardan biri, shubhasiz, diniy ekstremizm va undan oziqlanayotgan hamda diniy shiorlar bilan niqoblangan terrorizmdir. Bugungi kunga kelib, rnazkur xatar shu qadar keng ko'lam va xilma-xil ko'rinishlar kasb etmoqdaki, odamlar, ko'pincha, unga e'tiborsiz hatto, loqayd bo'lib qolmoqdalar. Boshqacha aytganda, «diniy ekstremizm» va «xalqaro terrorizm» degan tushunchalar hayotiy voqelikning ajralmas qismidek qabul qilinmoqda. Bu — nihoyatda achinarli hoi, albatta.
Sababi — XIX asrning oxirlarida saltanat sohiblari va davlat arboblariga qarshi qurolli hujumlar shaklida paydo bo'lgan siyosiy terrorizmni bugun har qadamda uchratish mumkin. XX asrning 60-yillaridan boshlab, dunyoning butun-butun mintaqalari turli-tuman terrorchilik tashkilotlarining o'chog'iga aylana boshladi. Ma'lumotlarga ko'ra, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. 1968-1980-yillar davomida ular 6700 ga yaqin terrorchilik amaliyotini sodiretdilar. Natijada 3668 kishi halok bo'lib, 7474 kishi turli jarohatlar olgan. Zamonaviy terrorizmning ikkita alohida xatarli belgisini ajratib ko'rsatish mumkin: bir tomondan, u tobora shafqatsizroq g'ayriinsoniy mohiyat, ikkinchi tomondan, aqlga sig'dirish qiyin jug'rofiy ko'lamlar kasb etib bormoqda. AQSH Davlat departamentining ma'lumotlariga ko'ra, hozirda dunyoda har yili 650 dan ortiq bunday hodisalar sodir etilmoqda. Bu degani - har kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qo'rquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni ko'zlagan, kamida ikkita qo'poruvchilik amalga oshirilmoqda. Xatarli jihati shundaki, ularning soni
muntazam oshib bormoqda. Masalan, 1992-yilda ana shunday noxush voqealarning umumiy soni 362 tani tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunga kelib 600 dan oshib ketdi.
Shiddat bilan chuqurlashib borayotgan dunyoning globallashuvi, sodda qilib aytganda, unda kechayotgan jarayonlar deyarli barcha mamlakatlarni qariyb birdek qamrab olayotgani bu kabi g'ayriinsoniy harakatlarning xatarli oqibatlarini jiddiy oshirmoqda. Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kunga bo'lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmasdan, balki xalqaro miqyosdagi muammolarni, jumladan, turli diniy e'tiqod vakillari bo'lgan xalqlar, hattoki, sivilizatsiyalar orasidagi o'zaro ishonchga soya tashlamoqda, jahontaraqqiyotining tamal toshi bo'lgan xalqaro iqtisodiy va madaniy ham-korlikning rivojlanishiga tosiq bo'lmoqda.
Ekspertlarning fikricha, dunyoda faoliyat ko'rsatayotgan terror-chilik tashkilotlarining yuzdan oshigM eng zamonaviy qurollar bilan yaxshi ta'minlangan yirik uyushmalardan iborat. Ular turli qo'poruvchiliklarni sodir etish jarayonida o'zaro hamkorlik qiladilar, ma’lumotlar almashadilar, zarur hollarda, bir-birlariga harbiy, moliyaviy va boshqa shakldagi yordamni ko'rsatadilar. Shunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga «al-Qoida», «al-Jihod al-Islomiy», «at-Takfir val-Hijra», «Hizbulloh», «XAMAS» (Falastin islomiy qarshilikharakati), «AbuSayyof» (Filippin), «Ozod Achex» va «Lashkari jihod» (Indoneziya), «Qurolli islomiy harakat» (Jazoir) kabilarni kiritish mumkin. Oxirgi yillarda xalqaro miqyosda amal qilayotgan yana bir islomiy tashkilot - «Hizb at-tahrir al-islomiy»ning faoliyati asosli ravishda dunyoning turli mamlakatlaridagi terrorchilik amaliyotlarni sodir etganlikda ko'rilmoqda.
Masalaning yana bir taassufli jihati shundaki, diniy liboslarga o'ralgan terrorchi tashkilotlarning mutlaq ko'pchiligi muqaddas islom dinini o'ziga niqob qilib olgan.
Dinni qurol qilib olgan bunday ekstremistik harakatlar bugun umuman kishilik jamiyati hayotiga jiddiy tahdid solmoqda deyish mumkin. Shuning uchun, bugun, siyosatshunoslikda «jamiyatning diniy xavfsizligi» degan yangi tushuncha shakllanmoqda. Mutaxassislar din niqobi ostida sodir etilayotgan terrorchilik harakatlarining asl mohiyatini ifoda etuvchi ilmiy mezonlarni qidirmoqdalar. Huquqiy
mazmun va mohiyatga ega ana shunday atamalardan biri sifatida «diniy-siyosiy ter-rorizm» tushunchasidan foydalanish va uning xalqaro miqyosda e'tirof etilishiga da'vat etmoqdalar.
Bayon etilganlarni nazarda tutib fikr yuritilsa, mustaqillik qo'lga kiritilgandan beri mamlakatimiz va xalqimizning oromini buzib kelayotgan qo'poruvchilik xurujlari, jumladan, 2004-yilning mart— aprel va iyul oylarida sodir etilgan voqealar keng ko'lamli xalqaro terrorchilik tuzilmasining navbatdagi kirdikorlaridan biri ekaniga hech qanday shubha qolmaydi. Dunyoning eng xavfli terrorchi guruhlari qatoriga kiritilgan, «O'zbekiston islomiy harakati»ning O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, AQSH va Isroil dav-latlari elchixonalariga qarshi uyushtirilgan qo'poruvchiliklar uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olgani maxsus xizmatlar va keng jamo-atchilikni chalgitishga urinishdan boshqa narsa emas. Ushbu qo'poruvchi tashkilotning bosh homiysi Usoma bin Lodin asos solgan «al-Qoida» nomli dunyodagi eng yirik terrorchi tashkilot va uning sheriklari «al-Jihod al-islomiy», «al-Muhojirun», «Hizbut-tahrir» kabi diniy ekstremistik tuzilmalar ekani, xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli qo'poruvchiliklarning uzviy qismi ekaniga yana bir dalildir.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish