Ташкент 2021г. ЎЗбекистон маъдан конлар геологияси ўзбекистон республикаси



Download 7,67 Mb.
bet1/3
Sana28.05.2022
Hajmi7,67 Mb.
#613794
  1   2   3
Bog'liq
2 5199807495270306430


7 - Мавзу. Ўзбекистон уран конлари
ТАШКЕНТ - 2021г.
ЎЗБЕКИСТОН МАЪДАН КОНЛАР ГЕОЛОГИЯСИ
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
Мирзо Улуғбек номидаги ўзбекистон миллий университети
Sof uran – po‘latsimon kul rangdagi og‘ir metalldir. Uranning klarki – 0,00025, solishtirma og‘irligi – 19, erish harorati – 1130 °С, qaynash harorati – 2700 °С. Uran kimyoviy jihatdan juda faol metalldir. Sn, Hg, Cu, Pb kabi metallar bilan qotishmalar hosil qilish xususiyatiga ega. Ochiq havoda tez oksidlanadi. Uran neytronlarni ushlab qolib, yadrolarining bo‘linishi xususiyatiga ega. Bunda juda katta hajmda energiya ajralib chiqadi. Uranning bu xususiyati yadro reaktorlarini kashf etilishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Hozirgi paytda yadro reaktorlaridan elektr enegiyasi ishlab chiqariladi, kemalarni harakatga keltirishda, sho‘r suvlarni chuchuklashtirishda xizmat qiladigan qurilmalarda qo‘llaniladi. Bundan tashqari uran plastmassalar ishlab chiqarishda, shisha kimyosi sanoatida qo‘llaniladi.
Uran ma’danlarining sanoat turidagi to‘plamlari hamma turdagi konlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ularning asosiylari:
1. Qatlam shaklidagi cho‘kindi konlar – Kanadada Kits, Ispaniyada Fe konlari.
2. Infiltratsion konlar – O‘zbekistondagi Uchquduk zonasidagi konlar, AQShda Kolorado koni.
3. Metamorfik konlar – JARda Vitvatersrand, Braziliyada Jakobina konlari.
4. Gidrotermal konlar – AQSHda Merisveyl, Fransiyada Limuzen konlari.
Uran rudalari - tarkibidagi uran va uning birikmalari texnik jihatdan sanoatda ishlatishga yaroqli va iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq konsentratsiyada boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. 100 ga yaqin uran minerallari maʼlum boʻlib, shundan 12 tasi amaliy ahamiyatga ega; ayniqsa, koʻproq sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan uran oksidlari — uraninit va uning turlari, shuningdek, silikatlar — koffinit, titanatlar — davidit va brannerit; suvli fosfatlar, arsenotlar va vanadatlar — uranli slyudkalar sanoatda katta ahamiyatga ega. Uran rudalari paydo boʻlishiga koʻra, ekzogen, endogen, metamorfogen rudalarga ajratiladi. Endogen rudalar yuqori tra va bosim taʼsirida pegmatit va gidrotermal eritmalardan ajralib chiqadi. Bunday rudalar burmalanish oblastlari va faollashgan platformalarga xos. Ekzogen rudalar yer yuzasiga yaqin joylarda va yer yuzasida choʻkindi hosil boʻlish jarayonida (singenetik rudalar) yoki grunt suvlar sirkulyatsiyasi natijasida (epigenetik rudalar) hosil boʻlib, asosan, yosh platformalar bilan bogʻliq. Metamorfogen rudalar choʻkindi qatlamlar metamorfizmi jarayonida dastlab tarqalgan uranni taqsimlanishidan hosil boʻlib, qad. platformalar uchun xos. Uran rudalari oʻta kontrastli, kontrastli, kam kontrastli va kontrastli boʻlmagan rudalarga ajratiladi. Rudalarning kontrastliligi ularning radiometrik boyitilishi imkoniyatini va maqsadga muvofiqligini belgilaydi. Uran rudalari yirik donador (koʻndalangiga 25 mm), oʻrta donador (3–25 mm), mayin (0,015—0,1 mm) va dispers (0,015 mm dan kam) ga ajratiladi. Uran minerallari agregatlari va donachalarining hajmiga qarab, rudalarni mexanik boyitish imkoniyati aniklanadi. Tarkibidagi aralashmalarga kura sof uran, vanadiyli uran, nikelkobaltvismutkumushli uran va boshqa rudalar farkdanadi. Uran rudalari tarkibidagi uranning miqdoriga qarab 5 turga boʻlinadi: uranga juda boy rudalar (uran 1% dan koʻp), boy rudalar (1—0,5%), oʻrta rudalar (0,5—0,25%), urani kam rudalar (0,25—1%), urani juda kam rudalar (0,1% dan kam). Tarkibida 0,01— 0,015% uran boʻlgan rudalardan ham koʻshimcha mahsulot sifatida uran ajratib olinadi. Uran rudalarining asosiy konlari AQSH (Kolorado platosi), Kanada (Ontario va Saskachevan provinsiyalari), Fransiya (Markaziy Fransiya massivi) va JAR (Vitvatersrand)da; Avstraliya va Gabonda ham uranning yirik konlari bor. Oʻzbekiston hududida uranning ahamiyatga molik zaxiralari mavjud. Markaziy Qizilqumda uran konlarining 24 tasi aniqlangan, ulardan 11 tasi yirik (Uchquduq, Sugrali, Sobirsoy, Ketmonchi, Bukinoy, Jan. Bukinoy, Shim. Konimex, Lavlakon, Beshqoq, Alendi) kon xisoblanadi. Bulardan tashqari, ChatqolQurama togʻlarida va Fargʻona botigʻida ham Uran rudalari topilgan.
Бутунжаҳон ядро ассоциацияси (WNA) маълумотларига кўра, 2020 йилда табиий уран ишлаб чиқарувчи мамлакатлар рейтингида Ўзбекистон бешинчи ўринни эгаллаган.
WNA 2020 йил Ўзбекистонда қазиб олинган уран ҳажмини, 2019 йилги кўрсаткич сақланиб қолгани ҳолда, 3500 тоннага баҳолаган (2018 йилда 3445 тонна). Kitco нашрининг ёзишича, қазиб олинган уран мамлакатда қайта ишланмайди ва тўлиқ ҳажмда бошқа мамлакатларга экспорт қилинади.
2020 йилда ишлаб чиқарилган жами ураннинг энг катта улуши (дунё бўйича ялпи таклифнинг 41% и) Қозоғистон ҳиссасига тўғри келган — 19,5 минг тонна. Кейинги ўринларни Австралия (6,2 минг тонна), Намибия (5,4 минг тонна) ва Канада (3,9 минг тонна) банд этган.
WNA маълумотларига кўра, 2020 йилда дунё миқёсида уран ишлаб чиқариш ҳажми 2019 йилга (54,7 минг тонна) нисбатан сезиларли даражада, 13% га, қисқариб 47,7 минг тоннани ташкил этган. Бу — сўнгги бир неча ўн йилликдаги уран ишлаб чиқаришнинг энг паст даражаси. Kitco нашри буни COVID-19 инқирози шароитида конларнинг бутунлай ёпилиши ва вақтинча тўхтатиб турилиши билан изоҳлаган.
WNA маълум қилишича, 2020 йилда ишлаб чиқарилган уран глобал миқёсдаги талабнинг бор-йўғи 74% қисмини қоплаган.

Download 7,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish