Tayanch so`z va iboralar:
4.1. Xarajatlar nomenklaturasining alohida moddalari bo‘yicha ekspluatatsion xarajatlarni hisoblash uslubi (bevosita hisoblash uslubi)
Rasmiy kalkulyatsiya yuk va yo‘lovchilar tashish tannarxining o‘rtacha miqdorini hisoblash bilan cheklanadi. Shu bilan birga temir yo‘l transporti ishining ko‘plab amaliy vazifalarini yechish uchun aniq sharoitlarda: temir yo‘lning alohida yo‘nalishlari va uchastkalarida; yukli va bo‘sh yo‘nalishlarida; turli kategoriyadagi poyezdlar va turli vagonlarda; alohida yuk turlari bo‘yicha; bir xil bo‘lmagan masofada; turli xil texnik qurollanganlik darajasida va boshq. yuk va yo‘lovchilar tashish tannarxining miqdori haqida ma’lumotlar zarur.
Tashish tannarxi kalkulyatsiyasining bir qancha uslublari mavjud:
1) bevosita hisoblash (xarajatlar nomenklaturasining alohida moddalari bo‘yicha);
2) yagona xarajatlar stavkasi uslubi;
3) o‘rtacha temir yo‘l tannarxini o‘zgarish koeffitsyientlari uslubi
4) xarajatlarning solishtirma ulushi uslubi;
5) ta’sir etish koeffitsiyentlari uslubi;
6)yaxlitlangan xarajatlar stavkasi uslubi [8].
Hisoblash uslublari E. V. Mixalsev, V. N. Orlov, A. S. Chudov va boshqa iqtisodchi-olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Tannarxni hisoblashning barcha uslublari temir yo‘l xarajatlarini ishning turli ko‘rsatkichlari yoki alohida ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun sarflanadigan vaqtga bog‘liqligiga asoslangan.
Bevosita hisoblash uslubi bog‘liq xarajatlar qismida alohida moddalar yoki moddalar guruhini temir yo‘l transporti ishining o‘lchovlari bilan bog‘liqligiga asoslangan. Bunda bevosita hisoblash uslubida o‘lchovlar soni chegaralanmaydi, bu esa aniq sharoitlarda xarajatlarning o‘zgarishini aniq aks ettirish imkonini beradi, lekin hisoblash ishlari hajmini katta miqdorda oshishiga olib keladi. Bu uslubda alohida moddalarning xarajatlarini bog‘liq va shartli-doimiy xarajatlarga bo‘lmasdan, ularni to‘liq miqdori bo‘yicha hisobga olinadi.
Nomenklaturaning alohida moddalari bo‘yicha hisoblash uslubi bilan aniq tashish tannarxini (S) aniqlash quyidagi formula bilan ifodalanadi:
, so‘m /10 t-km, (4.1)
bunda – aniq tashish hajmiga (ΣPl) to‘g‘ri keluvchi tegishli xarajatlar moddalari.
miqdori mos ravishda har bir xarajat moddalari bo‘yicha quyidagi tartibda aniqlanadi.
1. Berilgan modda xarajatlarining o‘rtacha temir yo‘l bo‘yicha miqdori qayd qilinadi – .
2. Hisobotlar bo‘yicha berilgan modda xarajatlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lchovning o‘rtacha temir yo‘l bo‘yicha miqdori aniqlanadi – I.
3. Bu o‘lchov birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar miqdori aniqlanadi:
(4.2)
4. Belgilangan aniq tashish hajmi uchun o‘lchov miqdori hisoblanadi – .
5. Berilgan modda bo‘yicha aniq tashishga to‘g‘ri keluvchi xarajatlarning ma’lum bir qismi aniqlanadi:
. (4.3)
Barcha moddalar bo‘yicha hisoblar xuddi shunday olib boriladi.
Tannarxni bevosita hisoblash uslubi aniq uslub bo‘lib xizmat qiladi, ammo katta hajmda hisoblash ishlarini talab etadi. Shuning uchun uni tashishning aniq sharoitida ko‘p sonli bo‘lmagan xarajatlar moddalari o‘zgarganda qo‘llash maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |