2.7. Poyezd kategoriyalari bo‘yicha yuk tashish tannarxini aniqlash
Poyezd kategoriyasining xarajatlarga ta’siri harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish ko‘rsatkichlari (poyezd og‘irligi, harakatlanish tezligi, lokomotivlarning yordamchi holatda yurishi va boshq.) miqdoridagi farqlar, mehnat, materiallar, yoqilg‘i va elektr energiya sarfining solishtirma me’yorlari, shuningdek poyezd kategoriyalari bo‘yicha xarajatlar stavkasi darajasining turlicha bo‘lishi bilan bog‘liq. Poyezd og‘irligi va harakatlanish uchastka tezligining o‘zgarishi poyezd kategoriyalari bo‘yicha tannarxdagi farqlarga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkichlarga yuk tashish bo‘yicha barcha xarajatlarning 25%ga yaqini bog‘liq. Terma, peredatochniy va vivoznoy poyezdlarning og‘irligi to‘g‘ri poyezdlar kategoriyasidagi poyezdning brutto og‘irligidan taxminan ikki barobar kam, poyezdlarning uchastka tezligi esa to‘g‘ri yuk poyezdlar harakatining uchastka tezligidan 65–70 %ni tashkil etadi. Vagonlarning bo‘sh holda yurishi ma’lum bir darajada poyezd kategoriyasiga ham bog‘liq. Vivoznoy poyezdlarda bo‘sh vagonlar bosib o‘tgan masofasini yuklangan vagonlar bosib o‘tgan masofasiga nisbati o‘rtacha darajadan yuqori, bu holatni yuk aylanmasining xususiyati va odatda vivoznoy va peredatochniy poyezdlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan uchastkadagi vagon parkining bosib o‘tadigan masofasi bilan tushuntirish mumkin. Bu xususiyat bevosita poyezd kategoriyasi bilan bog‘liq emas, lekin u turli kategoriyali poyezdlarda tashish tannarxini aniqlashda va ayniqsa tashishning aniq sharoitlarida, yuk harakatining aniq marshrutida hisobga olinishi zarur.
Poyezd kategoriyalari shuningdek, texnik stansiyalarda tarkiblarni qayta ishlashni amalga oshirilish darajasini aniqlaydi va tranzit vagonlarni turib qolishi va qayta ishlash xarajatlariga, manyovr lokomotivlarining ish hajmiga ta’sir ko‘rsatadi.
Tranzit vagonlarni qayta ishlash texnik stansiyalari orasidagi masofa turli kategoriyadagi poyezdlar uchun har xil. Vivoznoy va peredatochniy poyezdlar tarkibidagi vagonlar uchun bu masofa tranzit vagonning qayta ishlashlar orasida bosib o‘tadigan o‘rtacha masofasidan ancha kam.
To‘g‘ri poyezdlarda qayta ishlanmaydigan vagonlarning bosib o‘tadigan masofasi yuk poyezdlari bo‘yicha o‘rtacha masofadan yuqori.
Yuk poyezdlarining kategoriyalari tashish jarayoni operatsiyalari bo‘yicha xarajatlarga va birinchi navbatda poyezdlarning harakatlanishi(siljishi) bo‘yicha xarajatlar miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Boshlang‘ich-tugatish operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar poyezd kategoriyasiga kam darajada bog‘liq. Faqat terma poyezdlarda yuk tashish bundan mustasno bo‘ladi, vagonlarni ortish va tushirish joylariga poyezd lokomotivlari bilan uzatish va yig‘ish ishlari amalga oshirilsa, bunday holatlarda boshlang‘ich-tugatish operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar salmoqli darajada oshadi. Bu poyezd lokomotivini bir soat manyovr ishi narxi maxsus manyovr lokomotivi ishiga nisbatan yuqori bo‘lishi, shuningdek bu operatsiyalarni bajarish davomida terma poyezdlarning turib qolish vaqti bilan bog‘liq xarajatlarni 1 soat manyovr ishi narxiga kiritilishi zaruriyati bilan tushuntiriladi. Poyezdlardagi vagonlarni harakati, turib qolishi va texnik stansiyalarda ularni qayta ishlash uchun xarajatlar vagonlarning turiga bog‘liq bo‘ladi. Alohida turdagi vagonlarni yuk ko‘tarish qobiliyati, tara og‘irligi, bo‘sh holatda bosib o‘tadigan masofasi poyezd kategoriyalari bo‘yicha tashish tannarxiga ta’sir etish darajasi bir xil emas, shuningdek vagon turlari bo‘yicha ta’mirlash hamda ularning amortizatsiya xarajatlari ham turlicha.
Tashishning o‘rtacha sharoitlari uchun turli kategoriyadagi poyezdlarda yuk tashish tannarxi temir yo‘l uzelining poyezd kategoriyalari bo‘yicha xarajatlarning kalkulyatsiyasi asosida aniqlanadi.
Poyezd kategoriyalari bo‘yicha yuk tashish tannarxi kalkulyatsiyasini tuzishda yuk tashishga kiritilgan xarajatlar quyidagicha taqsimlanadi:
–terma, peredatochniy va vivoznoy poyezdlarisiz yuk poyezdlari o‘rtasida;
–terma poyezdlari o‘rtasida;
–peredatochniy va vivoznoy poyezdlari o‘rtasida.
Bu poyezd kategoriyalari bo‘yicha xarajatlar o‘lchovlarga proporsional, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha avval taqsimlangan xarajatlarga yoki poyezd kategoriyalari bo‘yicha avvaldan taqsimlangan umumiy xarajatlarga proporsional taqsimlanadi.
Xarajatlar proporsional taqsimlanadigan o‘lchov va xarajatlarga: yukli harakatdagi poyezd-kilometrlar (barcha tortuv turlarida va alohida elektrovoz va teplovoz tortuvida); barcha tortuv turida yukli harakatdagi tonna-kilometr brutto; elektr energiya (yoki yoqilg‘i)ning solishtirma sarfiga keltirilgan tonna-kilometr brutto; poyezdlar boshida harakatlanadigan elektrovozlarning ekspluatatsiya parki; poyezdlar boshida harakatlanadigan teplovozlarning ekspluatatsiya parki kiradi.
Poyezd kategoriyalari bo‘yicha yuk tashishning o‘rtacha tannarxi ko‘rsatkichi xarajatlarni tahlil qilishda va rejalashtirishda foydalanilishi; alohida kategoriyadagi poyezdlarda yuk tashish uchun tarif to‘lovlari darajasini aniqlash; yuklar tashish masofasi, harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish sifat ko‘rsatkichlarining tashish tannarxiga ta’sirini baholash va bir qator boshqa texnik-iqtisodiy vazifalarni yechish uchun qo‘llanilishi mumkin.
Kelishuv tariflari miqdori yoki amaldagi tariflardan chegirmalar darajasini asoslashda poyezd kategoriyalari bo‘yicha yuk tashish tannarxining hisobini tashish jarayoni operatsiyalari bo‘yicha yagona xarajatlar stavkasi uslubi bilan bajarish talab etiladi. Bu hisoblash uslubi poyezdlar harakatining ma’lum bir marshrutida tashishning aniq sharoitlari xususiyatlarini hisobga olish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |