3.5. Yuk tashish tannarxiga tashish masofasining ta’siri
Temir yo‘l transporti xarajatlarini tashish jarayoni operatsiyalari bo‘yicha taqsimlash tashish tannarxi va ekspluatatsion xarajatlarni tashish masofasiga bog‘liqligini belgilash imkoniyatini beradi. Tashish masofasi tariflar darajasini belgilashda, turli xil transportlarni qo‘llash sohalarini, shuningdek raqobatli bo‘lgan temir yo‘l tariflari darajasini aniqlashda foydalaniladi.
Boshlang‘ich va tugatish operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar tashish sikli davomida bir marta amalga oshiriladi va ular tashish masofasiga bog‘liq emas. Shuning uchun bu xarajatlar qismida tashish tannarxi tashish masofasiga teskari proporsional ravishda o‘zgaradi.
Harakatlanish yo‘li davomida poyezdlarni qayta tuzish bo‘yicha xarajatlar tashish masofasiga bog‘liq holda o‘zgaradi, lekin tashish masofasiga nisbatan to‘g‘ri proporsional emas, balki sekinlik bilan o‘zgaradi, chunki tashish masofasining ortishi bilan terma poyezdlarda bajariladigan tashish ulushi kamayadi. Terma poyezdlarda tashish tannarxi o‘rtachadan yuqori bo‘ladi, bu holat ularning ishini tashkil qilish xususiyatlari bilan tushuntiriladi. SHu sababdan butun harakat operatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tashish masofasining o‘sishi bilan sekin o‘sadi. Tashish bitta kategoriyadagi poyezda amalga oshirilsa, bu holatda taxminan bir xil harakatlanish yo‘li sharoitida harakat operatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tashish masofasiga deyarli proporsional o‘zgaradi. Agarda boshlang‘ich va yakuniy bosqichda tashish terma poyezdlarda bajarilsa, harakat operatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tashish masofasiga proporsional bo‘lmagan holda o‘zgaradi.
Tashish masofasining oshishida ekspluatatsion xarajatlarning umumiy miqdori tashish masofasiga nisbatan sekinlik bilan o‘sadi, tashishning to‘liq tannarxi bunda kamayadi. Masalan, tashish masofasining 10% ga oshishida, boshlang‘ich-tugatish operatsiyalari bo‘yicha 20% va harakat operatsiyasi bo‘yicha 80% xarajatlar ulushida ekspluatatsion xarajatlar 8% ga, tashish tannarxi esa 1,8% ga kamayadi.
Bitta kategoriyadagi poyezdlar uchun tashish tannarxining tashish masofasiga bog‘liqligi quyidagi ko‘rinishga ega:
, (3.11)
bunda Enk – boshlang‘ich va tugatish operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar;
l – tashishning o‘rtacha masofasi, km;
Cdv – poyezdlarning siljishi, harakatlanish yo‘lida poyezdlarni tuzish va qayta tuzish xarajatlari qismida 10 t-km tannarxi, so‘m.
Tashish tannarxini tashish masofasiga bog‘liqligi giperbola bilan tasvirlanadi (3.4-rasmda keltirilgan).
Tashish masofasiga bog‘liqlik bo‘yicha bajarilgan hisoblarga muvofiq tashish masofasini 300 km.gacha ortishida tashish tannarxini kamayishi yaqqol ko‘rinadi, masofaning keyingi ortishida tashish tannarxini kamayish sur’atlari sekinlashadi.
C
l, km
Cdv
Cnko
Boshlang’ich-tugatish opеratsiyalari uchun xarajatlar qismidagi tannarx
Harakat opеratsiyasi uchun xarajatlar qismidagi tannarx
3.4.- 3.4.-rasm. Xarajatlarni tashish masofasiga bog‘liqligi
Do'stlaringiz bilan baham: |