Tashish jarayoni operatsiyalari bo‘yicha yuk tashish tannarxining kalkulyatsiyasi


Ekspluatatsion xarajatlar va tashish tannarxini tashish hajmiga bog‘liqligi



Download 106,5 Kb.
bet4/10
Sana31.12.2021
Hajmi106,5 Kb.
#258698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tashish jarayoni operatsiyalari bo

Ekspluatatsion xarajatlar va tashish tannarxini tashish hajmiga bog‘liqligi

Xarajatlar va tashish tannarxini ish hajmiga bog‘liqlik darajasi bog‘liq va shartli-doimiy xarajatlarning solishtirma ulushi nisbati bilan aniqlanadi.

Xarajatlarni bu guruhlarga bo‘linishi shartli ravishda, chunki haqiqatda barcha xarajatlar ish hajmiga bog‘liq bo‘ladi, va uzoq vaqt davomiyligida va har qanday sharoitda o‘zgarmasdan qolmaydigan xarajatlar bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa ham ba’zi xarajatlar u yoki bu darajada ish hajmiga proporsional o‘zgaradi, boshqalarning o‘zgarishi esa juda sekin bo‘ladi (3.2-rasm).


Ez

Enz



pl

E

Etol




3.2-rasm. Ekspluatatsion xarajatlarning ish hajmiga bog‘liqligi
Ko‘pgina amaliy masalalarni yechish uchun xarajatlarni ish hajmiga bog‘liqligini quyidagi chiziqli funksiya ko‘rinishida tasvirlash mumkin:
, (3.1)

bunda – to‘liq xarajatlar, ming so‘m;

– bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar, ming so‘m;

– bog‘liq xarajatlar, ming so‘m;

– ish hajmi birligiga to‘g‘ri keluvchi bog‘liq xarajatlar, ming so‘m/ming t-km;

 – ish hajmi, ming t-km.

Xarajatlarni bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarga bo‘linishi tashish tannnarxini ish hajmi ta’sirida o‘zgarishiga olib keladi. Xarajatlar va ish hajmi o‘rtasidagi chiziqli bog‘liqlik sharoitida tannarxni ish hajmiga bog‘liqligi quyidagiga teng:

, (3.2)

 (3.3)
 (3.4)
bunda  – tashish tannarxi, so‘m/t-km.

Tannarxni ish hajmiga bog‘liqligi teskari proporsional bog‘liqlikka ega (3.3-rasm), ya’ni ish hajmining kamayishi bilan tannarx ortadi, ko‘payishi bilan esa kamayadi. Bunda tannarxning o‘zgarishi faqat bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni ish hajmini ko‘p sonli birliklariga qayta taqsimlash hisobiga ro‘y beradi. Tannarxning bunday xulqi “masshtab samarasi” deb aytiladi.




CSС


pl

Cz

Cnz
Bog'liq bo’lmagan xarajatlar qismidagi tannarx

Bog’liq xarajatlar qismidagi tannarx





3.3-rasm. Tannarxning ish hajmiga bog‘liqligi
Xarajatlarni ish hajmiga bog‘liqlik darajasi tahlil qilish davrining turlicha bo‘lgan davomiyligi bilan farqlanadi. Qanchalik muddat uzoq va harakat miqdorining o‘zgarish diapazoni keng bo‘lsa, shunchalik bog‘liq xarajatlarning ulushi ko‘p bo‘ladi.

Qisqa vaqt davomida harakat miqdori juda kam o‘zgaradi, ishlovchilar soni va temir yo‘llarning texnik jihozlanganligi barqaror qoladi, faqat harakatlanuvchi tarkib ishi va uning joriy ta’miri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlar o‘zgaradi. Bunda bir qator xarajatlar guruhining o‘zgarishi faqatgina keyingi davrlarda namoyon bo‘ladi. Masalan, yo‘llarni joriy saqlash xarajatlari eskirish jarayoni bilan mos kelmaydi, ular ma’lum bir vaqt oralig‘ida moliyaviy hisobot orqali aks ettiriladi.

Harakat miqdorining o‘sishi temir yo‘llarning rivojlanishini talab etganda, ularning bo‘linmalarini yuqori kategoriyaga o‘tishida va boshq. xarajatlarni uzoq vaqt davomida o‘zgarishini ko‘rib chiqishda bog‘liq xarajatlarning ko‘lami kengaydi. Tashish pasayganda esa teskari jarayon, lekin bir oz sekinlik bilan o‘zgarish kuzatiladi.

Shuning uchun ish hajmiga bog‘liq xarajatlarni joriy (qisqa muddatli) va istiqbol (uzoq muddatli) davrlarda farqlash qabul qilingan.

Joriy davr ma’lumotlari ish natijalarini tahlil qilish va operativ baholash uchun, nisbatan qisqa muddatga (bir yildan ko‘p bo‘lmagan) xarajatlarni prognozlashtirish uchun foydalaniladi. Biroq joriy davrda xarajatlarning o‘zgarishini ikkita vaqt kesimida: yillik va yil ichidagi (oy, kvartal) davrlar uchun farqlash kerak. Masalan, harakat miqdorini o‘zgarib turishida operativ ravishda, qaysidir oy davomida lokomotivlarning inventar parkini o‘zgartirib bo‘lmaydi.Bu haqda faqat yillik tahlil qilish davri pozitsiyasidan gapirish mumkin.

Uzoq muddatli davr uchun xarajatlarni bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarga bo‘linishi temir yo‘llarning rivojlanishi, ularning texnik qurollanganligi va istiqbolli xarakterga ega, va odatda investitsiyalarni talab etadigan tadbirlar variantlarini baholash uchun, shuningdek uzoq muddatda amal qilishi hisobga olingan preyskurant tariflarini shakllantirish maqsadi uchun qo‘llaniladi.

Ish hajmiga xarajatlarning bog‘liqlik darajasi bog‘liq xarajatlar ulushi orqali foizlarda aks ettirilishi qabul qilingan.


Download 106,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish