13.2.5. Etik axloq talablari. Tashkilot rahbari yuqori etik me’yorlarga ochiqchasiga va so’zsiz amal qilsagina, ularni tajribaga tadbiq etish mumkin.
Tashkilot hatti-harakatlari etik me’yorlarga mos kelishi uchun ularga avvalambor, bosh mansabdor shaxslar oshkora va so’zsiz ama l qilishlari lozim. Yuqori etik standartlarga intiladigan kompaniyalarning oliy rahbariyati ma’ruzalarda va kengashlarda noetik ahloq oqibatlarini, salbiy talqin etish etikaga amal qilish namunalarini maqtash yordamida etik me’yorlarni singdirishga harakat qiladilar. Oliy rahbariyat xodimlarga etik kodekslarga amal qilish ularni burchi ekanligi bilan birga etikani buzilish holatlari to’g’risida xabar berishlarini eslatib turishlari kerak. Kompaniyalarda tartibbuzarlarga qarshi choralar yaratilgan bo’lsa ham, asosiy vazifa jazolash emas, balki etik me’yorlarga amal qilishni ta’minlashdan iborat. Ushbu faoliyatni bosh menejer boshqaradi, lekin menejerlarning o’z yordamchilariga va ijrochilariga nisbatan xushmuomala bo’lishi etik me’yorlarni joriy etishda yordam beradi.
Rahbariyat kompaniyadagi muammoli zonalarni xodimlar bilan muhokama etishi, qanaqa choralarni amalga oshirishni kelishishi va qayta aloqa kanallaridan foydalanishi zarur. Kompaniyalar tajribasi ko’rsatadiki, hyech qachon hamma ishlar etik me’yorlarga mos kelavermaydi, xodimlar esa etik me’yorlarga amal qilishni yaxshi tushunadi deb o’ylamaslik kerak.
Etik ahloqni tashkil etishda menejerlar amal qilish lozim bo’lgan tavsiyalar mavjud: 1) menejerlar ahloqiy namuna bo’lishi bilan birgalikda insoniylik an’analarini qo’llab-quvvatlashlari lozim; 2) menejerlarga va xodimlarga nima etik me’yorlarga mos kelishini va nima mos kelmasligini tushuntirish va vaziyat talab etsa, maxsus kurslar tashkil etish lozim; 3) rahbariyat o’zining etik me’yorlar targ’ibotchisi ekanligini namoyish etishi va etik me’yorlarni qattiq turib himoya qilishi lozim; 4) oliy rahbariyat jiddiy vaziyatlarda hakam sifatida ish tutishi: ya’ni lavozimlardan bushatish zaruriyati tug’ilsa, hokimiyat kuchidan foydalanishi lozim. Bu etik me’yorlarga amal qilmaydigan xodimlarning jazolanishini bildiradi. Etik me’yorlarni buzilishiga tezkor va shavqatsiz chora ko’rilmasligi vaziyatni yanada yomonlashtiradi.
Etik me’yorlarni ta’minlash bo’yicha puxta ishlangan dasturlar quyidagilarni o’zida mujassam etadi:
Direktorlar kengashini kuzatuvchi qo’mitasining mavjudligi, odatda kengash ushbu tadbir-choralarni qo’llab-quvvatlovchi direktorlardan tashkil topadi.
Me’yorlarni o’qish jarayoniga va hayotga tadbiq etish uchun katta menejerlar qo’mitasining mavjudligi.
Har bir menejerning etik me’yorlarni qo’llab-quvvatlash harakatlarini har yili tahlil etish va noqulay etik me’yorlarni yo’qotish bo’yicha menejerlar qo’llagan tadbir-choralar to’g’risida rasmiy hisobotlarning joriy etilishi.
Etik me’yorlarga amal qilish bo’yicha majburiyatlarni o’z zimmalariga olishlari to’g’risida xodimlar imzolagan hujjatlarning mavjudligi.