Tasdiqlayman” yoib direktor o’rinbosari: Yo. Xolmurotov


-Mavzu: “Odob – axloq me’yorlari: mehmonga borish hamda mehmon kutish odobi”



Download 326,79 Kb.
bet39/49
Sana06.01.2022
Hajmi326,79 Kb.
#325261
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАРИ УМУМИЙ 2 КУРС (2)

31-Mavzu: “Odob – axloq me’yorlari: mehmonga borish hamda mehmon kutish odobi”.
Odob – axloq borasida fransuz adibi Fransua de Laroshfuko ming bora haq deyish mumkin. Zero, insonlar orasida o‘ziga xos o‘zaro munosabat qonun – qoidalari mingyilliklar davomida shakllanib, insoni shaxs darajasida shakllanishida jamiyatning boshqa qonunlaridan ustunlik qilib kelmoqda.

Beodoblik shunday selki, u obro‘ va viqor qasrini qo‘parib, idrok bo‘ynini har xil arqonlar bilan bog‘lab tashlaydi. Oqil kishilarning aytishicha, odob rioyasi shunday surmaki, uning gardidan har bir kishiga sursa, e’tibor ko‘zining ravshanligi hech qanday sabab bilan zaiflik va illatga yo‘liqmaydi.

Mehmonga borish qoidalari. XI asrning tarixchisi, buyuk adabshunos olim Bolosog‘uniy Yusufning «Saodatga yo‘llovchi bilim» nomli asaridan bir parchani keltiramiz:

«Bir to‘yimli ovqat va ichimlikni deb sen o‘zingni beqadr qilmagin. Nafsni saqla, kishilarning pasti bo‘lma.

Nafsing uchun nafsinigning qo‘li bo‘lma. Men juda ko‘p ko‘rganmanki, qadr topgan kishilar ham nafsini tiya olmagani uchun yuz tuban ketdilar. Elda ulug‘lik topgan kishilarni ham nafsi qo‘l qilib yer tishlatdi. Ko‘p boylarni ko‘rdim, ularni ham nafsi tutqin bo‘ldi, ular ham xonavayron bo‘lib, qashshoqlashib qoldilar. Ey nafsi g‘olib, sen nafsingga ilinsang, undan qutulib bo‘lmaydi.

Sen qaysi ziyofatga borsang ham odob bilan ovqat yegin. Tartib qoidalarni bilmaydigan, farosatsiz, badfe’l kishi tartibli kishini ko‘rsa boshi gangiydi.

Boshqa odam oldida turgan narsani cho‘zilib oluvchi bo‘lma, o‘z qarshingga qo‘yilganini ol va ye. Zinhor betoqat va yengiltak bo‘lma. Nima olsang tishla, maydalab chayna, issiq oshni og‘zing bilan puflama. Kishining ko‘ngli bamisoli yupqa shisha bo‘ladi, uni juda avaylab ehtiyot qil, uni qo‘zg‘atma, sinadi. Kishining ko‘ngli qolsa, yaqinlik uziladi.

Ovqatni me’yori bilan ye, ko‘p ovqat yema: Ko‘p ovqat yeydiganlarning ovqati balo bo‘ladi, ovqati balo kishi esa doim dardmand bo‘ladi. Issiqlik oshsa, darhol sovuqlik ichib, o‘zingni yengillashtir, sovuqlik oshadigan bo‘lsa, issiqlik bilan tuzat. Insonni hayvondan farqlaydigan narsalardan biri - o‘z mijoziga qarab ovqat yeyish. Nazar solsang, tabiblar yaxshi aytibdilar: kishi ovqatni oz yesa, salomat bo‘ladi.



«Qobusnoma»da ham mehmondorchilik haqida shunday so‘zlar bor: «Mezbonning uyiga kirsang, hatto oshnangniki bo‘lsa ham, o‘zingga munosib joyda o‘tir va taom, ichimlik ustida buyruq bermagil, ya’ni mezbonning xizmatchilariga: «Ey falonchi, bu uy mening o‘zimning uyimdir, tovoqni u yerga qo‘y, boshqalarning tovoq kosasiga qo‘l urma» demagil. O‘z do‘stu yordamchilaringa biror burda non olib bermagilki, debdilar, mezboning uyidan biror narsa olish – uyat14

“Favoqih al-julaso” asarida ham shunday jumlalar keltirilgan: “Mehmonga borsang uy egasi ko‘rsatgan joyga o‘tir, nima keltirsa indamay ye, mezbon tashqariga chiqsa o‘rningdan turma, ro‘xsatsiz narsa qidirma, goh buni, goho uni ushlayverma. Mehmonga borganingda uy egasidan suv yoki tuzgina so‘rab olishing mumkin. Bulardan boshqa narsalarni so‘rab olib yeish beodoblik hisoblanadi.



Mehmon rioya qilishi lozim bo‘lgan odoblardan yana biri shuki, mehmon mezbonga ish buyurmasin. Chunki, buyurgan ishini bajarish mezbon uchun og‘ir bo‘lishi mumkin. Agar mezbon qanday ovqat qilib berishi haqida so‘rasa, yengil ovqatni tanlasin”.

Mehmon kutish odobi haqida ham fikrlar keltiradigan bo‘lsak, bu to‘g‘rida yana Qobusnomaga murojaat qilishimiz mumkin. Qobusnomada shunday deyiladi: «Mehmonlar sening uyinga qadam qo‘ysalar, sen har vaqt barcha odamlaring bilan ularning oldilariga chiqqil, yaxshi so‘z bilan qarshi olgil, toki ular senga minnatdorchilik bildirsinlar. Agar meva vaqti bo‘lsa, taom yemasdan avval meva keltirgil, maza qilib yesinlar. «Ey falonchi, taomni yaxshi yegil va hech narsa yemading, men senga loyiq hech narsa qila olmadim, insho ollo keyin buning uzrini yaxshiroq qilaman» - deyavermagil. Bu so‘zlar boobro‘ kishilarning so‘zi emasdir, balki bozorchilarning va bezorilarning so‘zidir. (Bunday odamlar bir necha yilda bir marta mehmon chaqiradilar) Bu so‘zlardan mehmonlar xijolat yeydilar, taom yemaydilar, mehmondorchilikdan tuymasdan turib ketadilar.»

«Ey farzand, mehmonga minnat qilmagil, ochiq yuz bilan gapirgil. Har bir kishi sening mehmoning bo‘lsa, shodlik bilan taomini yesin. Mehmonlar ketishni xohlasalar, bir-ikki marta tavoze’ bilan ketmang deb iltimos qil, uchinchi marta so‘rasalar, samimiyat bilan ro‘xsat bergil. Agar xizmatchilaring biror xato qilgan bo‘lsalar, mehmonning oldida xumrayb ularni koyimagil, xatosini kechir. Agar mehmon senga qattiq gapirsa, unga qattiq so‘z demagil, balki hurmatini saqla!»


Download 326,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish