30-Mavzu: Axloq, ekologik madaniyat.
Axloq» so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, «xulq» so‘zining ko‘plik shaklidir. Axloq - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) xulq haqida «Mezon tarozusiga qo‘yiladigan amallarning ichida yaxshi xulqdan og‘irroqi yo‘qdir. Mo‘min banda yaxshi xulqi sababli kechasi uxlamasdan, kunduzlari ro‘za tutib ibodat qilgan kishilar darajasiga yetar» deb hadis qoldirgan.
Hech shubha yo‘qki, xalqlarning o‘z xususiyatlarini saqlab qolishlarida axloq asosiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham barcha ulamolar va faylasuflar bir ovozdan yolg‘iz kishilarning va barcha jamiyatlarning foydasi uchun axloq nihoyatda zarur, deganlar. Shuning uchun - insonlar jamiyatni isloh qilishga uringan barcha faylasuf va hukmdorlar yaxshi axloqlarga alohida e’tibor berganlar. Ulardan ba’zilari axloq har bir jamiyatning asosidir, deb juda ham to‘g‘ri aytgan. Shuning uchun ham barcha payg‘ambarlar kishilarni yaxshi axloqlarga chorlaganlar. Qur’oni Karim bu masalaga alohida e’tibor bergan, chunki axloq oxirat ne’matlariga yetkazuvchi asosiy narsalardan biridir. Bu haqiqatni musulmon bo‘lmaganlar ham tan olishgan. Misol tariqasida doktor Gustav Loboning quyidagi so‘zlarini olish mumkin: «Qur’ondagi axloq asoslari boshqa barcha din ta’limotlaridan ustun turadi». Biz yoritmoqchi bo‘lgan mavzumiz aynan axloq emas, balki axloqni ekologik madaniyat darajasidagi ko‘rinishi to‘g‘risida.
1866 yilda nemis biologi o‘z ilmiy asarlarida birinchi bo‘lib “ekologiya” atamasini fanga kiritib, uning ma’nosini tirik organizmlarning o‘zaro va ularning yashash muhiti bilan bog‘liqligini o‘rganuvchi ta’limot sifatida ifodalaydi.
Ekologiya atamasi yunoncha “oikos” – turar joy, yashash muhiti, uy, - “logos” – ta’limot degan ma’noni bildiradi. Bir so‘z bilan aytganda, ekologiya biz yashab turgan muhit, uy, vatanimiz haqidagi fandir.12
Inson taraqqiyotning boshlarida tabiatning bir qismi bo‘lib, atrofidagi yovvoyi hayvonlar hamda o‘simlik dunyosidan ajralmasdan yashadi. Inson va jamiyat rivojlana borgan sari uning tabiatga ta’siri ko‘chayib bordi. Endi u tabiatning turli kuchlaridan (suv, olov, chaqmoq, shamol va h.k) qo‘rqmasdan qo‘ydi, balki, bu kuchlarni o‘ziga bo‘ysundirish darajasiga yetdi. Hozirgi kunda, qarang, ertalabdan kechgacha biz o‘z texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaymiz-yeymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz ularsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Bular metro, avtobus, televizor, radio, telefon, eskalator, pleyer, lift, kompyuter, poyezd, samalyot, teploxod, gaz plitalari, elektr asboblari, zavodlar, lokatorlar, kimyoviy dori-darmonlar va h. k. Telefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi suhbatdoshimizni ko‘rish va u bilan gaplashish uchun ot-ulovda yoki piyoda boradigan bo‘lsak, necha kunlab yo‘l bosishimiz kerakligi haqida o‘ylab o‘tirmaymiz, to‘g‘rirog‘i, bu esimizga ham kelmaydi. Chunki texnika bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan.
Insoniy tafakkur biosferadagi o‘zgarishlarning asosiy sababiga aylandi.
XX-asrning o‘rtalariga kelib Markaziy Osiyo mintaqasining geografik talablari qo‘pol ravishda buzildi. «Paxtachilikni ko‘tarish» bahonasida respulika tuprog‘iga fan tavsiyalaridan 10-20 barobar ko‘proq, million tonnalab zaharli o‘g‘itlar kiritilgan. Ming yillar davomida shakllangan suv balansi, quriq va bo‘z yerlarning Mirzacho‘l, Qarshi cho‘li, Janubiy Turkmaniston cho‘llari va boshqalarning o‘zlashtirilishi natijasida O‘zbekiston tabiati kechirib bo‘lmas zarbaga uchragan va shu sababli Orol dengizi suv bilan ta’minlanmay quriy boshlagan.
Orol dengizi muammosi - eng og‘ir va murakkab ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolardan biri, dunyoda o‘z hajmi va kattaligi bo‘yicha 4-o‘rindagi (Kaspiy dengizi, Shimoliy Amirekadagi Yuqori ko‘l va Afrikadagi Viktoriya ko‘lidan keyin) ko‘lining halok bo‘lishining oldini olish jaryoni. Orol dengizi muammosi - insonning tabiatga aksiltabiiy, g‘ayriilmiy va manmanlik bilan munosabatining yorqin misoli. O‘ttiz million yil davomida qalqib yotgan buyuk ko‘l, tabiatning insonga, Markaziy Osiyo xalqlariga haqiqiy in’omi, o‘ttiz yil ichida (1957-1987 yillar) Yer kurrasining go‘zal chehrasida ekologiyani mensimaslik natijasida paydo bo‘lgan yaraga aylandi: Orol dengizining atrofi cho‘l-sahroga aylana boshladi, uning qurigan qismidan shamol kuchi bilan ko‘tarilgan qum to‘zoni va tuz chang million-million gektar yerlarni ko‘plab, hatto Erongacha uchib yetib bormoqda13.
Bunday ekologik xavf-xatarlarga duchor bo‘lishligimiz ekologik madaniyatdan bexabarligimiz sabab, zero biz qadimda tabiatga, hayvonot olamiga hurmat bilan yondoshgan zaminda yashaymiz. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da inson oliy jonzot tarzida talqin etiladi. Ayni paytda yeru ko‘kdagi barcha ne’matlarni sevish, ardoqlash insonning muqaddas burchi hisoblanadi. Odam olamdan o‘tgandan so‘ng uning jasadini yerni iflos qiladi deb, yerga ko‘mishmagan, olovda kuydirishmagan, suvni bo‘lg‘aydi deb, suvga yaqinlashtirmagan. Jasadni maxsus ajratilgan qoyalarga etib qoldirishgan, qushlar, hayvonlar etini yeb bitirgach suyaklarini maxsus idishlarga solib saqlashgan. Avestoda ozodalik, tozalik gigienik tushunchadan axloqiy va ilohiy tushuncha darajasiga ko‘tariladi: suvni, atrof-muhitni toza tutish, jonivorlarga, xususan, itga uchi o‘tkir suyak yoki qaynoq ovqat bermaslik – ularga nisbatan shafqatni anglatadi; inson shafqatli bo‘lishi kerak.
Bularning hammasi «Avesto»da ekologik axloqshunoslikning dastlabki kurtaklari ham mavjudligini ko‘rsatadi.
Xalqimiz suvni e’zozlashgan, unga tupurish, chiqindilarni tashlashga or qilishgan. Biroq zamonlar o‘tishi davomida «suvtekin», «suvdek serob» kabi qarashlar paydo bo‘lib, suvdek xudoning ne’mati isrof qilinishiga yo‘l qo‘yilmoqda.
Islom dinida ham atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga da’vat etilgan. Qur’oni Karimning «Arof» surasi 30-oyatida: «Alloh bergan rizqdan yenglar, ichinglar, lekin isrof qilmanglar. Alloh isrof qiluvchilarni sevmaydi» deyiladi. Tabiatga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishga doir fikrlar hadislarda ham bildirilgan. Jumladan:
- «Daryo oldida tahorat qilsang ham suvni tejab ishlat»;
- «Har qanday isrof qilish - haromdir»;
- «Tangri jonzodlarga ozor berganni hushlamaydi»;
- «Qaysi bir musulmon biror daraxt yoxud biror ekin eksa-yu uning hosilidan inson, qush yoki hayvon yesa, buning uchun unga ajir savobi ato etilur»;
- «O‘zimdan keyin qoladigan ummatlarim uchun uch narsadan qo‘rqaman:
1. Nafsu havoga berilib yo‘ldan ozishdan.
2. Nafsoniy va shaxvoniy hissiyotga berilib ketishdan.
3. Ilmu ma’rifatga ega bo‘la turib, g‘ofillarning ishini tutishidan».
Ota-bobolarimiz ko‘cha va yo‘llarda yurishganda yo‘l ustida yotgan cho‘p, tosh va boshqa buyumlarni yo‘l chetiga olib tashlab o‘tishgan. Afsuski, odamlar orasida ko‘chada yurganda, jamoat joylarda mahsulot qoplamalarini tashlash, tupurish, burun qoqish kabilar odat tusiga kirmoqda. Yo‘l-yo‘lakay nosu sigareta chekib, to‘g‘ri kelgan joyga tuflab yoki sigareta qoldig‘ini tashlab ketaverish o‘ta madaniyatsizlik va zararkunandalikdir. Albatta ekologik madaniyatimiz ish, uy, hovli - joyimizni toza tutishimizda namayon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida «Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‘l qovushtirib o‘tirish o‘z-o‘zini o‘limga mahkum etish bilan barobardir ... Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo‘ladi. Bu qonuniyatlarni buzish o‘nglab bo‘lmas ekologik falokatlarga olib keladi», - deb ko‘rsatgan edi. Ushbu asarda mamlakatimizga xavf solayotgan ekologik muammolar sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan:
1. Yerning cheklanganligi va sifat tarkibi zaharlanishi;
2. Suv zahiralarining taqchilligi va ifloslanganligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |