Adabiyot insonlarning aihiy kechinmalarini so’z orqali ifodalab kelgan san'at turidir



Download 1,65 Mb.
bet36/63
Sana21.01.2017
Hajmi1,65 Mb.
#828
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63
1. Darsni jihozlash:
a) slayd, kodoskop

b) ko’rgazmali qurollar

d) tarqatma test va savollar

e) adabiyotlar.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI

VAQTI










1

Tashqiliy qism

daqiqa

2

o’qituvchining kirish so’zi

daqiqa

3

o’quvchilarning bilimini tekshirish

_ daqiqa

4

Yangi mavzuning bayoni

daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

daqiqa

6

Darsning yakuni

daqiqa

7

Uyga vazifa

daqiqa




Jami

daqiqa

12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.



Dars

Bosqich-lari



Ta’lim beruvchining

Faoliyati



Ta’lim oluvchining

faoliyati



Texnologiya


Metod

Shakl

Vosita

1

Tayyor-lov

__ daqiqa



Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish

O’quvchilar darsga

kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga

borib o’tiradi.


Noan’anaviy

Guruh-larni

shakl-lantirish



Taqsimlash

qog’ozchalari



2

Mavzuga

kirish


__ daqiqa

Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.

Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________” usulini qo’llash.



Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.

O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.



Mavzu

_____________________________________________________________________________



Guruh-lar

Ko’rgazma

doska,


bo’r

3

O’quvchi-larning oldingi bilimlarini

tekshirish

_____ daqiqa


O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi

(savollar ilova qilinadi)



O’quvchilar javoblarni belgilashadi.

Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.



An’anaviy

nazorat usuli



Guruh

Savollar

Doska va bo’r,

o’quv

daftarlari



4

Yangi mavzu-ning

bayoni


_____ daqiqa

Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.

Ma’ruza yangi mavzu bayon

qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.

Hayotdan misollar keltiriladi.


Guruh-lar

Slayd, mavzu

bo’yicha yozilgan

materiallar

doska va


bo’r

5

Taqdimot

______ daqiqa



Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.

Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.

Muhokama va mustaqil ishlash

Guruh-chalar

Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.

6

Baholash

____ daqiqa



Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.

Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi

Munozara

Guruh-chalar

Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar

7

Umum-lashtirish

_____ daqiqa



Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.

Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.

Sunbat-mulohaza

Guruh-chalar

Baholash mezonlari varaqasi.

8

Darsga yakun yasash

____ daqiqa



Darsni yakunlaydi.

Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti

________________________________________________________________________________________


Tinglaydilar.

Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.



Ma’ruza

Umumiy

Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r


DARS BOSQICHLARINING MAZMUNI.

1. Tashkiliy qism:

O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, davomatini aniqlash, o’quv xonasining tozaligi va o’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish.

2. O’qituvchining kirish so’zi:

Bu bosqichda, o’qituvchi o’tiladigan yangi mavzu nomi, dars o’tish rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.

MAVZU: NASIRUDDIN RABG’UZIYNING HAYOTI VA IJODI.

«QISSAI RABG’UZIY» ASARI HAQIDA.

REJA:

1.Nasiruddin Rabg’uziy shaxsi haqida ma’lumat.

2. «Qissai Rabg’uziy» asarining yaratilishi.

3.Rabg’uziy asarida xalq og’zaki ijodining ta’siri.

4.Rabg’uziy xikoyatlarining tarbiyaviy ahamiyati.

O’qituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishga tayyorlashi kerak.

3. O’quvchilarning bilimini tekshirish:

Bu bosqichda o’qituvchi mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holda yangi pedogogik texnalogiyalar asosida o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarini quyidagi so’rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.

YAKKA SAVOLLAR

1.Yassaviy-tasavvuf ilmining yirik vakili xaqida nimalar bilasiz?

2.Ahmad Yassaviy shaxsi haqida tushunchangiz?

3. «Devoni hikmat» hikmatlar xazinasi to’g’risida ma’lumotlar bering.

4.Hikmatlarda insoniy fazilatlar iymon va etiqot tuyg’ular ifodasi haqida gapirib bering.

4. Yahngi mavzuni tushuntirish:

Bu bosqichda o’qituvchi o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi.
Mavzuga oid tayanch atamalar: Yozuk, tafakkur, kamug, yavlok, ontasi, malun, yigoch, fakix, karinchka.

Rabg’uziy o’zbek mumtoz adabiyoti tarixida alohida mavqe qozongan adibdir. Uning asl ismi Nosiruddin bo’lib, Xorazmning Raboti o’g’uz degan joyida tug’ilgan. Rabg’uziy «Qissasi Rabg’uziy» asarining muqaddimasida otasi Burhoniddinning 0’g’uz Rabotining qozisi bo’lganligini aytib o’tadi. Asarda bu haqda: «... bu kitobni tuzgan, toat yo’lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqlug’, ko’p yozuqlug’ Rabot o’gsuzining qozisi Burhon o’g’li Nosiruddin...» deb qayd etilgan.

Asar Nosiniddin To’qbo’g’aning topshirig’i asosida yozilgan. Muallif uni «... yigitlar arig’i (poki), ulug’ otlig’, qutlug’ zotlig’, ezgu xulqlig’, islom yorig’liq, mo’g’ul sanilig’, musulmon dinlig’, odamiylar inonchi, mo’minlar quvonchi, himmati adiz (yuksak), aqli tengiz beg» deb ta’riflaydi.

Nosiruddin To’qbo’g’abekka bag’ishlangan she’riy madhiyada uning «arslon mengizlik surati», «koerklug sifatlig’ surati», «tuz so’zlayur so’zni uqa» singari sifatlari keltiriladi.

Rabg’uziyning boshqa asarlari haqida ma’lumotlar yo’q.

«Qissasi Rabg’uziy» asari turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. U payg’ambarlar haqidagi qissalardan iboratdir.

Bu asar o’zbek nasrining eng qadimiy namunalaridan biridir.222 Unda XIVI asr oxiri — XIV asr boshlaridagi o’zbek adabiyotining bir qator o’ziga xos xususiyatlari juda yorqin namoyon bo’Igan.

Payg’ambarlar haqidagi qissalar Rabg’uziyning olam va odam haqidagi qarashlarini badiiy jihatdan ifodalash ucliun vosita bo’lgan. Ularda adib olamning yaratilishi, tabiat va jamiyat hodisalari, insoniy munosabatlar borasida fikr yuritadi.

Qissalar asosini tarixiy voqealar tashkil etadi. Ular o’z ildizlari bilan «Qur’on» va «Hadis»larga, tarixiy manbalarga, xalq og’zaki ijodiga borib taqaladi. Ammo bularning hammasi birinchi navbatda, Rabg’uziy badiiy tafakkuri mevalaridir.

Mavzu doirasiga ko’ra asar qissalari juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi bo’lgan Ollohni ulug’lash, payg’ambar hayotiga doir lavhalarni eslash, ota-ona va farzand munosabatlari, sevgi va sadoqat, vatan va vatanparvarlik, erk va adolat, do’stlik va hamjihatlik, urush va tinchlik kabi mavzular shular jumlasidandir. Bular asardagi 72 bob — qissalarda o’z ifodasini topgan. Bu qissalarning hajmi turlicha. Masalan, «Qissasi Yusuf» salkam yuz sahifani tashkil qilsa, «Lut» haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat.

Qissalarning ko’pi qahramon haqidagi muayyan xabar bilan boshlanadi, so’ng she’riy madh, keyin asosiy voqealar bayoni keladi, Ba’zi qissalar ichida yana mustaqil hikoya, rivoyat va naqllar ham bor. Masalan, Yusuf qissasida bir necha hikoya, latifa, bayt, g’azal va boshqa janr namunalari uchraydi. Amrno ular asarda olg’a surilgan asosiy g’oyaviy-badiiy maqsad bilan yaxlitlikni tashkil etadi. Misol sifatida «Dovud haqida»gi qissa bilan tanishish mumkin.

Qissa Dovudning ta’rif bilan boshlanadi. So’ng she’riy tavsif beriladi. Undan keyin Dovud payg’ambar haqidagi umumiy tasavvurlar bayon etiladi:

«Dovud yalavo’h (payg’ambar) bani Isroildan erdi. O’n qarindosh erdilar. Otalari Isho’otlig’ Dovud qamug’idin (barchasidan) kichik erdi. Tun-kun yig’layur erdi ibodat ichinda».

Ko’rinib turganidek, Rabg’uziy nasrda nihoyatda sodda, lo’nda, tushunarli va ta’sirchan ifodasini topa olgan. Shuning uchun ham bu asar asrlar davomida qo’ldan tushmay o’qildi.

Dovud bilan bog’liq hikoyalarda adib adolat va zulm, hunar egalari, ota-ona va farzandlar munosabati singari muammolarga asosiy e’tiborni qaratgan. «Aytmishlar, Dovud yaiavo’h tunla o’zin belgusiz qilib ra’iyatlardin so’rar erdikim, podshoh sizing biria netag muornala qilur? Aytur erdilar: yavloq (juda) odil turur».

Bir kecha andog’ so’zlayurda Mavlo taolo bir farishtani izdi (jo’natdi) bir qurtqa (kampir) surati uza. Andin so’radi: «Podshohingiz netak turur, ontasi (shunisi) bor, kishilar molin yeyur».

Dovud duo qildi: «Iziyo (egam-ey), manga bir harf (hunar) o’rgatgil. Aning birla qazg’achiligi (nasibamni) yeyayin. Xalq mani so’zlamasunlar.

Mavlo taolo bir taqachilik (temirchilik) san’atin anta o’gratu berdi. Aymishlar, temur Dovud ilkinda mo’mtek yumshar erdi, netakkim xamir o’zgalar ilkinda».

Halollikka, o’z rnehnati bilan kun ko’rishga, boshqalarga zulm qilmaslikka undash hikoyaning asosiy maqsadidir. O’zbek nasrida ilk marotaba dialoglar Rabg’uziy tomonidan keng qo’llangan. Ana shu dialoglar vositasida asosiy g’oyaviy maqsad yorqin va ta’sirchan ifodalangan.

Rabg’uziy hikoyalarida insonparvarlik, yurtparvarlik, insonni komillik darajasiga ko’tarish, axloqiy poklik, ma’naviy barkamollik sari undash g’oyalari yetakchilik qiladi. Ular orasida til odobi va qalb pokligi ham alohida o’rin tutadi. Bu jihatdan «Luqmon va uning xojasi» hikoyati ibratlidir:

«Luqmong’a xojasi aydi: — ‘Borg’il, bir qo’y bo’g’izlab etindin qayii yaxshiroq ersa nianga kelturgil».

Qo’yni bo’g’izladi, tili birla yurakin olib keldi.

Xojasi so’rdi: — «Bularni naluk (nima uchun) kelturding?»

Aydi: — Qo’yda tildin, yurakdin yaxshiroq yo’q. Agar yovuz ersa tildin, yurakdin yovuzroq yo’q».

Tilga e’tibor berish, har bir aytiladigan so’z mas’uliyatini ta’kidlash hikoyadagi asosiy g’oyaviy-badiiy niyatdir. Bu yerda donolik, hozirjavoblik hani uluglangan.

Hikoyalarda xalq og’zaki ijodining ta’siri ham yorqin seziladi. Xususan, latifa janriga xos belgiiar hikoyaga ko’chib o’tgan. Suhbatning dialog asosida olib borilishi, soddalik, donishmandlik, topqirlik, hoziijavoblik fazilatlarining ustuvorligi, ifodalarning qisqa, aniq, lo’ndaligi og’zaki ijoddan ta’sirlanish natijasidir.

Rabg’uziy hikoyalarining asosini ko’pincha real hayotiy voqea-hodisaiar tashkil etadi. Ularni ifodalash uchun mifologik, afsonaviy-xayoliy yoki hayotiy mantiq taqozo etadigan bayon uslubi tanlab olinadi. Masalan, insonlarning mast holda yurishini, umuman o’tkir ichimliklar ichishni qoralash maqsadi uchun «Uzum hikoyati» keltirilgan. Undagi asosiy qahrarnon Shaytondir. U to’g’ridan-to’g’ri «Shaytoni mal’un» deb ta’riflanadi. «Mal’un» — «Haydalgan, la’natlangan» demak. Ana shu malun uzumning urug’ini o’g’irlagan. Bu hol oshkora bo’lib qolgach, uni Nuh payg’ambar huzuriga olib kelishadi. Shayton aybini bo’yniga oladi-yu, lekin urug’ni qaytarib berishdan oldin uni uch marta sug’orishga imkon berishni so’raydi va rozilik oladi.

Chog’ir (ichkilik)ning paydo bo’lishi shu tarzda shayton nomi bilan bog’lanadi. Chog’ir ichgan odamning holati ham nihoyatda ta’sirchan o’xshatishlar bilan tasvirlanadi. Buning nchun tulki, yo’lbars, to’ng’iz obrazlaridan foydalanilgan.

Hikoyada Nuh payg’ambarning ulug’ligini ko’rsatuv-chi dalillar ham keltirilgan. Xususan, shinni va sirkaning paydo bo’lishi bevosita ana shu payg’ambar faoliyati bilan bog’liq.

Rabg’uziy hikoyalarida qadimiy mifologik tasavurlarning ildizlari ham ko’zga tashlanadi. Ma’lumki, miflarda dunyoviy hodisalarning paydo bo’lishi, ularning ilohiyat bilan aloqasi o’ziga xos tarzda izoh va «isbot» etiladi. Bu jihatdan «Ilon va qarlugco’h» hikoyati xarakterlidir.

Unda mushuk bilan sichqon, ilon bilan baqa, ilon bilan qarlug’o’h (qaldirg’o’h) hamda ari, inson va qushlar hamda boshqa hayvonot olami orasidagi o’ziga xos munosabatlar izohlanadi, badiiy tadqiq etiladi.

Namrud haqidagi hikoyatda inson xayolotining imkonlari madh etiladi. Unda Namrudning osmon mamlakatiga chiqishi tasvirlangan.

Hikoyada o’sha davr kishilarimng osmon haqidagi tasavvurlari ham ifodasini topgan. Ayni paytda hikoya mazmuni badiiy jihatdan tola asoslangan va shuning uchun ham kishida zavq uyg’otadi. Shu bilan birga, hikoyada shuhratparastlik, takabburlik kabi illatlar qattiq qoralanadi. Erishgan muvaffaqiyatlardan boshi aylanib qolgan Namrud hech kimni pisand qilmaydigan kimsaga aylanadi, hatto xudoni ham tan olmaydi. Oqibatda u qattiq jazolanadi, og’ir dardga chalinib, xor-zorlikda halok bo’ladi. Bu ibratli hikoya har qanday o’quvchiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.

Rabg’uziy qissalari va hikoyalarida axloqiy-ta’limiy qarashlarni targ’ib qilish yetakchi o’rin tutadi. Deyarli har bir hikoyada shunday qarashlar aks etgan. Sulaymonning qarinchqa (chumoli) bilan so’zlashganl hikoyasida ham bu hol kuzatiladi.

Sulaymon — Dovud payg’ambarning o’n ikkinchi, kenja o’g’li. U ham boshqa akalariday «olim, faqih, oqil» yigit edi. Dovudning podshohligi unga meros qoldi. Amrno otasiga o’xshab o’z hunarini hech qo’ymas edi. U tol novdalarini yig’ib, savat to’qib sotardi.


Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish