1. Darsni jihozlash:
a) slayd, kodoskop
b) ko’rgazmali qurollar
d) tarqatma test va savollar
e) adabiyotlar.
DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.
№
|
DARSNING XRONOLOGIK XARITASI
|
VAQTI
|
|
|
|
1
|
Tashqiliy qism
|
daqiqa
|
2
|
o’qituvchining kirish so’zi
|
daqiqa
|
3
|
o’quvchilarning bilimini tekshirish
|
_ daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuning bayoni
|
daqiqa
|
5
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
daqiqa
|
6
|
Darsning yakuni
|
daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa
|
daqiqa
|
|
Jami
|
daqiqa
|
12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.
№
|
Dars
Bosqich-lari
|
Ta’lim beruvchining
Faoliyati
|
Ta’lim oluvchining
faoliyati
|
Texnologiya
|
Metod
|
Shakl
|
Vosita
|
1
|
Tayyor-lov
__ daqiqa
|
Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish
|
O’quvchilar darsga
kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga
borib o’tiradi.
|
Noan’anaviy
|
Guruh-larni
shakl-lantirish
|
Taqsimlash
qog’ozchalari
|
2
|
Mavzuga
kirish
__ daqiqa
|
Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.
Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________” usulini qo’llash.
|
Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.
O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.
|
Mavzu
_____________________________________________________________________________
|
Guruh-lar
|
Ko’rgazma
doska,
bo’r
|
3
|
O’quvchi-larning oldingi bilimlarini
tekshirish
_____ daqiqa
|
O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi
(savollar ilova qilinadi)
|
O’quvchilar javoblarni belgilashadi.
Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.
|
An’anaviy
nazorat usuli
|
Guruh
|
Savollar
Doska va bo’r,
o’quv
daftarlari
|
4
|
Yangi mavzu-ning
bayoni
_____ daqiqa
|
Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.
___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
|
Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.
|
Ma’ruza yangi mavzu bayon
qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.
Hayotdan misollar keltiriladi.
|
Guruh-lar
|
Slayd, mavzu
bo’yicha yozilgan
materiallar
doska va
bo’r
|
5
|
Taqdimot
______ daqiqa
|
Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.
|
Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.
|
Muhokama va mustaqil ishlash
|
Guruh-chalar
|
Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.
|
6
|
Baholash
____ daqiqa
|
Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.
|
Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi
|
Munozara
|
Guruh-chalar
|
Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar
|
7
|
Umum-lashtirish
_____ daqiqa
|
Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.
|
Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.
|
Sunbat-mulohaza
|
Guruh-chalar
|
Baholash mezonlari varaqasi.
|
8
|
Darsga yakun yasash
____ daqiqa
|
Darsni yakunlaydi.
Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti
________________________________________________________________________________________
|
Tinglaydilar.
Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.
|
Ma’ruza
|
Umumiy
|
Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r
|
DARS BOSQICHLARINING MAZMUNI.
1. Tashkiliy qism:
O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, davomatini aniqlash, o’quv xonasining tozaligi va o’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish.
2. O’qituvchining kirish so’zi:
Bu bosqichda, o’qituvchi o’tiladigan yangi mavzu nomi, dars o’tish rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.
MAVZU: AHMAD YASSAVIY.
REJA:
1.Yassaviy-tasavvuf ilmining yirik vakili.
2.Ahmad Yassaviy shaxsi haqida tushunchalar.
3. «Devoni hikmat» hikmatlar xazinasi.
4.Hikmatlarda insoniy fazilatlar iymon va etiqot tuyg’ular ifodasi.
O’qituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishga tayyorlashi kerak.
3. O’quvchilarning bilimini tekshirish:
Bu bosqichda o’qituvchi mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holda yangi pedogogik texnalogiyalar asosida o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarini quyidagi so’rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.
Yakka savollar.
-
Xadis ilmi tarixiga bir nazar to’g’risida ma’lumot bering?
-
IV asr – Xadis ilmi tarixidagi oltin asir haqida tushunchangiz.
-
Imom Buxoriy-buyuk muhaddas xaqida gapirib bering.
-
Muhaddasning boy ijodiy merosi to’g’risida so’zlab bering.
-
«Al-Jome, As-saxix»- ulug’ ma’naviy qomusi xaqida tushunchangiz.
4. Yangi mavzuni tushuntirish:
Bu bosqichda o’qituvchi o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi.
Mavzuga oid tayanch atamalar: Shayxulmashoxiy, mutasavvif, tasavuf, uchmox, obu gil, sufiy, tarki dunyo.
Tarixda shunday zotlar o’tishganki, ular o’zlarini, o’zliklarini anglab yetish uchun inson, uning asli qayerdan, dunyoga nima uchun kelgan, nima uchun yashaydi va qayerga ketadi kabi savollarga javob axtarganlar va har birlari bu haqiqatga yetishish uchun o’z yo’llarini (tariqatlarini) kashf etganlar. Shunday muborak zotlardan biri Ahmad Yassaviy edi.
Rivoyat qilinishicha, payg’ambarimiz sahobalari bilan xurmo yeb, suhbatlashib o’tirgarilarida ularga qarab: «Qay biringiz mana bu omonatimni kelgusi izdoshlarimizga yetkazgaysiz?» deb so’raydilar. Bu vazifani bajarishni Arslonbobo o’z zimmasiga olishini bildiribdi. Shunda payg’ambar alayhissalom unga bir xurmo beribdilar va: «Mendan keyin Ahmad ismli bir bola dunyoga keladi. Siz, albatta, uni izlab toping va unga bu xurmoni bering, u ummatimda islom dinini quvvatlantiruvchi eng yetuk kishi bo’ladi», degan ekanlar. Hazrati payg’ambarning duoi barokati ila Arslonbob uzoq umr ko’ribdi va omonatni topshirish uchun ko’p yurtlarni kezib chiqibdi. Ahmadning otasi vafot etgan yili Turkistonga kelib, payg’ambarimiz tavsiflagan bolani ko’ribdi va unga salom beribdi. Salomga alik olgach, bola Arslonbobga qarab: «Bobo, omonatimni bering»? deb so’rabdi. Arslonbob nogohoniy savoldan shoshib qolib, undan: «Ey valiy, sen buni qaydin bilursan», deb so’rabdi. «Olloh bildirdi», deb javob beribdi bola, Payg’ambar alayhissalom omonatlarini egasiga topshirgach, Arslonbob Olloh huzuriga rixlat qilgan ekanlar.
Har kimga ham nasib etavermaydigan bunday sharaf Olloh oshig’i bo’lmish zotlargagina karomat qilinadi.
Alimad Yassaviy hayoti va ijodiga nazar solsak, rivoyat va she’rdagi karomat ayon bo’lganday bo’ladi.
«Turkiston mulkining shayxul mashoyixi» (Navoiy, «Nasoyim ul-muhabbat») Ahmad Yassaviy Qozog’istonning Sayram viloyatida ma’rifat va javonmardlikka ixlosi baland bo’lgan eng nufuzli Ibrohim ota oilasida 1041- yilda tug’ilgan. Onasi Muso shayxning qizi Oysha xotun edi. Ahmad ota-onasidan juda erta judo bo’ladi. Yetti yoshida Yassiga borib birinchi ma’naviy ustozi Arslonbob bilan uchrashadi va ilk saboqni undan oladi. Arslonbobning da’vati bilan Buxoroga boradi. O’sha paytlar Buxoro ilm-ma’rifatning nufuzli markazlaridan bo’lib, u yerda Ahmad Yassaviy, eng avvalo, diniy va tasavvufiy ilm sirlarini o’rganishga kirishadi. Arab, fors tillarini o’rganadi Ahmad Yassaviy hayotidagi eng muhim voqea mashhur mutasavvuf olim shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashgani va unga murid tushgani bo’ldi. Yassaviy tezda shayxning e’tiborini qozonadi, undan olgan ilmlari bilan komillik martabasiga erishadi. Shundan so’ng Turkiston sari yuzlanadi va yangi bir tariqatga asos soladi. Bu tariqat turkiy xalqlar orasida «Yassaviya tariqati» nomi bilan shuhrat qozondi.
Yassaviy tariqati ilk marta turkiy tilda talqin etilganligi, islom dini va uning muqaddas kitobi Qur’onni baland rutbada tutganligi, fors tilidagi tasavvuf tajribalaridan foydalanganligi, shuningdek, turkiy axloq, e’tiqod va ishonchni aks ettirganligi bilan boshqa tariqatlardan farq qiladi. Yassaviy tariqatining keng xalq ommasi qalbi va shuuriga oson o’rnashganligi boisi ham shundadir.
Ahmad Yassaviy hikmat yozish an’anasini boshlab bergan ijodkor. U «Devoni hikmat»ida shariat (islom dini qonun-qoidalari va urf-odatlari), tariqat (tasavvuf maslagi), ma’rifat (ishqi ilohiy), haqiqat (Olloh va unga erishmoq) ni targ’ib qildi.
Ahmad Yassaviyning fikricha, haqiqat — qalbda. Qalb esa Ollohmng mulki. Butun olam bilan m’nan uyg’unlashish — oliy saodat. Saodat — ma’rifat nurlari bilan ong va ruhni tiniqlashtirishdir.
Ayo do’stlar, hech bilmadim men yo’limni,
Saodatqa bog’lamadim men belimni.
G’iybat so’zdan hech yig’madim men tilimni
Nodonligim meni rasvo qildi, do’stlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |