1. Darsni jihozlash:
a) slayd, kodoskop
b) ko’rgazmali qurollar
d) tarqatma test va savollar
e) adabiyotlar.
DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.
№
|
DARSNING XRONOLOGIK XARITASI
|
VAQTI
|
|
|
|
1
|
Tashqiliy qism
|
daqiqa
|
2
|
o’qituvchining kirish so’zi
|
daqiqa
|
3
|
o’quvchilarning bilimini tekshirish
|
_ daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuning bayoni
|
daqiqa
|
5
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
daqiqa
|
6
|
Darsning yakuni
|
daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa
|
daqiqa
|
|
Jami
|
daqiqa
|
12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.
№
|
Dars
Bosqich-lari
|
Ta’lim beruvchining
Faoliyati
|
Ta’lim oluvchining
faoliyati
|
Texnologiya
|
Metod
|
Shakl
|
Vosita
|
1
|
Tayyor-lov
__ daqiqa
|
Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish
|
O’quvchilar darsga
kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga
borib o’tiradi.
|
Noan’anaviy
|
Guruh-larni
shakl-lantirish
|
Taqsimlash
qog’ozchalari
|
2
|
Mavzuga
kirish
__ daqiqa
|
Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.
Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________” usulini qo’llash.
|
Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.
O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.
|
Mavzu
_____________________________________________________________________________
|
Guruh-lar
|
Ko’rgazma
doska,
bo’r
|
3
|
O’quvchi-larning oldingi bilimlarini
tekshirish
_____ daqiqa
|
O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi
(savollar ilova qilinadi)
|
O’quvchilar javoblarni belgilashadi.
Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.
|
An’anaviy
nazorat usuli
|
Guruh
|
Savollar
Doska va bo’r,
o’quv
daftarlari
|
4
|
Yangi mavzu-ning
bayoni
_____ daqiqa
|
Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.
___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
|
Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.
|
Ma’ruza yangi mavzu bayon
qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.
Hayotdan misollar keltiriladi.
|
Guruh-lar
|
Slayd, mavzu
bo’yicha yozilgan
materiallar
doska va
bo’r
|
5
|
Taqdimot
______ daqiqa
|
Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.
|
Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.
|
Muhokama va mustaqil ishlash
|
Guruh-chalar
|
Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.
|
6
|
Baholash
____ daqiqa
|
Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.
|
Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi
|
Munozara
|
Guruh-chalar
|
Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar
|
7
|
Umum-lashtirish
_____ daqiqa
|
Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.
|
Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.
|
Sunbat-mulohaza
|
Guruh-chalar
|
Baholash mezonlari varaqasi.
|
8
|
Darsga yakun yasash
____ daqiqa
|
Darsni yakunlaydi.
Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti
________________________________________________________________________________________
|
Tinglaydilar.
Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.
|
Ma’ruza
|
Umumiy
|
Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r
|
DARS BOSQICHLARINING MAZMUNI.
1. Tashkiliy qism:
O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, davomatini aniqlash, o’quv xonasining tozaligi va o’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish.
2. O’qituvchining kirish so’zi:
Bu bosqichda, o’qituvchi o’tiladigan yangi mavzu nomi, dars o’tish rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.
MAVZU: IMOM ISMOIL AL – BUXORIYNING HAYOTI VA IJODI.
REJA:
1.Hadislar ilmi tarihiga bir nazar.
2.IV asr-Hadis ilmi tarixidagi oltin asri.
3.Imom Buxoriy—buyuk muhaddasi.
4.Muhaddasning boy ijodiy merosi.
5. «Al-Jome, As-saxix» - ulug’ ma’naviy qomusi.
O’qituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishga tayyorlashi kerak.
3. O’quvchilarning bilimini tekshirish:
Bu bosqichda o’qituvchi mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holda yangi pedogogik texnalogiyalar asosida o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarini quyidagi so’rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.
YAKKA SAVOLLAR.
-
Yu. Hos Hojib XI asirning atoqli shoir va davlat arbobi haqida gapirib bering.
-
«Qutadg’u bilig»ning qo’l yozma nyshalarini tushuntirib bering.
-
«Qutadg’u bilig»ning tuzilishi to’g’risida ma’lumot bering.
-
Asarda ilim-ma’rifat masalalari va uning badiy qiymati haqida so’zlab bering.
4. Yangi mavzuni tushuntirish:
Bu bosqichda o’qituvchi o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi.
Rivoyat qilishlaricha, bir kuni Imom Buxoriyni boshqa shaharga ma’ruza uchun taklif qilib, o’zining qobiliyatini sinamoqchi bo’ladilar. Yuzta hadisni o’zgartirib, o’n kishiga bo’lib beradilar. Bitta-bittadan hadisini ayttirib: «To’g’rimi?» deb so’raydilar. Imom Buxoriy «bilmayman» deb javob qiladi. Shu tariqa hamma hadisni buzib aytib, Buxoriydan «bilmadim» javobini oladilar. Hamma hadis aytib bo’lingach, Imom Buxoriy so’z boshlab, har bir kishining aytgan hadisini xuddi o’ziday qilib aytib, ketidan to’g’risini aytib beradi. Shu tariqa yuzta hadisni to’g’rilab aytib berganlaridan so’ng shahar ahili u kishining zehniga, xotirasiga lol qolgan ekan.
«Hadis ilmida amir al-mo’miniyn» degan sharafli inomga sazovor bo’lgan Imom Ismoil al-Buxoriy melodiy 810-yilda Buxoro shahrida tavAbu topgan, Ismoil yoshligidayoq otasidan yetim qoladi va onasi tarbiyasida voyaga yetadi.
U tabiatan aql-idrokli, ziyrak, o’tkir zehnli bo’lgan. O’n yoshidan arab tilini va hadislarni qunt bilan o’rgangan, bilimga chanqoq, ilm-fanlarni o’rganishga havasi kuchli bo’lib, hadis ilmini alohida qunt bilan o’zlashtirgan. Manbalardan ma’lum bo’lishicha, u hadislarni hadis ilmi olimlari va rivoyatchilardan eshitgach, yodlab olavergan.
Imom al-Buxoriy o’n olti yoshida sayohatga chiqadi, Makka va Madinani ziyorat qiladi. O’z bilimini oshirish maqsadida Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag’dod kabi ilm-fan markazlaridan hisoblangan yirik shaharlarda bo’ladi. Hadis ilmi bilan birga fiqx ilmidan saboq oladi, yirik olimlar davrasida bahslarda ishtirok etadi, toliblarga dars beradi. Bunday bahs-munozaralar Buxoriy bilan at-Termiziy o’rtasida ham bo’lib, u ikki muhaddisning qizg’in ilmiy va ijodiy muloqotiga aylarigan. Termiziy Buxoriy salohiyatni o’zidan yuqori qo’ygan.
Imom al-Buxoriy tinimsiz ishlagan, to’plagan hadislarini oqqa ko’chirgan. o’zining yozishicha, ko’pincha, hatto oyninig yorug’ida ham, qorong’i kechalarda sham yorug’ida ham kitob yozar ekan.
Muhaddis ko’plab shogirdlarga va ulamolarga hadis ilmidan saboq berdi. Buxoro amiri bilan o’rtalarida ixtilof chiqadi. Amir Buxoriyga odam yuborib, saroyga kelishini, bolalariga kitob o’qib berishini buyuradi. Biroq Buxoriy ilmini xor qilib hokimlar eshigiga borishni istamaydi. «Ilm izlab bormaydi, ilmni izlab keladilar», — deydi. Bu gapdan darg’azab bo’lgan amir uni Buxorodan badarg’a qiladi. Shundan so’ng Buxoriy umrining oxirigacha Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog’ida yashaydi va og’ir dardga chalinib, 870-yili shu yerda vafot etadi.
Ma’lum bo’lishicha, livanlik Shayx Nadim al-Jisr 1956-yili sobiq Sovet Ittifoqini ziyorat qilishga taklif etiladi. Nadim al-Jisr eng avval safarni Imom al-Buxoriy maqbarasi ziyoratidan boshlamoqchi ekanini aytadi. Biroq moskvaliklar Buxoriy haqida hech narsa bilmasdilar. Mehmon bir hafta xonasidan chiqmaydi. Bu vaqt Imom al-Buxoriy shaxsi, maqbarasining qayerdaligi va ahvolini aniqlashga ketadi. Maqbara mehmon ziyorat qiladigani darajada emasligi, yonidagi masjid esa omborxonaga aylantirilgani ayon bo’ladi.
Yodgorlikni tezkor ta’mirlash va epaqaga keltirish uchun vaqtdan yutish maqsadida mehmonni Moskvadan Toshkentga poyezdda olib keladilar. Maqbaraga esa yarim tunda olib boradilar. Boisi—Xartang qishlog’i hali elektrlashtirilmagan ekan. Nadim al-Jisr unga peshvoz chiqqanlar orasidan o’tib, maqbarani tiz cho’kkancha tavof etib, shu alfozda ertasi peshingacha Qur’on tilovat etadi. Uning ko’zlaridan tinmay yosh oqar, hamma bu manzaradan hayratga tushgan ekan.
O’sha voqeaninig shohidi Z.Boboxonovning e’tirof etishicha, Shayx Nadim al-Jisr Imom al-Buxoriy qabri va uning atrofidagi tuprog’ini vazniga teng oltin barobarida sotib olish istagini o’tinib bayon qilgan ekan.
Mustaqillik sharofati bilan qadriyatlarimiz tiklandi, shular qatorida muqaddas qadamjolar ham ta’mirlandi. Hozir Imom al-Buxoriyning qabri atrofida katta me’moriy majmua barpo etilgan va u musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan.
Imom al-Buxoriydan bizga katta, boy va qimmatli me’ros—yigirmadan ziyod ilmiy asar yetib kelgan. Ular orasida «A1 jomi as-sahih» («Ishonchli to’plamlari) va «Al-adab al-mufrad» («Adab durdonalari») asarlari, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |