Adabiyot insonlarning aihiy kechinmalarini so’z orqali ifodalab kelgan san'at turidir



Download 1,65 Mb.
bet44/63
Sana21.01.2017
Hajmi1,65 Mb.
#828
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63
1

Tashqiliy qism

daqiqa

2

o’qituvchining kirish so’zi

daqiqa

3

o’quvchilarning bilimini tekshirish

_ daqiqa

4

Yangi mavzuning bayoni

daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

daqiqa

6

Darsning yakuni

daqiqa

7

Uyga vazifa

daqiqa




Jami

daqiqa

12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.



Dars

Bosqich-lari



Ta’lim beruvchining

Faoliyati



Ta’lim oluvchining

faoliyati



Texnologiya


Metod

Shakl

Vosita

1

Tayyor-lov

__ daqiqa



Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish

O’quvchilar darsga

kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga

borib o’tiradi.


Noan’anaviy

Guruh-larni

shakl-lantirish



Taqsimlash

qog’ozchalari



2

Mavzuga

kirish


__ daqiqa

Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.

Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________” usulini qo’llash.



Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.

O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.



Mavzu

_____________________________________________________________________________



Guruh-lar

Ko’rgazma

doska,


bo’r

3

O’quvchi-larning oldingi bilimlarini

tekshirish

_____ daqiqa


O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi

(savollar ilova qilinadi)



O’quvchilar javoblarni belgilashadi.

Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.



An’anaviy

nazorat usuli



Guruh

Savollar

Doska va bo’r,

o’quv

daftarlari



4

Yangi mavzu-ning

bayoni


_____ daqiqa

Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.

Ma’ruza yangi mavzu bayon

qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.

Hayotdan misollar keltiriladi.


Guruh-lar

Slayd, mavzu

bo’yicha yozilgan

materiallar

doska va


bo’r

5

Taqdimot

______ daqiqa



Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.

Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.

Muhokama va mustaqil ishlash

Guruh-chalar

Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.

6

Baholash

____ daqiqa



Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.

Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi

Munozara

Guruh-chalar

Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar

7

Umum-lashtirish

_____ daqiqa



Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.

Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.

Sunbat-mulohaza

Guruh-chalar

Baholash mezonlari varaqasi.

8

Darsga yakun yasash

____ daqiqa



Darsni yakunlaydi.

Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti

________________________________________________________________________________________


Tinglaydilar.

Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.



Ma’ruza

Umumiy

Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r

DARS BOSQICHLARINING MAZMUNI.

1. Tashkiliy qism:

O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, davomatini aniqlash, o’quv xonasining tozaligi va o’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish.

2. O’qituvchining kirish so’zi:

Bu bosqichda, o’qituvchi o’tiladigan yangi mavzu nomi, dars o’tish rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.

MAVZU: LUTFIYNING HAYOT VA IJOD YO’LI.

REJA:

1.Lutfiyning asil ismi.

2.Lutfiyning ijodi haqida tushunchalar.

3.Lutfiyning asarlari.

4.Lutfiyning g’azallari haqida ma’lumotlar.

O’qituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishga tayyorlashi kerak.

3. O’quvchilarning bilimini tekshirish:

Bu bosqichda o’qituvchi mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holda yangi pedogogik texnalogiyalar asosida o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarini quyidagi so’rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.

Yakka savollar.

1.Pahlavon Mahmudning hayoti qanday kechgan?

2.Adibning ruboiylarining tarbiyaviy ahamiyati qanday?

3.Pahlavon Mahmud ijodi haqida gapirib bering.

4.Jovonmardlik g’oyalari nima?

4. Yangi mavzuni tushuntirish:

Bu bosqichda o’qituvchi o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi.
Mavzuga oid tayanch atamalar: Malikul kalom-suz mulki shoxi, bеdod-ishofsiz, xurshidoy, zulfi anvar-kora xushbuy soch, bodamay, akil-akilsan kismi.

O’zbek mumtoz adabiyoti tarixining Alisher Navoiygacha bo’lgan davridagi eng yirik siymolaridan biri Mavlono Lutfiydir. «O’zbek tilining izohli lug’ati»da «Mavlono» so’ziga shunday izoh berilgan: «Musulmon sharqida olim va fozil kishilarni, ustozlarni ulug’lab, ularning nomlariga qo’shib ishlatiladigan so’z». Demak, Lutfly nomiga «Mavlono» so’zining qo’shilishi o’z zamondoshlarining yuksak e’tirofi va hurmati ramzi deb tushunilmog’i kerak.

Lulfiyning asl nomi Lutfulladir. U 1366- yilda dunyoga kelgan. Taroziy Lutfiyni «Shoshiy» degan. Bu ishoradan adibning Toshkentda tug’ilgani ma’lum bo’ladi. U uzoq yashagan tabarruk siymolardan biridir. Bu haqda Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» asarida shunday yozgan: To’qson to’qquz yoshida olamdin o’tdi, qabri Dehikanordadur, o’z maskani erdi». Dehikanor Hirot yaqinida bo’lgan.

Sulton Ibrohim Mirzo zamonidagi (hijriy 860) voqealarni eslab, Alisher Navoiy o’sha davrlarda ayniqsa, Lutfiy she’rlarining shuhrat topganini qayd etadi va eng mashhur g’azallarining matla’larini keltiradi. Navoiy Lutfiyning o’ziga nisbatan katta muhabbati borligini eslatadi: «Bu faqir borasig’a ko’p iltifoti bor erdi va fotihalar o’qur erdi».

Xondamir «Makorim ul-axloq» asarida Lutfiyni Navoiygacha turkiy tilda ijod qilgan eng yirik shoir sifatida ta’riflaydi. Uning hassos qalbi va o’ta kamtarinligini ta’kidlab, bir voqeani eslatadi.

Yosh Alisher Lutfiy huzurida ushbu matla’ bilan boshlanadigan g’azalni o’qiydi:

Orazin yopqach, ko’zumdin so’hilur har lahza yosh,

Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz, nihon o’lg’o’h quyosh.

«Mavlaniy janoblari, — deb yozadi Xondamir, — bu ravshan va yorqin g’azalni eshitib, hayronlik dengiziga tushdi va shunday dedi: «Qasam tangrigaki, agar mumkin bo’lsa edi, men o’zimning fors va turk tillarida aytgan o’n ikki ming baytimni shu g’azalga almashar edim. Va shunday bo’lgan taqdirda men o’zimni katta maqsadga erishgan hisoblar edim».

Bu yerda shoir ijodining hajmi 12 ming bayt, demak 24 ming misra ekanligi haqida ham eslatma mavjud. Demak, shoirning bundan ham ko’proq ijod qilganini taxrnin etish mumkin. Chunki bu voqea Navoiyning juda yosh paytiga to’g’ri keladi. Vaholanki, Lutfly olamdan o’tganida Navoiy 24 yoshda edi.

Lutfiy iste’dodli shoir va nozik didli tarjimon ham bo’lgan. U Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asari tarjimasini boshlab qo’ygan edi.

Adibning ikkita devoni bizgacha yetib kelgan. Devon muayyan tartibga, asosan, radif va qofiyalarga rioya etgan holda alifbo sirasi bilan tuzilgan to’liq she’rlar to’plamidir.

Lutfiy o’zbek adabiyotini o’z g’azal, tuyuq va qit’alari bilan boyitgan adibdir.

Lutfiy g’azaliyotidagi asosiy mavzu — ishq. Adib tasviridagi oshiq — saodat timsoli. U o’z ishqiga mahbubining ham to’la ishonishini istaydi:

Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,

Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.

Ayriliqdagi oshiq uyqu, orom nimaligini bilmaydi. U tunlarni tonglarga ulaydi:

Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh,

Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.

Bu yerda qorong’ilik (hijron kechasi), osmon (charxi falak), osmondagi oy (ey moh), sahar tushunchalarining bir-biriga yaqinligi ko’rinib turibdi. O’zaro yaqin tushunchalarni bir bayt doirasiga terish tanosib san‘ati deyiladi. Bu she’riy san’atning go’zal namunalari Lutfiy ijodida ko’plab uchraydi.

G’azaldagi oshiq ahdida sobit. Hatto yor eshigida duch keladigan har qanday dahshat-u azoblar ham unga pisand emas:

Hattoki qilich kelsa boshimg’a eshikingdin,

Yo’qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma.

Atoiy, Xorazmiy g’azallarida Yusuf, Ya’qub singari shaxs nomlarining talmeh o’rnida qo’llanganini kuzatgan edik. Lutfiyda ham shu holat mavjud. Faqat Lutfly bu qahramonlarning boshqa jihatlariga e’tibor beradi:

Ya’qub bikin ko’p yig’idin qolmadi sensiz,

Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma.

«Yusuf va Zulayho» dostonidan ma’lumki, Ya’qubning ko’r bo’lib qolishiga o’z farzandi go’zal Yusufni sog’inib, qo’msab yig’lashlari sabab bo’lgan. Adib shu voqeani eslatib turib, yor sog’inchida haddan tashqari ko’p yig’lash oqibatida «nuri basarim» — ko’zlarimning nuri qolmadi, demoqda.

Yorning oydek yuzi bor. Ammo unga faqat oshiq nazar solishi mumkin. O’zga kishining ko’z tashlashi oshiq qalbini o’rtaydi:

Oy yuzungga ko’z solg’ali o’zga kishi birla,

Yo’qtur nazarim, xoh inon, xoh inonma.

Oxirgi baytda yana tanosib san‘ati kuzatiladi. Shoir o’t, yuz, oltun, siymbar singari ranglarni anglatuvchi o’zaro yaqin hodisalarni ifodalovchi so’zlar orqali nihoyatda go’zal misralarni yaratadi:

Ishq o’tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi,

Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma.

Oshiq ko’nglidagi ishq uni yor tomon undab turadi. Ammo yorning ma’shuqani ko’rishining har doim ham imkoni yo’q. Ayriliq bu o’tni yanada avj oldiradi. «Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi» degan jumlalar hijrondagi kishi rangiga ishora. Ya’ni sariq rang oltin rangi bo’ladi. Ayni paytda yorga nisbatan, siymbar, ya’ni kumush tanli deb murojaat qilishi ham ushbu ma’noni yanada kuchaytiradi.

Tanlangan qofiya va radiflarning tabiiy, sodda va jarangdor ekanligi g’azalga o’zgacha ruh berib turibdi. Sevarim, jigarim, saharim, guzarim, xabarim, basarim, na’arim, siymbarim so’zlari ohangdorlik nuqtayi nazaridan nihoyatda jarangdor. Radif esa bu g’azalda butun boshli gapga teng bo’lib kelmoqda. Lutfiygacha hech kim radifga bunday vazifa yuklay olmagan edi.

Umuman, Lutfiy g’azaliyotida radiflarning ko’p qo’llangani kuzatiladi. «Vafo kerak bo’lsa», «Topilsa» singari g’azallari bunga dalil bo’la oladi. Bu jihatdan «Bu ko’ngul» g’azali ham e’tiborlidir:

Meni shaydo qiladurg’on bu ko’nguldur, bu ko’ngul,

Xor-u rasvo qiladurg’on bu ko’nguldur, bu ko’ngul.

Radif oddiy shaklni ko’rsatib qolmasdan, balkl u shoir g’oyaviy-badiiy niyatini ifodalashda asosiy vositalardan biridir:

Borma derlar eshiki sori damo-dam, netayin,

Ko’p taqozo qiladurg’on bu ko’nguldur, bu ko’ngul.

Qorong’u kechada jonni qiynashga majbur qiladigan kuch ham shu ko’ngul:

Tori mo’yin havasi birla qorong’u kechada

Jonni savdo qiladurg’on bu ko’nguldur, bu ko’ngul.

Qorong’i kecha bilan soch tolasi bir xil rangda. Kechasi qora narsaning, ayniqsa, soch tolasining ko’zga ko’rinishi naqadar mushkul. «Jonni savdo qilish» jumlasining tagida shu muammoga ishora ham mavjud.

Ammo oshiq ko’ngli har doim bir xil. Shunga ko’ra u dushman-u do’slt orasida g’aflatda qolishi hech gap emas:

Dushman-u do’st orasida meni g’ofilni mudom,

Besar-u po qiladurg’on bu ko’nguldur, bu ko’ngul.

Bu yerda dushman so’zi do’st bilan zid ma’noga ega. Sar (bosh) va po(y) (oyoq) so’zlari ham shunday zid ma’nolidir. «Dushman» va «do’st» so’zlari birgalikda yangi ma’no, yani hamma, barcha ma’nolarini anglatyapti. Boshoyoqsiz qilmoq jumlasi ostida esa imkoniyatlardan mahrum bo’lmoq ma’nosi bor. Bularga sabab sifatida yana ko’ngil ko’rsatilmoqda. Bugina emas, ko’z yoshiga sabab ham ko’ngil:

O’zgadin ko’rmaki koszung yoshini, ey Lutfiy,

Ayni daryo qiladurg’on bu ko’nguldur, bu ko’ngul

Demak, ko’z yoshlari daryo bolsa ham, buni o’zgadan ko’rmaslik lozim. Inson qalbidagi orzu-istaklar, havas va intilishlar cheksiz-chegarasiz. Inson ular izmida yashaydi. Shoir aytmoqchi bo’lgan aqidalar shu fikr o’zanlariga uyg’un. Muhimi, bularning barchasi yuksak badiiylik libosida taqdim etilgan.

Lutfiy inson ma’naviy olamining o’ziga xos go’zalliklari, go’zal tabiat tarovatining takrorlanmasligini ham ohorli misralarda tasvirlaydi.


Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish