V) Rivojlantiruvchi maqsad:
-
o’quvchilarni fikrlash qobilyatini o’stirish
-
mavzuni o’rganish borasida o’quvchilarni ijodiy yondoshishga yo’ llash.
-
o’quvchilarda mustaqil fikrlashni, mustaqil mulohaza yuritishni shakillantirish.
VIII. Darsni o’tkazish joyi: №-----------
9. Mavzuni boshqa fanlar bilan va shu fandagi boshqa mavzular bilan bog’lash, hayot bilan bog’lash.
10. Kerakli bilimlar doirasi:
1.Shoirning hayoti va ijodini.
2.Uning g’azallarini.
3.Adibning Ollohga bo’lgan muhabbatini.
1. Darsni jihozlash:
a) slayd, kodoskop
b) ko’rgazmali qurollar
d) tarqatma test va savollar
e) adabiyotlar.
|
DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.
№
|
DARSNING XRONOLOGIK XARITASI
|
VAQTI
|
|
|
|
1
|
Tashqiliy qism
|
daqiqa
|
2
|
o’qituvchining kirish so’zi
|
daqiqa
|
3
|
o’quvchilarning bilimini tekshirish
|
_ daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuning bayoni
|
daqiqa
|
5
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
daqiqa
|
6
|
Darsning yakuni
|
daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa
|
daqiqa
|
|
Jami
|
daqiqa
|
12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.
№
|
Dars
Bosqich-lari
|
Ta’lim beruvchining
Faoliyati
|
Ta’lim oluvchining
faoliyati
|
Texnologiya
|
Metod
|
Shakl
|
Vosita
|
1
|
Tayyor-lov
__ daqiqa
|
Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish
|
O’quvchilar darsga
kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga
borib o’tiradi.
|
Noan’anaviy
|
Guruh-larni
shakl-lantirish
|
Taqsimlash
qog’ozchalari
|
2
|
Mavzuga
kirish
__ daqiqa
|
Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.
Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________” usulini qo’llash.
|
Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.
O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.
|
Mavzu
_____________________________________________________________________________
|
Guruh-lar
|
Ko’rgazma
doska,
bo’r
|
3
|
O’quvchi-larning oldingi bilimlarini
tekshirish
_____ daqiqa
|
O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi
(savollar ilova qilinadi)
|
O’quvchilar javoblarni belgilashadi.
Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.
|
An’anaviy
nazorat usuli
|
Guruh
|
Savollar
Doska va bo’r,
o’quv
daftarlari
|
4
|
Yangi mavzu-ning
bayoni
_____ daqiqa
|
Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.
___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
|
Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.
|
Ma’ruza yangi mavzu bayon
qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.
Hayotdan misollar keltiriladi.
|
Guruh-lar
|
Slayd, mavzu
bo’yicha yozilgan
materiallar
doska va
bo’r
|
5
|
Taqdimot
______ daqiqa
|
Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.
|
Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.
|
Muhokama va mustaqil ishlash
|
Guruh-chalar
|
Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.
|
6
|
Baholash
____ daqiqa
|
Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.
|
Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi
|
Munozara
|
Guruh-chalar
|
Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar
|
7
|
Umum-lashtirish
_____ daqiqa
|
Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.
|
Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.
|
Sunbat-mulohaza
|
Guruh-chalar
|
Baholash mezonlari varaqasi.
|
8
|
Darsga yakun yasash
____ daqiqa
|
Darsni yakunlaydi.
Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti
________________________________________________________________________________________
|
Tinglaydilar.
Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.
|
Ma’ruza
|
Umumiy
|
Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r
|
DARS BOSQICHLARINING MAZMUNI.
1. Tashkiliy qism:
O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, davomatini aniqlash, o’quv xonasining tozaligi va o’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish.
2. O’qituvchining kirish so’zi:
Bu bosqichda, o’qituvchi o’tiladigan yangi mavzu nomi, dars o’tish rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.
MAVZU: BOBORAHIM MASHRABNING HAYOTI VA IJODI.
REJA:
1.Shoirning hayoti va ijodi.
2.Uning g’azallari.
3.Adibning Ollohga bo’lgan muhabbati.
O’qituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishga tayyorlashi kerak.
3. O’quvchilarning bilimini tekshirish:
Bu bosqichda o’qituvchi mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holda yangi pedogogik texnalogiyalar asosida o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarini quyidagi so’rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.
Yakka savollar.
1.Z. M. Boburning hayoti va faoliyati haqida gapirib bering.
2.Z. M. Boburning g’azal va ruboiylariga ta’rif bering.
3.Z. M. Boburning boy adabiy merosi qanday ahamiyatga ega?
4. Yangi mavzuni tushuntirish:
Bu bosqichda o’qituvchi o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi.
Mavzuga oid gayanch atamalar: Valiyullox. sufisurat, kalandarvash, javonmardlik, sufizm, tasavvuf.
Boborahim Mashrab 1640- yili Namanganda tug’ulgan. U otasidan erta yetim qoldi. Boborahim mahalla maktabida savod chiqardi, madrasada o’qidi, mulla Bozor Oxundga murid bo’ldi. Mashrab yosliligidanoq majnuntabiat, so’fiysifat qiyofa kasb etib boradi. 23 yoshlarida Qashqarga mashhur Ofoqxo’ja eshon huzuriga boradi. She’rlarining guvohlik berishicha, u 7 yil Ofoqxo’ja huzurida bo’lgan. ,,Mashrab» taxallusini ham unga Ofoqxo’ja bergan. Mashrab pirining bir kanizagini sevib qoladi va buni sezgan Ofoqxo’ja Mashrabni majruh qilib, dargohidan quvib yuboradi. Shundan so’ng shoirning qalandarona hayoti boshlanadi. U Namangan, Xo’jand, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Makka, Madina, Istanbul kabi shaharlarni kezadi. Alloh oshig’i bo’lgan Mashrab tasavvufining naqshbandiya tariqatiga kirib, qalandarlik yo’lini tutdi. Mansur Halloj izidan bordi va u kabi o’lishni orzu qildi. G’azallarida tariqat odobi, maqsadi va mazmunini bayon qildi.
,,Devonayi Mashrab’’ qissasida Mashrab haqida ma’lumotlar keltirilgan. Mashrab Sofi Olloyor bilan uchrashadi, 18 yilgi ayriliqdan so’ng onasi va singlisi bilan diydor ko’rishadi.
Mashrab hayotining bu davri uning dunyo qarashi ijodiy yo’nalishi taqdiriga tasir ko’rsatdi. B. Mashrab islom dunyosining Ibrohim Ahmad Mansur Xolloj Nasimiy singari har ikki dunyo asarlarining anglash yo’lida inson va uning ongi yetmoqqa pojiz bo’lgan darajalarga yetishdim. Siru-sinoatlarini angladim. Degan qarashlari hamda bandasiga bo’ysunmas tabiati sabab 1711-yilda Balx viljoyali hokimi Mahmud Qatag’on amri bilan Qunduz shaxrida qatil etildi. Shoir o’z asarlarida ko’plab devon tuzgan emas uning sherlari bizgacha asosan turli kitob, shoir va ma’rifat parvarlar tomonidan tuzilgan devon majmua taskiralar orqali yetib kelgan. Mashrabning yuzlab dilbar g’azallari o’zbek mumtoz she’riyatining nodir na’munalari qatorida turadi. Ko’pdan ko’p mustazot, murabba, muhammas va musaddaslari uning mumtoz she’riyatimizda keng yoyilgan janirlarda barakali ijod etganini ko’rsatadi. Mashrab ahloqiy tarbiyaviy va diniy falasafiy yo’nalishdagi «Mabdaiy Nur» va «Kimyo» asarlarining ham muallifidir. Mashrab sheriyatining o’ziga naslligi idrok etish ma’no va g’oyalarning to’g’ri anglash uchun tasavvufning vahdat ul vujud talimotini bilish zarur. Bu ta’limotga ko’ra olloh va butkul olam yagona bir-birini yaxlitligini va uzviyligini tashkil etadi. yani borliq tabiat jamikiy moddiy va nomoddiy bo’lmagan ko’zga ko’rinuvchi va ko’rinmovchi mavjud dunyo undagi unsurlar jonliligi jonsiz shu jumladan, insonnning o’zi unga dahildor bo’lgan va bo’lmagan ruhoniyat gallaktikadan tortib quyosh yulduzlaru zarrachalargacha barcha olloh nurining turli shakil, ruh jisiom ranglarda zohir bo’lishdir. Demak bu ta’limotga ko’ra butun borliq yahlit yagona va bir butun bo’lib barcha narsalar bir-biri bilan aloqador. Olloh va olamning bir butunligi ajralmasligi yaxlitligini etirof etuvchi va shu bois asil komillik insoniy burch ollohga intilish uning ishqiga yetishish va provardiga unga biru boriga singishi ketib adabiyotga erishishni ifoda etuvchi bu ta’limot tasavufiy sheriyatining asosini tashkil etadi. Binobarin tasavufiy islohatlar, poetik sanatlar, obrazlar, tasviriy vositalar chambarchast ravishda shu ta’limot bilan aloqadorlikka imkon topadi. Ulug’ shoir Boborahim mashrab dunyo qarashi asosan mana shu ta’limot buloqlaridan suv ichadi. Demak bu she’riyatdagi badiiy obrazlar san’atlar dunyosining paydo bo’lish takomillashish jarayonlaridagi sir-sinoatlarni shu badiiy olam an’analari tajribalari va ular asosidagi Mashrabona kayfiyatlarda izlamoq holis natijalarga kelish imkonini beradi. Bu siz u haqiqiy oshiq bo’lolmaydi. Nihoyasiga ham yetolmaydi. Kamolotga ham erisholmaydi. Bu o’rinda ishq ilohiylik suvning ramzi hamdir shu bois nainki uning butun bori balki hatto zarrasi inson qalbiga oshifta bo’lar ekan bu qalb giryon bo’lolmasligi, yurak bag’irlar o’rtanmasligi mumkin emas.
Qayu til birla ey jono, sening vasfmg bayon ayla
Tilim lolu ko’zim giryon, so’ngaklarni chunon o’rtar
Der ekan shoir «jono» deganda ollohni «rasfdor» uning ulug’ligini nazarda tutadi. Ollohni vasf qilmoq uchun esa bunda tilning imkoniyatlari ozlik qiladi. Shoirning tili lol ekani shundan. Bu satirlarda mashrab tasavuf ta’limotiga binoan ollohga so’z bilan emas, iymon bilan vijdon bilan, ichki bir ruhoniyga yetishmoqlikni ifodalaydi. Mashrab asrlarida to’g’ri tushunish uchun albatta tasavur ta’limotiga muayyan darajada habardor bo’lish talab etiladi. Aks holda «Ajab majnun erurman» singari she’rdagi lirik qahramoning yanada aniqrog’i shoirning na arshi alog’a-yu na Botullohga va hatto na ikki dunyog’a sig’masligining sababini anglay olmaymiz Bu talqinda Mashrab tasavuf ta’limotiga ko’ra inson ollohning tajalisi uning zarrasi muayyan shakil va ma’noda ko’rinishi ekani tarannum etmoqda. Mashrab juda katta etiqod. Qo’ygan va ergashgan Movlono Jaloliddin Rumiy Islomidagi 73 mashab bilan birgaman deyishining boyisi ana shu tasavuf ta’limotiga sadoqtligi natijasidir. Shuni ham takidlash joyiskim, mashrab sherityatidagi:
Ruhi jonim arshg’a yetti, men o’zim osminiman
Tuti olamni sharorim, otashi s’ozoniman,-
Xulosa qiladigan bo’lsak Mashrab o’z hayoti davomida o’zidan iz qoldirgan. Shuningdek Mashrab ollohni sevuvchi inson bo’lgan. Uning sherlarida ollohga muhabbat va hokazolar keltirgan.
Mashrab g’asarlaridan namunalar.
Ga’zallar.
-
Qildi menga bir jilvaye nogoh boqa qoldim,
-
Ul jilvasiga din ila dunyo sota qoldim.
-
Ma’shuq dediki: Bovar emas menga bu ishqing,
-
G’ayrat tig’i birla yuragimni o’ha qoldim.
-
Arz ustida ul arshgacha shahbozini ko’rgach,
-
Tan shaharida ul jon qushdek topina qoldim.
-
G’am tog’ida farhod sifat emganur erdim
-
Ul moh chiqibon parda ko’tardi, boqa qoldim
-
Agar oshqligim aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar,
-
Bu ish sirtin bayon etsam, taqi ul honumoni o’rtar,
-
Kishiga isbq o’tidin zarri tushsa bolur gryon
-
Bo’lur besabru betoqat, yurak-bag’ri hamon o’rtar.
-
Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lib hayron
-
G’ami boshqa, alam boshqa yuragimni nihon o’rtar.
-
Meni behonimonim tinmay kuyib hardam firoqinga
-
«Nigoro»! Deb oting aytsamki shavqing din zabon o’rtar.
Do'stlaringiz bilan baham: |