Tayanch so'z va iboralar: qisqattma so'z, bosh harf, qisqartma otlar, satr, xatboshi, tovush birikmalari, bog'in, undosh, bir harfni ifodalovchi birikmalar, kichik hatf, gap.
Qisqartma so'zlar lug'atni boyituvchi manvalardan biridir. Fan, texnika, sanoat va qishloq xo'jaligi tarmoqlarining taraqqiyoti bilan minglab yangi yuzaga keldi.
Qisqartma otlarning yuzaga kelishi turli yo'llar bilan amalga oshiriladi.
1. Tegishli so’zlarning bosh harflaridan iborat bo'ladi: Mustaqil davlatlar hamdo'stligi—MDH; gidrostansiya—GS kabi.
2. So'zlarning faqat va'zi bo'g'inlaridan hosil qilinadi. Toshkent universal magazini — Toshunvivermag, Toshkent qishloq xo'jaligi mashina - Toshqismash kabi. O 'zbekiston Fanlar akademiyasi - O 'zFA.
3. Bosh harflardangiha iborat bo'lgan qisqartma otlar: SMT, MDH kabilar.
Ism-familyalar qisqartirib olinsa, harflar orasiga ikki nuqta qo'yib yoziladi. Lekin o'qishda toliq o'qiladi: A.Navoiy—Alisher Navoiy, Z.M.Bobur—Zahriddin Muhammad Bobur.
Qisqartma so'zlar bo'gin yoki qismlardan tuzilgan bo'lsa, qolganlari o’sha so'zga qo'shilaveradi: o'zsanoatqurilishvank, transvank, o'zteleradiokompaniya kabi.
Qadimda ikki so'z bo'lib, bugun bitta negizga aylangan so'zlar ham tilimizda ko'p: bu kun< bugun; namak kon
Bosh harflarning imlosi haqidagi qoida o'zbek imlosida 1929 yilda paydo bo'lgan. O’sha paytlarda bosh harflar ajratib ko'rsatish, mantiq talabi, chegaralash, hissiy ejtiyoj kabi talablarni vajarishga ishlatilgan. Faqat 1940 yilda qabul qilingan krill yozuvidagi o'zbek alifbosidagi uning qattiy qoidalari belgilandi. Shundan keyin 1956 va 1995 yilda tasdiqlangan imlo qoidalarida takomillashtirildi. Bosh harflar imlosi bugungu kunda quyidagi ko'rinishga ega:
1. Kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Alisher G’iyosiddin o'g'li Navoiy, Abdulla Uvaydullayevich Oripov, Abdulhamid Sulaymon o'g li Cho'Ipon.
2. Qishloq, shahar, tog', dara, dala, yaylov kabi joy nomlari bosh harf bilan boshlanadi: Andijon, Farg'ona, Qo'qon, Marg'ilon, Bodomzor, O’rikzor, Sebzor, Oqtepa, Yorqoq, Pomir, Oloy. Bunday atoqli otlar tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: o'rta Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Markaziy Qizilqum.
3. Yilduz va sayyoralar, boshqa xil osmon jismlarining oti bosh harf bilan boshlanadi: Hulkar, Qavs, Yupiter, Mirrix, Yer, Oy, Merkuriy, Somonyo'1 kabi.
4.Madaniy-maishiy va savdo korxonalariga, adabiyot va sanat asarlariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlariga, shiningdek transport vositalariga, sport inshootlariga qo'yilgan nomlar bosh harflar bilan yoziladi: ‘Miraj’(korxona), ‘Mashhura’(firma), ‘G’uncha’(bog'cha), ‘Botanika’(sanatony), ‘Paxtakor’(jamoa), ‘Tanovar’ (kuy), ‘Ozodlik’ (haykal), ‘Sino’ (sovutgich) kabi.
5. Muhim tarixiy sana va vayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so'z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Ustoz va murubbiylar kuni, Ramazon hayiti, Navroz vayrami, Yangi yil vayrami kabi.
6. Davlatlarning, davlat oily tashkilotlari va mansablarining, xalqaro tashkilotlarning nomidagi har bir so'z bosh harf bilan boshlanadi: O'zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyas, Misr Arab Respublikasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Raisi, Oliy Sudining Raisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Tinchlik Kengashi kabi.
Boshqa tartibli holatlarda oliy mansabni bildiruvchi, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi birinchi so'zgina bosh harf bilan yoziladi: Bosh vazir o'rinbosari, Mudofaa vaziri, Sog'liqni saqlash vaziri, O 'zbekislon Xalq demokratik partiyasi kabi.
7. Davlatning oily darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir so'z bosh harf bilan yoziladi: ‘O'zbeklston Qahramoni’,’Oltin Yulduz’. Boshqa mukofatlar, faxriy unvonlar, ko'krak nishonlar orasidagi birinchi so'zgina bosh harf bilan boshlanadi: “Ozbekistonda xizmat ko'rsatgan artist” , “O 'zbekiston xalq artisti’, ‘Xalq ta'limi a'lochisi’ kabi.
8. Gapning birinchi so'zi bosh harf bilan yoziladi:Yer tagidan Muqaddasga bir qarab qo'y.(Odil Yoqubov.)
Ammo ko'chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi so'zi, agar u atoqli ot bo'lmasa kichik harf bilan yoziladi: ‘Bu men’, - qo'rqibgina javob berdi ko’laga.
Xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda bunday qismlar oldidan chiziq qo'yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi: Kafedra zimmasiga quyidagi vazifalar yukiatiladi: - kadrlar tayyorlash milliy dasturirting o'rta maxsus, kasb - hunar ta'limiga oid qismining amalda vajarishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish; o'rta maxsus, kasb-hunar talimi bo’yicha davlat tarmoq standartlariga muvofiq tuzilgan o'quv rejalarida berilgan nazariya, amaliy, seminar va boshqa turdagi mashg'ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy- uslubiy va kasbiy darajada o'tkazish; - o'quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo'ttash; o’quvchilarning bilim saviyasini, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimini joriy etish; o’quvchilarning darsdan bosh vaqtlarini to g 'ri tashkil etish bo 'yicha tadbirlar o 'tkazish;
9. Gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qoyib sanalsa, bunday qismlar ham kichik harflar bilan boshlanadi:
A) jamoat tashkiliy ishlarida faoliyat ko'rsatib, rahvarlik lavozimlarida ish olib borsa va varcha tadbirlarda faol qatnashsa — 5 vall
B) rejadan tashqari fan bo’yicha ‘Redagogik o'qishlarda’. ‘Yil o’qituvchisi’ ko’rik-tanlovida, olimpiadalar, seminarlar, konferensiyalar o'tkazsa - 5 vall.
V) reja asosida fan bo’yicha ‘Pedagogik o'qishlarda’, ‘Yil o'qititvchisi’ ko'rik-tanlovida, olimpiadalar, seminarlar, konferensiyalar o'tkazsa – 4 vall.
D) fan bo’yicha ko'rik-tanlovlar, olimpiadalar, seminarlar, konferensiyalarda faol ishtirok o’sa - 3 vall.
Kochirish qoydalari
1. Ko'p bo'g'inli so'zning oldingi satriga sig'may qolgan qismi keyingi satrga bo'g'inlab ko'chiriladi: to'q-son, si-fatli, paxta-kor, sifat-li, pax-takor.
2. Tutuq belgisi oldingi bo'g'inda qoldiriladi: va'-da, ma'-rifat, mash'-al, in'-om kabi.
3. So'zning bosh yoki oxirgi bo'g'ini bir harfdan iborat bo'lsa, ular quyidagicha kochiriladi: a) so'z boshidagi bir harfdan iborat bog'in yolg'iz o'zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-vadiy emas, ava-diy; e-shikdan emas, eshik-dan kabi.
b) so'z oxiridagi bir harfdan iborat bo'g'in yolg'iz o'zi keyingi qatorga ko'chirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matva-a emas, mat-vaa kabi.
4. O'zlashgan so'zlarning bo'g'inlar chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha kochiriladi:
A) Ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko'chiriladi: Dia-gramma, mono-grafiya kabi.
B. Uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko'chiriladi: Silin-drik shakl, kon-gress kabi.
5. Bir tovushni ko'rsatuvchi harflar birikmasi(sh, ch, hg) birgalikda ko'chiriladi: mai-shat,pe-sho-na, pe-shay-von, pi-choq, birin-chi, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz, ko'-ngil kabi.
6. Bosh harflardan yoki bo'g'inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar, shuningdek, ko'p xonali raqamlar satrdan satrga bo'lib ko'chirilmaydi: AQSH, BMT, ToshDU, 16, 245, 1998, 2006, 199234610 kabi.
7. Harflardan iborat shartli belgi o'zi tegishli raqamdan ajratib ko'chirilmaydi: 5 -’*’ sinf. 14330 ‘*’ guruh, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 80 mm kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |