Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______ Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad – o’quvchilarga Uyg’onish davri, unga O’rta Osiyo Uyg’onish davrining ta’sirida yuz berganligi, bu davrning o’ziga xos xususiyatlari, XIV– XVII asrlarda Yevropa xalqlarining madaniyati: ta’lim, adabiyot, me’morchilk, tasviriy san’ati haqida, Yevropa xalqlarining ijtimoiy tuzumi haqida umumiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad – har bir tarixiy voqea va jarayonlarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash; Rivojlantiruvchi maqsad – tarixiy savolloarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Dars turi: yangi tushuncha, bilim va ko’nikmalarni shakllantiruvchi; Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar Darsning jihozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu: Uyg’onish davri madaniyati
Uyg’onish davri deyilganda ilm–fan, madaniyat, ma’naviyat va tafakkur yuksalgan davr tushuniladi. Bunday davr dastlab Markaziy Osiyoda IX–XII va XIV–XV asrlarda yuz bergan. Bu haqda Siz VII sinf «O’zbekiston tarixi» darsligi kitobidan ma’lumot olgansiz. XIV–XVII asrlarda G’arbiy Yevropada ham bu hodisa yuz bergan va u Renessans deb atalgan. Bu masala bilan shug’ullanuvchi olimlar Uyg’onish davrini О’rta asrlar turg’unligidan yangi davrga o’tish bosqichi deb baholaganlar. G’arbiy Yevropada Uyg’onish davri o’z–o’zidan yuz berib qolmagan. U O’rta Osiyo Uyg’onish davrining bevosita ta’sirida yuz bergan.
Adabiyot. Uyg’onish davri adabiyoti va san’atida о’z davrining buyuk kishilari ijod qildilar. Saxiy tabiat ularning har biriga kо’p qirrali noyob qobiliyat in’оm etgan edi.
Bunday noyob qobiliyat egalaridan biri Uilyam Shekspir (1564–1616) o’lgan. U: «Inson–tabiatning ajoyib o’jizasi», deb hisoblardi. U. Shekspir eatrga muhabbat qo’ydi. Ham aktyor, ham dramaturg sifatida ijod qildi. U. Shekspir insonlarni o’rab turgan olamni sahna, odamlarni esa aktyorlar deb tasavvur qilardi.
«Otello» tragediyasida tuhmatga ishongan Otello o’z sevgilisi Dezdemonani bo’g’ib o’ldiradi. «Gamlet» tragediyasida esa zaharlangan xanjar Gamletni halok qiladi.
«Qirol Lir» asari qahramoni qirol Lir esa о’z qizlari tomonidan daydib yurishga va gadolikka mahkum etiladi. «Romeo va Julyetta» asarida esa о’rta asr jaholati oqibatida Romeo va Julyettalar halok bo’ladilar. Lekin hech narsa U. Shekspir qahramonlarini erkinlikdek yuksak va yorug’tuyg’ulardan voz kechishga majbur eta olmaydi. Shu tariqa mag’lubiyat va о’limga qaramasdan, Shekspirning: «Inson–tabiatning ajoyib mo’jizasi!» degan fikri uning asarlarida о’z tasdig’ini topadi.
Bu davr madaniyatining yana bir yirik arbobi, ispan yozuvchisi Migel de Servantesdir (1547–1616). Uning mashhur «Don Kixot» asari qahramoni, jahongashta Don Kixot adolatsizlik olamidagi so’nggi olijanob ritsar. U odamlar hayoti biroz bo’lsa–da, yaxshi bo’lishiga yordamlashish yo’lida qo’Man kelganicha harakat qiladi. Bu ish uning hayotdagi: «Erkinlik uchun xuddi shon–sharaf uchun qilinganidek, jonni xavfga qo’yish kerak» shiorining amaldagi ifodasi edi.
Tasviriy san’at. Uyg’onish davri madaniyatining yana bir buyuk namoyandasi Italiyalik Leonardo da Vinchidir (1452–1519). U bir vaqtning о’zida ham rassom, ham shoir, ham me’mor, ham haykaltarosh, ham musiqachi, ham ixtirochi edi. Leonardo rasm chizish san’atini «san’atlarmalikasi» deb atagan. Buyuk rassom bir paytning o’zidazehnli izlanuvchan olim ham edi. Uning asarlari qahramonlari xudolar va avliyolar emas, balki oddiy odamlar edi. «Chaqaloq tutgan Madonna» rasmi buning yorqin dalilidir. Ona go’dagini kо’kragiga bosib, avaylab quchoqlab turibdi va unga yengil yarim tabassum qilmoqda, yer esa onaning o’z go’dagiga cheksiz muhabbatini anglatib turibdi. Leonardoning «Maxfiy kecha» deb nomlangan devoriy rasmi ham mashhurdir. Injildagi rivoyatga kо’га, Iso payg’ambar о’limidan oldin shogirdlarini oxirgi marta to’plagan. Isoning shogirdlariga hozirgina aytgan «Sizlardan biringiz meni sotasiz», degan bashorati tasviri. Shogirdlar uning bu so’zidan qotib qolishgan. Ularning yuzida hayrat, qo’rquv, g’azab va ishonchsizlik. Iso esa xotirjam, ayni paytda qayg’uli. Faqat uning holsiz qo’llari taqdirga bo’ysunganligini, so’zsiz halokat muqarrariigini ifodalab turibdi.
Bu davrning buyuk Italiyalik rassomlaridan yana biri Rafael Santi (1483–1520) edi. U atigi 37 yil umr ko’rdi, xolos. Lekin shu qisqa davr ichida o’z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yarata oldi. U yaratgan asarlar ichida «Sikstin madonnasi» mashhurdir.
Zamondoshlari «Sikstin madonnasi» asariga «shu xildagilarning yagonasi» deb baho berishgan edi. Unda oyoqyalang Bibi Maryam go’yo bulutlarni bosmaganday, ohista ularning ustida uchib yurganday. U o’z qismatiga peshvoz chiqmoqda. Hali go’dak Isoning nigohlari kattalamikidekjiddiy. U go’yo kelajakdagi azoblar va о’limni oldindan sezayotganday. Onaning qarashlarida ham qayg’u va xavotir bor. U oldindan nima bo’lishini biladi. Shunga qaramasdan о’g’lining hayoti evaziga haq yo’llari ochiladigan odamlar tomon oldinga yuradi.
Gollandiyalik mashhur rassom Rembrandt (1606–1669) yaratgan asarlar ichida eng mashhuri «Adashgan o’g’ilning qaytishi» rasmi edi.
Bu asarni muallif hayotining eng og’ir damlarida–о’g’lining о’limidan so’ng yaratgan. Injilda oilasini tashlab ketib, uzoq vaqt sang’ib yurgan, barcha boyliklari tugagach, ortga qaytgan о’g’lini ota kechiradi va uyiga qabul qiladi. Rembrandt o’z asarida ota va o’g’ilning uchrashuv paytini aks ettirgan. Adashgan o’g’il uy ostonasi oldiga tiz cho’kib turibdi. Yirtiq kiyim va sochsiz bosh o’tgan umr kulfatlarining guvohi. Ko’r, keksa otaning barmoqlari о’g’lining yelkasiga tegayapti. Qo’l harakati bu dunyodan qariyb umidini uzgan odamning yorqin quvonchini va cheksiz muhabbatini anglatadi.
Haykaltaroshlik. Bu davr haykaltaroshlari haykaltaroshlik san’atini san’atlarning birinchisi, u insonni, uning go’zaliigini hamma boshqa san’at turlaridan yaxshiroq sharaflaydi, deb hisoblaganlar. Ularning eng mashhuri Italiyalik Mikelanjelo (1475–1564) edi. U o’zining o’lmas asarlari bilan tarixda abadiy iz qoldirdi. U san’at haqida bir she’rida, jumladan, quyidagilarni bitgan: «Tiriklikdan, borliqdanko’ra, san’atning qismati buyukdir har dam, uni yenga olmas vaqt ham, o’lim ham». San’atkor yaratgan «David» haykali asari uning nomini abadiylikka «mahkum» etdi. Injil rivoyatlariga ko’ra, yosh cho’pon yigit David dahshatli devsifat Goliaf bilan jangga tushishga jur’at qiladi va uni tosh bilan urib o’ldiradi. Haykaltarosh Mikelanjelo esa jang oldida turgan Davidni tasvirlagan. Uning yuzi g’azabga to’la. Bu haykal o’zining balandligi va go’zalligi bilan о’zigacha yaratilgan barcha asarlami ortda qoldirdi.
Pyotr sobori Rimning va Yevropaning bosh katolik ibodatxonasidir. Yuz yildan ortiq davr mobaynida bunyod etilgan bu sobor qurilishini Mikelanjelo nihoyasiga yetkazdi.
ATAMALAR:
Uyg’onish davri deyilganda ilm–fan, madaniyat, ma’naviyat va tafakkur yuksalgan davr tushuniladi.
Asketizm (yunoncha) — tuyg’u va istaklarni cheklash yoki bostirish, azob tortish, hayot ne’matlaridan voz kechish.
Renessans (fransuzcha–qayta yuzaga kelmoq, yangidan tug’ilmoq)–G’arbiy Yevropada Uyg’onish davrini anglatuvchi atama.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |