Mavzu yuzasidan topshiriqlar:
1-topshiriq: Sohaga oid umumiy atamalarni tahlil qiling.
2-topshiriq: Sohaga oid xususiy atamalarni tahlil qiling.
2-AMALIY MASHG‘ULOT
SOHAVIY ATAMALARNING VA SO‘ZLARNING BOYIB BORISH USULLARI: KASBIY SOHAGA OID MATNLAR VA MISOLLAR ORQALI BAYON QILISH
O’zbek tili so’z boyligi hayot, fan, texnika, san’atning taraqqiyoti bilan bog’liq
holda yildan-yilga boyib bormoqda. Boyish, asosan, ikki manbaga asoslanadi:
1. O’zbek tilining ichki imkoniyatlari (ichki manba).
Bunda ko’pincha so’z yasash orqali yangi so’zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor,
namunali, ijarachi, vazirlik, tinchliksevar, guldasta, MDH, O’zMU va b.
2. Shevalardan so’z olish ham ichki manba hisoblanadi: oyi, bolish,
dugona, et(go’sht).
Boshqa tillardan so’z olish (tashqi manba). O’zbek halqi qadim zamonlardan
buyon boshqa halqlar bilan aloqada bo’lib kelgan. Bu tilimizda ham aks etgan.
O’zbek tiliga boshqa tillardan kirgan quyidagi so’zlarni misol qilib keltirish mumkin:
1) arabcha: kitob, maktab, ma’no, harakat, sanoat muomala, doim, me’da, a’lo,
san’at, asosiy,ommaviy, oddiy, milliy, abadiy, ammo, biroq, balki, va, lekin,
vaholanki (o’zbek tilidagi arabcha so’zlar ko’proq ot va sifat turkumiga tegishli
bo’lib, ularning belgilari quyidagilardir: ikkita unli yonma-yon keladi: doim, shoir,
muomala, shijoat, shuur, inshoot, murojaat, tabiiy; ayirish belgisi (‘) ishtirok etadi:
ma’no, qal’a; ko’pincha yumshoq h tovushi qatnashadi; -iy, viy qo’shimchalarini olib
yasalgan bo’ladi).
2) fors-tojikcha: barg, anor, korxona, nodon, dono, kamtar, tilla, kaptar,
dasturxon, dastro’mol, poydevor, poyafzal, darhol, darvoza, xursand, farzand, do’st,
go’sht, sust, past, g’isht (Ko’rinyaptiki, fors-tojikcha so’zlarda poy, dast, dar kabi
qismlar qatnashyapti, so’zlar oxirida jarangsiz undoshlardan keyin t, jaranglidan
keyin d tovushlari ishtirok etayapti).
3) mo’g’ulcha: tuman, navkar, yasoq..
4) uyg’urcha: manti, lag’mon, manpar.
5) xitoycha: choy (xitoy tilida tsay deyilar ekan).
6) ruscha: stol, stul, ruchka, samolyot, parovoz, paroxod, pulemyot, pero, cho’t
(schyot).
Rus tilidan olingan so’zlar orasida asli kelib chiqishi boshqa tillarga xos so’zlar
ham bor: buxgalter, soldat, tank, shtab (nemischa), palto, triko (fransuzcha), klub,
futbol (inglizcha), tomat, limon (ispancha).
Boshqa tillardan o’tgan so’zlar olinma (o’zlashma) so’zlar deyiladi. O’zbek
tilidan ham boshqa tillarga so’zlar o’tgan: o’rik, anjir, somsa, (ruscha: uryuk, injir,
samsa). Karandash (qora tosh), kavardak (qovurdoq), yeralash (aralash), utyug (o’ti
yo’q) kabi so’zlarning ham rus tiliga o’zbek tilidan o’tganligi isbotlangan. Hozirgi
paytda o’zbek tilida ishlatilayotgan bekat so’zi ham yevropa tillarida piket tarzida
qo’llanayotganligi fanga ma’lum.
O’zbek tili lug’atining boyish manbalari
O’zbek tili so’z boyligi hayot, fan, texnika, san’atning taraqqiyoti bilan bog’liq
holda yildan-yilga boyib bormoqda. Boyish, asosan, ikki manbaga asoslanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |