Gazlama, igna, qaychi, ip |
|
2. Qaytma chok.
|
Ignani o’ngdan chapga yuritib, birinchi qaviq bilan shu qaviq yirikligidagi, masalan gazlamaning 4 ta ipi kengligidagi oraliq hosil bo’ladi. Ikkinchi qaviqni tushirish uchun ip chapdan o’ngga yotqizib birinchi qaviq tugagan joyidagi nuqtaga igna sanchiladida, uni 2 chi qaviqdan gazlamaning 4 ipi kenglikda chaproqda gazlama o’ngga chiqariladi. Shunday qilib, teskari tomondagi qaviq, o’ng tomondagi qaviqqa qaraganda 2 barobar yirik bo’ladi. 3 chi va undan keyingi qaviqlarni tushirishda ularning o’zidan oldingi qaviq tugagan joyga igna sanchiladi.
|
| Gazlama, igna, qaychi, ip |
|
3. Suv chok.
| Bir-biriga zich joylashgan qator qiya qaviqlardan iborat bo’ladi Bu chokni o’ngga tomon yoki o’zidan oldinga qaratib yo’naltirib tikish mumkin. Gazlamaga o’zidan oldinga qaratib birinchi qaviq tushirgandan keyin gazlama teskarisidan ipli ignani o’ziga qaratib o’tkaziladida, dastlabki qaviq o’rtasining chap tomonidan chiqarib olinadi. Qaviq ipni tortib, o’zi tomon yotqiziladi, chap qo’lning bosh barmog’i bilan gazlamaga bosib turiladi. Ikkinchi qaviqni tushirishda, ignani birinchi qaviqdan yuqoriga sanchib, ikkinchi qaviq o’rtasining chap tomonidan chiqarib olinadi. Shunday qilib, qaviqlarni o’zidan oldinga qaratib yotqizib, ignani o’zi tomon yo’naltirib chok solinadi. Tikayotganda ip yo’nalishini o’zgartirib bo’lmaydi, chunki unda chok strukturasi buzilib qoladi. Ba’zan kashta gulda ingichka novda -qalinlashib yo’g’on shoxchaga aylanadi. Uni, gazlama o’ngiga ignani oldingi qaviqning o’rtasidan pastroqdan chiqarib, yirikroq qaviq bilan tikish mumkin. |
| Gazlama, igna, qaychi, ip |
|
4. Chilvir chok.
|
Oldin to’g’ri chiziq bo’ylab yoki kashta gulining konturi bo’ylab ignada oldinlatilgan chok bilan qaviqlar tushiriladi. Keyin gazlamani ilmay har bir qaviq tagidan ipli (ko’pincha boshqa rangdagi ipli) igna yuqoridan pastga tomon o’tkaziladi. Agar ipli ignani qaviqlar tagidan navbatma-navbat yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga o’tkazilsa, yana bir xil chilvir chok hosil bo’ladi.
|
| Gazlama, igna, qaychi, ip |
|
5. Iroqsi-mon chok.
|
Gazlamadan sug’irib chiqarilgan ikkita ip yuzi bo’ylab yoki ixtiyoriy konturli kashta gulning motividan tikiladi. Chokning tekis yo’li katta murakkab kashtalarni tikishda qo’shimcha chok sifatida, shuningdek, gazlama bo’laklarining ulangan chokini yashirish uchun tikiladi. Bunda kashta gulning goh bu tomoniga navbatma-navbat igna sanchib, qaviqlar chapdan o’ngga tomon joylashtirib boriladi. Gazlamaga igna sanchilgan joylar oralig’i bir xil bo’lishi kerak. Yo’lning o’rtasi bo’ylab qaviqlar chalishib boradi. Har bir yangi qaviq oldingi qaviq ustiga tushadi.
|
| Gazlama, igna, qaychi, ip |
|
9.5.ilova
Takrorlash uchun savollar.
1. Kashta do`zlikda qanday gazlamalar ishlatiladi ?
2. Kashta tikishda qanday asboblardan foydalaniladi?
3. Qanday chambarak shakllari bor ?
4. Kashta tikishda qanday ignalar tanlanadi?
9.6.ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |