“Tasdiqlayman”
Uchko‘prik tumani
xalq ta’limi bo‘limi mudiri:
_________________M.Mahmudov
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida
Qo‘qon davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan
“Mahorat maktabi” tuman o‘quv-seminar yig‘ilish bayoni
2022-yil 23-fevral To‘qsonqovun qishlog‘i
Yig‘ilish raisi: D.Isaqova - Uchko‘prik tumani XTB metodisti
Yig‘ilish kotibi: S.Boymiratova – metodbirlashma rahbari
Qatnashdi: tumandagi barcha ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari.
KUN TARTIBI:
Uchko‘prik tumani 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Qo‘qon davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Mahorat maktabi” tuman o‘quv-seminar yakunlari to‘g‘risida.
Eshitildi:
Uchko‘prik tumani 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Qo‘qon davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda o’tkazilgan “Mahorat maktabi” tuman o‘quv-seminar yakunlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
O‘quv seminarda tashkillangan darslarda o‘qituvchilar tarqatmali materiallar, ko‘rgazmali qurollardan, axborot kommunikatsion texnologiyalaridan unumli foydalanganliklari alohida ta’kidlab o‘tildi. Ushbu o‘quv seminarda 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi S.Boymiratovaning ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bo‘yicha tashkillagan ishlari, 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi H.Begmatovaning 11-sinfda ona tili fanidan “Nutqda o‘rinli va noo‘rin so‘zlar” mavzusidagi ochiq darsi, 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi G.Jalilovaning 11-sinfda adabiyot fanidan “Cho‘lpon hayoti va ijodi” mavzusidagi ochiq darslari ko‘rgazmalilik, axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish orqali kasbiy mahoratlari, malaka oshirish kurslarida olgan metodlarini qo‘llash orqali namoyish etdilar.
Muzokara uchun so‘zga chiqqan 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi M.Toshqo‘ziyeva, 2-IDUMI ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Z.Jabborova, D.Shokirovalar tuman o‘quv seminari maqsadga muvofiq tashkil etilganligini, o‘qituvchilar tomonidan o‘tilgan ochiq darslarida o‘qitishning ilg‘or usul va metodlaridan foydalangan holda tashkil etganliklarini ta’kidlab o‘tdilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig‘ilish
QAROR QILADI:
1. Uchko‘prik tumani 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Qo‘qon davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Mahorat maktabi” tuman o‘quv-seminari maqsadga muvofiq deb topilsin.
2. 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi S.Boymiratovaning ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bo‘yicha tashkillagan ishlari, 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi H.Begmatovaning 11-sinfda ona tili fanidan “Nutqda o‘rinli va noo‘rin so‘zlar” mavzusidagi ochiq darsi, 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi G.Jalilovaning 11-sinfda adabiyot fanidan “Cho‘lpon hayoti va ijodi” mavzusidagi ochiq darslari tuman miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilsin.
4. 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi S.Boymiratova, 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi H.Begmatova, 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi G.Jalilovalar direktor jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantirishga tavsiya etilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorati maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari V.Mamadaliyev zimmasiga yuklatilsin.
Yig‘ilish raisi: D.Isaqova
Yig‘ilish kotibi: S.Boymiratova
Do'stlaringiz bilan baham: |