bo’lib, tola molekulasining barcha xossalarini belgilab beradi. Tolalar tarkibida
tolalardan tabiiy ipakni oladigan bo’lsak, yo’qorida aytilganidek tabiiy ipak
tarkibiga ko’ra seritsin (ipak yelimi) bilan qoplangan va yelimlangan ikki toladan
iborat. Bu tolada 70—75% fibroin (oqsil modda), 20—25% seritsin, 2—3% turli
18
mineral moddalar, 1 — 1,5% mum va yog’lar bo’ladi. Tola tarkibidagi oqsilsimon
moddaning bo’lishi, oqsil tarkibida esa aminokislotalarning borligi amfoterlik
xossani keltirib chiqaradi. Amfoterlik tarkibiga ko’ra ham amino guruh ham
karboksil guruh saqlovchi aminokislotalrdan xosil bo’ladi. Tabiiy tolalardan yana
biri jun hisoblanib, tarkibiga ko’ra jun keratindan tashkil topgan. Junning
kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizik mexanik xususiyatlari uning kelib chiqishi,
saqlsh sharoiti, birlamchi qayta ishlov kabilarga bog’liq. Uning reaksiyaga
kirishish qobilyati birlamchi strukturaga, reaksiyaning sodir bo’lish tezligi,
reaksiyaning borish darajasi uning gistologik xususiyatlariga bog’liq. Kimyoviy
tuzilishiga ko’ra keratinda yon guruhlar to’plami juda ko’p. Keratin polipeptid
sifatida gidrolitik destruksiyaga chidamli. Keratinda yuqori darajada reaksiyaga
kirishish qobilyatiga ega bo’lgan yon guruhlar: -NH
2
, -COOH, -OH, -SH, -S-S, va
boshqa guruhlar bor. Oxirida –NH
2
va -COOH laning borligi uchun keratin
ko’plab reaksiyalarga jumladan, nuklofil o’rin olish, oksidlanish, qaytarilish,
alkillash, asillash va boshqa reaksiyalarga kirishadi. Keratinning gidrolitik
destrukturasi yani gidrolizlanishi peptid bog’i hisobiga ishqor, kislota, fermentlar
ta’sirida amalga oshiriladi. Junning izoelektrik nuqtasi 3,4 ga teng bo’lib, bu
qiymat korbonildagi vodorod atomining oson ajralishiga bog’liq. Keratin tarkibida
oltingurguyning bo’lishi metianin va sistinning borligiga bog’liq. Bu kislota
o’rnida disulfit bog’ini saqlaydi. Shuning uchun u to’rsimon tuzilishga ega bo’ladi.
Bunda oltingurgugutlar o’zaro va peptid bog’i bilan ham birikadi. Keratin o’zida
sisten saqlovchi kamdan kam oqsildir. Ikkita sisten birga bo’lib S-S bog’ini hosil
qiladi. Shuning uchun keratin suvda va boshqa erituvchilarda erimaslik
xususiyatini taminlab oladi. Kislota va asos guruhlaning mavjudligi lekin ulaning
ionlanish darajasi xar-xilligi tufayli jun barcha oqsillar kabi amfoterlik xossaga ega
bo’ladi. Ionlanish darajasi pH ko’rsatkichga va molekulalararo –COO bog’ga
bog’liq holda o’zgaradi. Neytral, kuchsiz kislotali va kuchsiz ishqoriy muhitda
keratin bipolyar svitterion ko’rinishida bo’ladi.
Kuchli ishqoriy va kislotali sharoitlarda –COO bog’lar uziladi.