Ishning vazifalari. Kurs ishining maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni bajarishni belgilab oldik:
- aminlarning xossalari va ularga oid masalalar yechish metodikasi;
- diaminlarning xossalari va ularga oid masalalar yechish metodikasi;
- aromatik aminlarning xossalari va ularga oid masalalar yechish metodikasi;
- kislota amidlarning xossalari va ularga oid masalalar yechish metodikasi.
Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati: Azot hayotiy muhim element, chunki u oqsillar va nuklein kislotalar tarkibiga kiradi. Azotni havoda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayrim bakteriyalar o‘zlashtira oladi, boshqa hamma organizmlar faqat azot birikmalarini o‘zlashtiradi. O‘simliklar azotni tuproqdan anorganik moddalar nitratlar yoki ammoniy tuzlari holida o‘zlashtirsalar; tirik organizmlar organik bog‘langan azotni hayvonot yoki o‘simlik ozuqalari sifatida qabul qiladilar.
Organizmlarning chirishi natijasida oqsil moddalaridan asosan ammiak hosil bo‘ladi. Yuqori organizmlarda azot metabolizm oxirgi mahsuloti karbamid, kam hollarda (qushlarda va sudralib yuruvchilarda) – mochevina kislotasi bo‘ladi. Ammiak har xil kimyoviy mahsulotlar olish uchun muhim xomashyo, masalan: nitrat kislota va uning hosilalarini, jumadan o‘g‘itlar, portlovchi moddalar, bo‘yoqlar, ammoniy tuzlari, karbamid, amidlar, dimetil formamid, soda va boshqalar. Sovutgich mashinalarida sovutuvchi modda sifatida ham foydalaniladi.
Kurs ishning tarkibi va hajmi: kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va glosarry qismlaridan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 28 betni tashkil qiladi.
II BOB. ASOSIY QISM.
2.1. NITROBIRIKMALAR.
Azot – 1772-yil Rezerford tomonidan kashf etilgan, uni 1774-yil Lavuaze ― azot deb atagan. Ko‘p tarqalgan kimyoviy element. Ushbu, hayot uchun keraksiz gazni 1772-yilda shved kimyogari Karl Sheele “aynigan havo” deb atagan. Lavuazye esa unga biz tanigan nomni, ya’ni, “azot” nomini qo‘yib bergan. Ushbu nom yunon tilida “a” old qo‘shimchasidan keyin kelgan “zote” o‘zak so‘zidan yasalgan.
Yunon tili qoidalariga ko‘ra, “a” old qo‘shimchasi o‘zidan keyin kelgan so‘zga inkor ma'nosini beradi. “Zote” so‘zi esa yunonlarda “tiriklik”, “hayot” va “jon” ma'nolarini bergan. Shunga ko‘ra, “azot” termini “jonsiz” deb tarjima qilinsa o‘rinli bo‘ladi. Bunda Lavuazye ushbu elementning nafas olish uchun kerkasiz bo‘lganiga ishora qilgan va uni tiriklik uchun keraksiz modda deb o‘ylagan.
Organik moddalar tarkibida ham azot saqlovchi moddalar mavjud. Ular umumiy holatda nitrobirikmalar deb ataladi.
Nitrobirikmalar deb – molekula tarkibidagi C atomi nitrogruppa –NO2 bilan bevosita bog‘langan birikmalar nitrobirikmalar deyiladi. Ularni uglevodorodlarning vodorod atomi o‘rnini nitrogruppa olgan hosilalari sifatida qarash mumkin. Nitrogruppalar soniga ko‘ra mono-, di- va polinitrobirikmalar bo‘ladi. Ularning umumiy formulasi R – NO2.[2]
Do'stlaringiz bilan baham: |