5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ta’lim muassasasi ma’muriyati sinf rahbarlari yordamidan faqat ushbu nizomda belgilangan vazifalar doirasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari bilan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.
Mazkur nizom talablari buzilishida aybdor bo'lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.
SINF RAHBARI ISHINING DAVRIY JADVALI
Har kuni
1.
1. Kechikib kelganlar bilan ishlash va ularning dars qoldirish sabablarini o`rganish.
Sinfxonada navbatchilikni tashkillashtirish.
O'quvchilar bilan individual ishlash.
Har hafta
O‘quvchilarning kundaligini tekshirish.
Biriktirilgan sinfda reja bo'yicha tadbir o'tkazish.
Ota-onalar bilan ishlash (vaziyatga qarab).
Ishni rejalashtirish bo'yicha majlis o'tkazish.
Har oy
O‘zining biriktirilgan sinfida darslarga qatnashishi.
Maktab psixologining maslahatlari.
Ota-onalar bilan uchrashuv.
Ishni rejalshtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |