« Tasdiqlayman»
Qamashi tumani 4-sonli Davlat
Matabgacha ta' lim tashkiloti
Direktori R.Fayziyeva
16-mart 2022 yil
Qamashi tumani 4-sonli Davlat maktabgacha talim tashkilotida o'tkazilgan yig'ilish
BAYONI №_____
Raislik qiluvchi:
|
R.Fayziyeva 4-sonli Davlat
Maktabgacha ta' lim tashkiloti direktori.
|
Yig'ilish kotibi:
|
N.Almirzayeva tarbiyachi
|
qatnashganlar:
|
15 ta pedagog va 4-DMTT barcha hodimlari.
|
Yig'ilishda ishtirok etdilar: Qamashi tumani 4-sonli Davlat maktabgacha
ta'lim tashkiloti pedagog xodimlari
Kun tartibi:
Qamashi tumani Maktabgacha ta'lim bo'limining 2022-yil 23-fevral kunidagi №8-sonli yig'ilish bayoni, Qamashi tumani Adliya bo'limining
2022-yil 18-fevral kunidagi № 10-20-18-sonli, Qonun xujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risidagi taqdimnomasida aniqlangan xato kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig'ilish raisi R.Fayziyeva so'zga chiqdi. So'zida Qamashi tumani Maktabgacha ta'lim bo'limining 2022-yil 23-fevral kunidagi №8-sonli yig'ilish bayoni, Qamashi tumani adliya bo'limining 2022-yil 18-fevral kunida № 10-20-18-sonli taqdimnomasi, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2022-yil 11-fevral kunidagi 1-08-1/405-92-sonli topshiriq xatiga asosan tuman Maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufıdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13-maydagi 391-son va 2021 yil 1l avgustdagi 510-sonli qarorlari ijrosi hujjatlami chaqirib olish yo'li bilan tahlil qilindi, Qamashi tuman maktabgacha ta'limi bo'limi tasarrufıdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan bolalarni qabul qilishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13maydagi 'Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida”gi 391- sonli Qarorining 1 -ilovasi bilan tasdiqlangan ''Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta' lim tashkilotlar to'g'risida"gi Nizomni 34-bandi talablari buzilganligi aytib o'tildi. Xususan 4-sonli davlat maktabgacha ta' lim tashkilotlarining ustavlarining 15-bandida ”Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotda bolalarni qabul qilish tartibi belgilangan bo'lib, unda yuqoridagi nizomga zid ravishda bolaning tibbiy kartasi, tug'ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi, otasi yoki onasining pasport nusxasi, yashash joyidan ma'lumotnoma asosida qabul qilinadi” deb ko'rsatilgan xujjatlar asosida bolalarni qabul qilish tartibi belgilanganligi aniqlangan.
Kun tartibidbidagi masala yuzasidan maktabgacha ta`lim bo`limi yig`lishi
Q A R O R Q I L A D I
I .Qamashi tumani Maktabgacha ta'lim bo'limining 2022-yil 23-fevral kunidagi №8-sonli yig'ilish bayoni, Qamashi tumani adliya bo'limining 2022-yil 1 8-fevral kunidagi № 10-20-18-sonli taqdimnomasi barcha davlat maktabgacha ta' lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida atroflicha muxokama qilinib, ko'rsatib o'tilgan qonunbuzilishi xolatlarini zudlik bilan bartaraf qilish va kelgusida takrorlanishiga yo'l qo'ymaslik yuzasidan qa'tiy chora-tadbirlarni belgilangan vazifani tashkilot tarbiyachisi (N.Almirzayeva) zimmasiga yuklatilsin.
2.Qamashi tumani Maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi barcha Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori ustav va nizomidagi tegishli bandlari bekor qilinib, O'zbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasining 2019 yil 13-maydagi 391-sonli va 2021yil 11avgustdagi 510-sonli qarorlari talablariga muvofiqlashtirishni ta'minlash maqsadida xar bir ta' lim tashkiloti pedagogik kengashda ustavni yangilash to'g'risida muxokamaga qo'yilib, rasmiylashtirilgan yig'ilish bayonnomasi rasmiylashtirilsin,
- yangilangan ustav va nizomlarini 5(besh) kun muddatda Qamashi tumani adliya bo'limiga ma'lumot taqdim etilishi ta'minlansin
3 .Mazkur topshiriqni nazoratini o'z zimmamda qoldiraman.
Yig'ilishni bayonlashtirdi: N.Almirzayeva.
Do'stlaringiz bilan baham: |