5.3. Vaziyatli masalalar
1. Bemor o’t pufagida operasiya qilingandan so’ng ichak atoniyasi kuzatildi. Surgi vositalar qo’llanganda, barcha chora-tadbirlar qo’llanilganda hech qanday o’zgarish bo’lmadi. Buni hisobga olgan holda, shifokor bemorga in’yeksion preparat tavsiya qildi, shundan so’ng ichak o’z funksiyasini tikladi. Bemorga qaysi dori vositasi yuborilgan edi? Uning ta’sir mexanizmini tushuntiring.
Javob: Bemorga operasiyadan so’nggi ichak atoniyasida prozerin (antixolinesteraza vositasi) yuborilgan, bu vosita silliq mushak tonusini oshirish xususiyatiga ega.
2. Ensefalit bilan kasallangandan so’ng harakatlanish buzilgan bemorga oksazil (antixolinesteraza vositasi) qo’llanilgan. Dori vositasi qabul qilganda 1,5 soatdan so’ng bemor harakat aktivlashganini sezdi. Harakat yanada yaxshilanish uchun bemor yana bitta tabletka qabul qildi, 2 soatdan so’ng uchinichisini qabul qildi. Shundan so’ng qorin sohasida kuchli og’riqlar, nafas olish qiyinlashishi, kuchli terlashlar boshlandi. Paydo bo’lgan zaharlanishning sababi nima?
Javob: Oksazil – kuchli antixolinesteraz vosita bo’lib, ta’siri tez boshlanadi (0,5 – 1,5 soatdan so’ng) va uzoq davom etadi (5-10 soat). 4 soat ichida ko’p qabul qilinsa, kumulyasiya bo’lib, zaharlanish kelib chiqadi.
3. Glaukoma bilan og’rigan bemor uzoq muddat davomida pilokarpin ko’z tomchisini qabul qilgan. Ko’z ichki bosimi normallashgan lekin vaqt o’tishi davomida konyunktivaning ta’sirlanishi, giperemiya, ko’z yoshlanishi yuzaga keldi. Pilokarpinning mahalliy ta’sirlash xususiyati bo’lmagani uchun shifokor taxminicha bu pilokarpinga nisbatan yuqori sezuvchanlikdir. Shuning uchun shifokor boshqa vositaga almashtirishga qaror qildi. Qanday vositalarga pilokarpinni almashtirish mumkin?
Javob: pilokarpinni aseklidin, prozerin, fizostigmin, fosfakol vositalari bilan almashtirish mumkin. Ular M- xolinomimetik xususiyatga ega bo’lib, koz ichki bosimini tushiradi.
4. Tez yordam shifokoriga bemor quyidagilardan shikoyat qildi: qorinda kuchli spastik og’riqlar, ko’ngil aynishi va to’xtovsiz qayt qilish, kuniga 20-25 marta «vabosimon» ich ketish. Ko’zdan kechirishda shifokor quyidagilarga e’tibor berdi: mioz, terisi nam, puls sekinlashgan. Qusuq massasi qora tusga kirgan, najasda esa qon. So’rab-surishtirishdan shifokor aniqladiki, bemor kechqurun qovurilgan qo’ziqorin egan. Tashxis qo’yildi: qo’ziqorindan zaharlanish. Ulardan qaysi biri aytib o’tilgan zaharlanish belgilarini beradi? Birinchi yordam?
Javob: «blednaya poganka» bilan zaharlangan. Birinchi yordam: Atropin qo’llash va oshqozonni yuvish.
5. Ftorotanli narkoz paytida bemorda kuchli bradikardiya va yurak to’xtashi xavfi kuzatildi. Anezteziolog bemorni bu holatdan yurak urishini tezlatuvchi modda yuborib chiqardi. Shifokor qanaqa dori yuborgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |