5.4.2. Grafik organayzerni ishlab chiqish.
Bu zanjir muammoning birlamchi xususiyatini ochib beradi.
Nazariy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va faollashtiradi.
Qadamlar:
Talabalar sxema tuzish usullari bilan tanishadilar.
Talabalarga M-xolinomimetiklar mavzusini muhokama qilish taklif etiladi.
O’qituvchi oxirgi natijani aniqlaydi “pilokarpin glaukomada qo’llaniladi”
Talabalar yakka yoki kichik guruhlarda sxemani tuzadilar. Asosiy muammoni yozadilar, so’ngra “nima uchun” savoli bilan ko’rsatkich (strelka) chizadilar va bu savolga javob yozadilar. Bu jarayon muammoni ilk sababi chiqquncha davom etadi.
Talabalar sxemalarini solishtiradilar va to’ldiradilar. Umumiy sxema tuzadilar.
Ish natijalari bo’yicha taqdimot o’tkazadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |