1 gramm
|
1 g
|
1 / 10
|
0,1
|
1 desigramm
|
1 dg
|
1 / 100
|
0,01
|
1 santigramm
|
1 sg
|
1 / 1000
|
0,001
|
1 milligramm
|
1 mg
|
1 / 10 000
|
0,0001
|
1 desimilligramm
|
1 dmg
|
1 / 100 000
|
0,00001
|
1 santimilligramm
|
1 smg
|
1 / 1000 000
|
0,000001
|
1 mikrogramm yoki gamma
|
1 mkg
|
Agar dori moddasi tomchilarda berilsa, tomchilar soni Rim raqamida ko’rsatiladi. M-n: gtts V (besh tomchi). Agar dori vositasi tarkibiga dozasi ta’sir birligida (TB) ifodalangan dori moddalari kirsa reseptda og’irlik miqdorlari o’rniga dorining ta’sir birligidagi miqdori ko‘rsatiladi. M-n: 250 000 TB.
Hajm o’lchovi birligi sifatida 1 litr qabul qilingan. Bu 1000 kub santimetr kimyoviy toza suvning odatdagi atmosfera bosimida (760 mm simob ustuni) va 4°C haroratdagi eng yuqori miqdori.
Og’irlik ulushlari
|
Reseptda dozaninng ifodalanishi
|
Og’irlik o’lchovi birliklari
|
Qisqartmasi
|
1000
|
1000 ml
|
1 litr
|
1 l
|
1000 / 10
|
100 ml
|
1 desilitr
|
1 dl
|
1000 / 100
|
10 ml
|
1 santilitr
|
1 sl
|
1000 / 1000
|
1 ml
|
1 millilitr
|
1 ml
|
RESEPT VA UNING TUZILIShI
Resept – bu shifokorning farmasevtga ma’lum shakl, doza, va miqdorda dori tayyorlash to`g’risidagi yozma murojaati bo’lib, bunda bemor ushbu doridan qanday foydalanish kerakligi haqida ma’lumot ham beriladi.
Resept blankasi ikki qismdan iborat bo’lib, maxsus, o’lchami 105 mm x 148 mm bo’lgan (yirtma koreshogi o’lchami esa 70mm x 148 mm) blankada siyoh yoki sharikli ruchkalarda aniq va ravshan qilib yozilishi kerak. Chunki u tibbiy yuridik hujjatdir. Imtiyozga ega bo’lgan bemorlar uchun resept yozilganda resept blankasiga bu haqda tegishli muhr (“bepul”, “imtiyozli”) bosiladi va albatta shifokorning imzosi, muassasa rahbari imzosi va yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.
Narkotik moddalar va kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari maxsus hisobda turadigan, tartib raqamiga ega bo’lgan (pushti rangli) blankalarda yoziladi. Bunday blankalar bosh shifokorda, seyfda saqlanadi.
Resept quyidagi tarkibdan iborat:
№
|
Resept bo’limlari
|
Ma’nosi
|
Namuna
|
1
|
Inscriptio
|
boshlang’ich qism bo’lib, unda davolash muassasasining nomi, manzili va telefon raqami ko’rsatiladi.
|
10 – poliklinika
Navoiy ko’ch., 15, tel. +998-71-246-45-46
|
a)
|
Datum
|
resept yozilgan kun, oy, yil
|
3 may 2018
|
b)
|
Nomen aegroti
|
bemorning ismi-sharifi, yoshi, xususan bolalar va keksa yoshdagi bemorlarning yoshi aniq ko’rsatiladi
|
Yusupov Yusuf, 12 yosh
|
c)
|
Nomen medici
|
resept yozgan shifokorning ismi-sharifi
|
Azizov A.A.
|
2
|
Invocatio
|
shifokorning dorini tayyorlash bo’yicha farmasevtga murojaati bo’lib - Recipe - “Olgin”, qisqacha “Rp.:” yoziladi
|
Rp.:
|
3
|
Designatio materiarum s. ordinatio
|
ushbu reseptda keltirilgan dori tarkibi. U quyidagilardan iborat:
|
|
a)
|
remedium basis
|
dori tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda;
|
Rp.: Natrii benzoatis 3,6
|
b)
|
remedium adjuvans
|
yordamchi vosita bo’lib, asosiy moddaning ta’sirini kuchaytiradi;
|
Liquoris Ammonii anisati 3 ml
|
c)
|
remedium corrigens
|
asosiy moddaning ta’mi va hidini to’g’irlaydi;
|
Sirupi simplicis 60 ml
|
d)
|
remedium constituens
|
doriga ma’lum shakl beradigan modda. “Adjuvans” va “corrigens” faqat zarur holatdagina asosiy moddaga qo’shiladi.
|
Aquae destillatae ad 180 ml
|
4
|
Subscriptio
|
dorini kerakli shaklda tayyorlash, miqdori va qanday idishda berilishi bo’yicha farmasevtga ko’rsatma.
|
M.f. (misce ut fiat – aralashtir… hosil bo’lsin), yoki
M.D.S. (Misce.Da. Signa. – aralashtir, ber, belgila)
|
|
|
Shunday dozalardan shuncha miqdorda berilishi ko’rsatiladi
|
D.t.d.N. (Da (dentur) tales dosis Numero - shunday dozalardan shuncha miqdorda berilsin)
|
6
|
Signatura
|
dorini qanday va necha marta qo’llash bo’yicha bemor yoki tibbiyot xodimiga ko’rsatma (asosan bemor tushunadigan tilda yoziladi).
|
S. (Signa) – 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal 4 kun davomida ichilsin.
|
7
|
Nomen medici
|
shifokor FISh, muhri va imzosi.
|
Azizov A.A.
|
Reseptning 2, 3, 4 qismlari lotin tilida yoziladi, qolganlari davlat tilida. Dori tarkibiga kiruvchi moddalar reseptda lotin tilida (qaratqich kelishigida) yoziladi.
Agar bemorga dorini tez tayyorlab berish kerak bo’lsa shifokor resept blankasining yuqori qismiga ko’rinib turadigan joyiga Cito – tez, yoki Statim – darhol degan so’zni yozib beradi va bunday reseptga dorixonada navbatsiz xizmat ko’rsatiladi.
Reseptda 2 ta yoki bir necha modda bir xil miqdorda yoziladigan bo’lsa, doza o’sha preparatlar oxirgisining qarshisiga qo’yiladi, undan oldin ana yoki qisqacha āā so’zini yozib qo’yiladi, bu bir xil miqdorda degan ma’noni bildiradi.
Agar bemorga beriladigan dorini takrorlash zarurati tug’ilsa, shifokor buni reseptning ko’rinib turadigan joyiga yozib qo’yishi lozim. Masalan, Repetatur takrorlansin, Bis repetatur ikki marta takrorlansin.
Bitta resept blankasida 2 ta resept yozilgan taqdirda ular bir-biridan # belgisi bilan ajratiladi.
Reseptda lotincha so’z va ifodalarning qisqartirilgan shakli qo’llanilishi mumkin. So’z undosh harfda qisqartiriladi, agar juft undosh bo’lsa – ikkinchi harfda qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |