DOZALAR VA O’LCHOV BIRLIKLARI
Doza – bu dori moddalarining organizmga bir marotaba kiritiladigan, ma’lum farmakologik ta’sirni yuzaga keltiruvchi miqdoridir.
Dozaning quyidagi turlari mavjud:
Bir martalik doza (Dosis pro dosi)
Sutkalik doza (Dosis pro die)
Kurslik doza (Dosis pro curso)
Ushbu dozalarning har biri o’rtacha terapevtik, yuqori terapevtik va minimal (bo’sag’a) dozalariga bo’linadi.
Shuningdek,
O‘lim rivojlantiruvchi doza (Dosis letalis)
Zaharli yoki toksik doza (Dosis toxica)
Maksimal yoki yuqori doza (Dosis maxima - Md)
Terapevtik yoki o‘rtacha doza (Dosis terapevtica - td)
Minimal, yoki bo’sag’a dozasi (Dosis minima - md)
Terapevtik doza – bu balog‘at yoshiga (24 yosh) yetgan, vazni 70 kg bo’lgan shaxsga bir marta qabul qilish uchun beriladigan dori miqdori bo‘lib, u maksimal dozani 2 yoki 3 ga bo‘lish orqali topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |