Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Din va ma’naviyat: umumiy va farqli jihatlar. Dinning zohiriy va botiniy jihatlari



Download 494,11 Kb.
bet69/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Din va ma’naviyat: umumiy va farqli jihatlar. Dinning zohiriy va botiniy jihatlari
O’zbekiston Respublikasi demokratik printsiplarga sodiqligining ifodasi sifatda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan o’zaro munosabatda quyidagi printsiplarga amal qilishini e’lon qildi:
dindorlarning diniy tuyg’ularini hurmat qilish;
diniy e’tiqod fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;
diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo’l qo’ymaslik;
ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo’llarini izlash zarurati;
dindan buzg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo’l qo’yib bo’lmasligini e’tirof etish.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi normalarning qonunchilikka kiritilishi natijasida diyorimizda rasmiy faoliyat olib borayotgan barcha din vakillariga katta imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, mustaqillikkacha respublikada bir necha cherkov va sinagoglar faoliyat olib borgan bo’lsa, qonun qabul qilingach, dunyoning turli mintaqalarida diniy ibodatlarini amalga oshiruvchi yevangel-Lyuteran jamoasi, Rim-katolik cherkovi, «yettinchi kun adventistlari» diniy tashkiloti, Bahoiylar jamoasi, yahudiylar diniy jamoasi kabi o’ndan ortiq diniy konfessiyalar yurtimizda rasmiy faoliyat yurita boshladi.
Mamlakatimizda yashayotgan millat, elatlar va diniy jamoalar o’rtasidagi do’stona munosabatlar boshqa mamlakat va xalqlar tomonidan ijobiy baholanmoqda. 2018 yil 18 sentyabrda O’zbekiston Prezidenti AQshning diniy erkinlik sohasida alohida topshiriqlar bo’yicha elchisi – Samuel Braunbekni qabul qildi. Elchi ikki kun davomida bir nechta uchrashuvlar o’tkazdi va ayrim nashrlarga intervyu berib, O’zbekistondagi e’tiqodiy masalalar va milliy totuvlik holatini yuksak baholadi.
Hukumatimiz tomonidan turli diniy tashkilotlarning o’z faoliyatlarini amalga oshirish va mamlakat hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Jumladan, O’zbekiston Musulmonlari idorasining markaziy televidenie orqali ma’naviy-ma’rifiy ko’rsatuvlarni berib borishi, mashhur diniy arboblarning tavalludiga bag’ishlangan anjumanlarning keng ko’lamda nishonlanishi kabi tadbirlarni aytib o’tish o’rinlidir.
Ammo yaratilgan imkoniyatlarga qaramasdan, xalqimizning bag’rikengligini suiiste’mol qilgan ayrim diniy oqimlar faqat diniy g’oya va aqidalarni emas, balki siyosiy va ekstremistik maqsadlarni ko’zlab ish olib borganlari achinarli holdir. ko’p asrlardan beri hanafiy mazhabiga ergashib kelgan xalqimiz uchun yot g’oya va qarashlarni yoqlab chiqishlari barobarida hanafiy mazhabi yo’l-yo’riqlari asosida ibodat qiluvchilarni mensimaslik, mazhab ulamolarini haqoratlash, din arkonlarini bajarmayotgan shaxslarni kofirlikda ayblash, imomlar bilan masala talashish, boshqa mazhab vakillariga shaklan taqlid qilish kabi holatlar kuzatildi.
Xorijiy davlatlardan diniy aqidaparastlikni targ’ib etuvchi, odamlarda qo’rquv va vahima uyg’otuvchi ko’plab diniy adabiyotlar «Hizbut-tahrir», «Akromiylar», «Tavba», «Adolat uyushmasi» kabi ekstremistik guruhlar tomonidan ommaga tarqatilib, mamlakat barqarorligiga rahna solishga qaratilgan harakatlar yuzaga kela boshladi.
Respublikamiz qonunchiligida missionerlik faoliyatiga huquqiy jihatdan yetarli darajada to’siqning mavjud emasligi bartaraf etib bo’lmas darajada og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Bu kabi holatlar «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunni qayta ko’rib chiqishni taqozo etardi.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish