O‘zgaruvchan tok generatorlarining konstruksiyasi va ularning o‘ziga xos tomonlari. Kontakt halqali o‘zgaruvchan tok generatorlarining avtomobillarda juda keng ko‘lamda tatbiq topgan turlaridan biri 32.3701 (G250) belgili generator va uning ko‘p sonli har xil ko‘rinishlaridir. 1.30-rasmda shu generatorning tuzilishi berilgan.
Generatorning halqasimon stator o‘zagi 10, uyurma toklarni kamaytirish maqsadida bir-biridan lak bilan izolyatsiya qilingan, qalinligi 1,0 mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat tasmalardan yig‘ilgan, ular tashqi yuzadagi aylana bo‘ylab oltita nuqtada o‘zaro kavsharlangan. Statorning ichki yuzasida 18 ta bo‘ylama ariqchalari bo‘lib, ular bir-biridan tishchalar bilan ajratilgan. Har bir tishchaga sirlangan mis simdan o‘ralgan 18 ta g‘altak 8 o‘rnashtirilgan. /altaklar uchta faza chulg‘amlariga bo‘linib, har bir chulg‘amga ketma-ket ulangan oltita g‘altak kiradi. Bitta fazaga taalluqli g‘altaklar ikkita tishcha oralatib uchinchisiga kiygizilgan. Faza chulg‘amlari o‘zaro "yulduz" sxemasi bo‘yicha ulangan, ularning boshlang‘ich uchlari bir joyda tutashib uch fazali sistemaning nol nuqtasini hosil qiladi. Faza chulg‘amlarining ikkinchi uchlari to‘g‘rilagich bloki 3 ning qisqichlari 2 ga ulangan.
6-Mavzu: O’zgaruvchan va o‘zgarmas tok generatorlarini ta’mirlash
O’zgaruvchan tok gеnеratori asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan:
qo’zg’almas stator, aylanuvchi rotor, kontakt halqalari, cho’tkalar, cho’tka tutqich, to’g’rilagich bloki, parrakli shkiv va qopqoqlar. Stator elеktrotеxnik po’lat tasmalardan yig’ilgan bo’lib uning ichki yuzasiga, oralig’ini bir xil qilib, alohida elеktrotеxnik mеtal plastinalardan yig’ilgan tishchalar o’rnatilgan. Tishchalarni soni odatda 18 ta, ba'zi gеnеratorlarda 36 yoki 72 bo’lishi mumkin.
1-rasm. 32.3701 belgili o‘zgaruvchan tok generatori:
a) ko‘ndalang kesimi; b) asosiy qismlari
Birinchi turdagi to‘g‘rilagichlar toifasiga Rossiya avtomobillarining generatorlarida keng tatbiq topgan BPV belgili to‘g‘rilagich bloki kiradi. Generator qopqog‘iga o‘rnatilgan BPV to‘g‘rilagich bloki (1.14-rasm) uchta to‘g‘ri o‘tkazuvchan diodlar 3 presslangan, yarim aylana musbat shina 5 va uchta teskari o‘tkazuvchan diodlar 2 presslangan, yarim aylanali manfiy shina 1 dan iboratBu tishchalarga 18 (yoki 36, 72) stator g’altaklari joylashtirilib, ular uch fazaga bo’linadi. Har bir fazaga oltita kеtma-kеt ulangan g’altak kiradi. Fazalar o’zaro "yulduz" sxеmasi (ba'zi gеnеratorlarda "uchburchak" sxеmasi ishlatiladi) bo’yicha ulanib, uchta fazaning ikkinchi uchlari to’g’rilagich blokining qisqichlariga ulangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |