a
) va
sovuq
(
b
) o‘t oldirish shamlari
Markaziy elektrod materiali korroziya va erroziyaga chidamli, issiqlikka bardoshli, yuqori issiq
o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Markaziy elektrodlar yuqoridagi talablarga javob beruvchi xrom-
titanli (13X25T) yoki xrom-nikelli (X20H80) po‘latlardan tayyorlanadi. Oxirgi vaqtda zamonaviy jadallashtirilgan
dvigatellar uchun o‘zagi mis, ustki qismi nikel-xrom qotishmasidan tayyorlangan, poyga avtomobil dvigatellariga
esa kumushdan yasalgan markaziy elektrodlar o‘rnatilmoqda. Mis va ayniqsa kumushning juda yuqori issiqlik
o‘tkazuvchanlik qobiliyati markaziy elektrodni nisbatan ingichka qilib tayyorlash va o‘t oldirish jarayonini ancha
yaxshilash imkoniyatini beradi. Lekin kumush elektrodli svechalarning ishlash muddati ancha qisqa bo‘ladi.
Markaziy elektrodi platinadan tayyorlangan o‘t oldirish svechalari ishlash muddati va ishonchlilik
darajasini yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Platinaning koroziya va eroziyaga o‘ta chidamliligi, yaxshi issiqlik
o‘tkazuvchanlik xususiyatlariga ko‘ra markaziy elektrod juda ingichka qilib tayyorlanadi. Bu ishchi yonuvchi
aralashmani uchqunli razryad tirqishiga bemalol kirib kelishi va uni kafolatli o‘t oldirilishini ta’minlaydi. Markaziy
elektrod o‘lchamlarining kichikligi, yon elektrodlarning uchli shakli va platinaning katalitik xususiyatlari teshib
o‘tish kuchlanish qiymatini ancha kamayishiga olib keladi. SHu bilan birga platinali svechalarning narxi oddiy
svechalarga nisbatan 4… 5 barobar yuqori ekanligini ham qayd qilish lozim.
YOn elektrodlar nikel-margansli qotishmalardan (masalan, NMs-5) tayyorlanib, korpusga kontaktli
payvandlash usuli bilan mahkamlanadi. O‘t oldirish jarayonining barqarorligini ta’minlash, svechalarning ishlash
muddatini oshirish maqsadida ba’zi firmalar (masalan, Bosch ) yon elektrodi ikki, uch va to‘rtta bo‘lgan o‘t
oldirish svechalarini ishlab chiqmoqdalar
Markaziy va yon elektrodlar orasidagi tirqish 0,6-0,9 mm ni tashkil qiladi, elektron o‘t oldirish tizimlarida
tirqish 1,0-1,2 mm gacha kattalashtirilishi mumkin.
O‘t oldirish svechalarining eng og‘ir sharoitda ishlaydigan qismi izolyator 1 bo‘lib, uning materialining
xususiyatlari svechaning sifatini va tavsifnomasini belgilaydi. Izolyator tarkibi asosan aluminiy oksidi Al
2
O
3
dan
tashkil topgan keramik materiallardan tayyorlanadi. Bunday materiallar qatoriga uralit (75% Al
2
O
3
), borkorund
(95% Al
2
O
3
va 0,16% B
2
O
3
), sinoksal (98% Al
2
O
3
), xilumin (97-98% Al
2
O
3
) va boshqalar kiradi.
O‘t oldirish tizimi ekranlangan dvigatellarga ekranlangan va odatda zichlashtirilgan o‘t oldirish svechalari
o‘rnatiladi. YUqori kuchlanishli o‘tkazgich o‘t oldirish svechasi bilan KU-20 belgili maxsus kontakt moslamasi
yordamida tutashadi. Svechaning namdan saqlash vazifasini rezina zichlagich va ekranga buraladigan ustama gayka
bajaradi.
15-Mavzu: Yoritish va yorug‘lik darakchilarini ishlatish va ta’mirlash
Bosh yoritish faralarining yorug’lik-tеxnik tavsifnomalarini mе'yorlashning asosiy vazifasi - kunning qorong’i
qismida avtotransportda tashishni daromadli bo’lishi bilan birga harakat xavfsizligini ta'minlovchi yorug’lik
taqsimlanishiga bo’lgan talablar majmuasini ishlab chiqishdir.
Tashishni asosiy iqtisodiy omillaridan biri yuklarni bеlgilangan manzilga еtkazish tеzligi bo’lganligi
uchun, albatta kunni qorong’i qismida ham avtomobillarni imkon boricha tеz harakatlanishini ta'minlash zarur.
Avtomobilni kеchasi harakatlanish tеzligini ta'minlash, faralarning uzoqni yoritish tizimi hisobiga amalga oshiriladi.
Kеchasi xavfsiz harakatlanishning asosiy omili - uzoqni yoritish dastasi yordamida aniqlangan to’siqgacha bo’lgan
masofa, avtomobilni o’z vaqtida to’xtatish uchun еtarli bo’lishi kеrak. O‘t oldirish shamlarining me’yorida ishlashi
uchun izolyatorning issiqlik konusi 9 temperaturasi 400-900
0
S doirasida bo‘lishi kerak. YOnilg‘i va moy to‘la
yonmasligi natijasida izolyatorning issiqlik konusida hosil bo‘ladigan qurum issiqlik konusining temperaturasi 500-
600
0
S ni tashkil qilganda kuyib, tozalanib turadi. Bu temperatura shamning o‘z-o‘zini tozalash temperaturasi deb
ataladi.
Izolyator issiqlik konusining temperaturasi 400
0
S dan past bo‘lsa, unga tushayotgan yonilg‘i va moy to‘la
yonmaydi va natijada, issiqlik konusi yuzida qurum hosil bo‘lishi va elektrodlarning "moylanib" qolish hodisasi ro‘y
berishi mumkin. Bu yuqori kuchlanishning qurum orqali o‘tib ketishiga va o‘t oldirishda uzilishlar paydo bo‘lishiga
olib keladi. Ko‘p qurum qoplagan shamlar umuman ishlamaydi.
Agar izolyator issiqlik konusining temperaturasi 900
0
S dan ortib ketsa, yonilg‘i aralashmasi elektrodlar
orasidan uchqun chiqmay turib, shamning cho‘g‘lanib turgan elementlaridan (issiqlik konusi va markaziy elektrod)
o‘t olib ketishi mumkin. Bunday hol cho‘g‘dan o‘t olish hodisasi, deb yuritiladi. Bu jarayon o‘ta zararli bo‘lib,
silindrdagi gazlarning bosimi keskin ortib ketishiga, dvigatelning kuchli detonatsiya bilan ishlashiga va natijada,
krivoship-shatun mexanizmining alohida qismlarining tez ishdan chiqishiga olib keladi. CHo‘g‘dan o‘t olish
natijasida izolyatorning pastki uchi oq tusga kiradi, issiqlik konusi va markaziy elektrodning erish hollari kuzatilishi
mumkin.
NEXIA avtomobilining o‘t oldirish shami
SHamning issiqlik konusi o‘z-o‘zini tozalash temperaturasida bo‘lishini ta’minlash uchun shamlarning
konstruksiyasi ortiqcha issiqlikni tashqi muhitga chiqarishga moslashgan bo‘ladi. YOnish kamerasida shamga
uzatilgan issiqlik, uning turli elementlari (korpus, izolyator, markaziy elektrod) va yonilg‘i aralashmasi orqali
tashqi muhitga chiqariladi. Masalan, shamga uzatilgan issiqlikning 10% korpus, yana 10% - izolyator va 30%
markaziy elektrod orqali tashqariga chiqariladi. YOnilg‘i aralashmasiga esa 20% ga yaqin issiqlik o‘tadi.
YOnish kamerasida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori dvigatelning aylanishlar chastotasiga, siqish
darajasiga va uning quvvatiga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun, yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan farq
qiladigan dvigatellarga, issiqlik chiqarish qobiliyati har xil bo‘lgan o‘t oldirish shamlari o‘rnatiladi. Aylanishlar
chastotasi, siqish dara-jasi va quvvati uncha katta bo‘lmagan, issiqlik rejimi o‘rtamiyona bo‘lgan dvigatellarga
mo‘ljallangan shamlarining issiqlik konusi nisbatan uzun qilib yasaladi va uning uchidan issiqlikni tashqariga
chiqarish qiyinroq bo‘ladi. Bunday shamlar "issiq" sham, deb yuritiladi. Va aksincha, aylanishlar chastotasi, siqish
darajasi va quvvati katta, issiqlik rejimi ancha og‘ir bo‘l gan dvigatellarga o‘rnatiladigan shamlarning issiqlik
konusi kalta va issiqlik uzatish qobiliyati yuqori bo‘ladi. Bunday shamlar "sovuq" sham deb yuritiladi.
"Issiq" shamni tezyurar, siqish darajasi katta, jadallashtirilgan dvigatelga qo‘yilsa, izolyatorining issiqlik
konusi qizib ketadi va uning temperaturasi 900
0
S dan ortib ketadi. Bu muqarrar ravishda dvigatel silindrida
cho‘g‘dan o‘t olish hodisasi sodir bo‘lishiga olib keladi. Aksincha, agar "sovuq" sham issiqlik rejimi mo‘tadil,
aylanishlar chastotasi va siqish darajasi past bo‘lgan dvigatelga o‘rnatilsa, tez orada issiqlik konusining yuzi va
elektrodlar orasidagi tirqish qurum bilan qoplanadi, chunki izolyatorning temperaturasi 400
0
C dan kamayib ketadi.
O‘t oldirish shamlarining issiqlik tavsifnomasi ularning cho‘g‘lanish soni bilan belgilanadi. CHo‘g‘lanish
soni shartli kattalik bo‘lib, u maxsus bir silindrli dvigatelga o‘rnatilgan shamni sinash vaqtida cho‘g‘dan o‘t olish
sodir bo‘la boshlagan daqiqadagi o‘rtacha indikator bosim qiymatiga proporsional qilib qabul qilingan. Hozirgi
vaqtda cho‘g‘lanish sonlarining quyidagi qatori kiritilgan: 8, 11, 14, 17, 20, 23, 26. CHo‘g‘lanish soni qanchalik
katta bo‘lsa, izolyatorning issiqlik konusi shunchalik kalta bo‘ladi va shamning issiqlik chiqarish xususiyati yuqori
bo‘ladi.
Sobiq ittifoq mamlakatlarida islab chiqarilgan o‘t oldirish shamlari quyidagicha belgilanadi:
- birinchi harf korpusdagi rezba o‘lchamini va turini bildiradi:
A - M14
1,25; M - M18
1,5;
- keyingi bitta yoki ikkita raqam cho‘g‘lanish sonini bildiradi;
- keyingi harf korpusning rezbali qismining uzunligini ko‘rsatadi:
H - 11 mm; D - 19 mm; harf bo‘lmasa - 12 mm;
- izolyatorning issiqlik konusining korpusdan tashqariga chiqib turishi B harfi bilan ko‘rsatiladi;
- izolyator bilan markaziy elektrod orasi termosement bilan zichlashtirilgan bo‘lsa T harfi qo‘yiladi,
zichlashtirish boshqa usulda amalga oshirilgan bo‘lsa, belgilanmaydi.
O‘t oldirish shamlarining belgilash misollari:
A17DB
korpusdagi rezbasi - M14
1,25, cho‘g‘lanish soni - 17, korpus rezbali qismi uzunligi - 19 mm,
izolyator issiqlik konusining korpusdan tashqariga chiqib turuvchi o‘t oldirish shami.
M8T
korpusdagi rezbasi - M18
1,5, cho‘g‘lanish soni - 8, korpus rezbali qismining uzunligi - 12 mm,
izolyator bilan markaziy elektrod orasi termosement yordamida zichlashtirilgan o‘t oldirish shami.
O‘zDEUavto qo‘shma korxonasining NEXIA avtomobilida konussimon zichlashtiruvchi qirrali o‘t oldirish
shamlari o‘rnatilgan. Ularda zichlashtiruvchi halqalar qo‘yilmaydi. Temperaturaga chidamli keramik
materiallardan tayyorlangan izolyator o‘rtasiga markaziy elektrod joylashtirilgan.
NEXIA avtomobiliga o‘rnatilgan shamlar quyidagi tartibda belgilanadi:
- birinchi harf odatda sham turini ko‘rsatadi. Masalan, R harfi shamga elektrmagnit xalaqitlarni
kamaytiruvchi qarshilik o‘rnatilganligini bildiradi;
- sham belgisidagi birinchi raqam sham qobig‘idagi rezba o‘lchami va turini bildiradi:
16-Mavzu: Avtomobil faralariga txk
Bosh yoritish faralar asosan korpus, optik elеmеnt va rostlovchi mеxanizmdan
tashkil topgan. Optik elеmеnt tarkibiga nur qaytargich, nur tarqatgich, to’g’ri nurlarni
to’suvchi ekran va bir yoki ikki rеjimli yorug’ lik manbai kiradi. Faralarning optik
elеmеnti doira yoki to’g’ri burchakli shaklga ega bo’lishi mumkin. Avtomobillarda uzoq
vaqt davomida doira shaklidagi faralar o’rnatilib kеlib, ularga ikki farali tizim uchun
178 mm bo’lgan to’rt farali tizim uchun esa 146mm bo’lgan optik elеmеnt
qo’llangan.
MDX davlatlarida kеng tarqalgan Еvropa yorug’lik taqsimlanish tizimiga ega bo’lgan
doira shaklidagi FG140 bеlgili faraning tuzilish 108-rasmda kеltirilgan. Korpus 5
ning ichki qismidagi qovurg’alariga optik elеmеntning tayanch halqasi o’rnatilgan.
Tanyach halkaning chеkka qismida rostlash murvatlari 3 ning qalpoqchalari kirishi
mo’ljallangan o’yiqlar ishlangan. Murvatlar korpusga mahkamlangan gaykalarga
buraladi va faraning yorug’lik dastasini gorizontal va vеrtikal tеkisliklarda,
4 30 burchak doirasida rostlash imkoniyatini bеradi.
Optik elеmеnt tayanch halqada ichki gardish 1 yordamida uchta murvat 14 bilan
mahkamlanadi. Optik elеmеntni doimo bir xil muayyan o’rnashishini ta'minlash uchun
tayanch halqasi uchta nosimmеtrik joylashtirilgan darchaga ega.
19-Mavzu: Yordamchi elektr jixozlarni ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish.
Hozirgi zamon avtomobillarida harakat xavfsizligini ta'minlash, haydovchi va yo’lovchilarga qulaylik
yaratish, yonilg’ini tеjash bilan bog’liq bo’lgan mеxanizmlarni harakatga kеltiradigan elеktryuritmalar kеng
ko’lamda ishlatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |