Shkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
3. O’qitish natijalarini tekshirishda test nazoratining o’rni.Nazorat turi testlar, yozma ishlar va og’zaki savol – javoblar orqali amalga oshiriladi. Pedagog olimlar I.Tursunov va U.Nishonalievlarning ma’lumotlariga qaraganda testlar orqali quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
• ta’lim oluvchilar nazariy va seminar bilimlarining darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonini beradi;
• bir vaqtning o’zida bir guruh yoki ko’p sonli ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish mumkin;
• hamma ta’lim oluvchilarda bir xil qiyinchilikdagi savollar berilib, hammasiga bir xil sharoit yaratiladi;
• test natijalarini ta’lim beruvchi tomonidan tezkorlik bilan (operativ) tekshirish mumkin;
• turli guruhdagi ta’lim oluvchilar bilimini solishtirish, qo’llanilayotgan metodning samaradorligini aniqlash mumkin;
• ta’lim jarayonida uchraydigan kamchiliklarda aniqlash mumkin.
Ta’lim natijalarini baholashda reyting tizimining test usuli keyingi paytlarda iste’molda keng foydalanilmoqda.
Test – biror bir faoliyatni bajarish uchun ma’lum darajadagi bilimni egallashga qaratilgan topshiriqdir. Test to’g’ri bajarilganligini o’lchash va baholash maqsadida har bir testga ekspert metodi yordamida etolon ishlab chiqiladi.
Umuman olganda test so’zi inglizchadan olingan bo’lib, u sinov, tekshirish, tadqiqot ma’nolarini bildirib “Sinalayotgan shaxsning psixo xususiyatlarini, shuningdek, intellektual rivoji, qobiliyati va malakasini tekshirishda qo’llaniladigan standart mashqlar” demakdir. Pedagogik va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida didaktik testlar quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
• nazariy bilimlarni nazorat qiluvchi, malaka va qobiliyatlarni tekshiruvchi o’zlashtirish testlari;
• real o’quv imkoniyatlari bo’yicha (Yu.Babanskiy) diagnostika testlari hamda umumiy va maxsus (masalan, mikro yoki makro iqtisodiyot fani va boshqa fanlar bo’yicha) o’qitish testlari.
Testlar tipologiyasi asosida topshiriqlarni tanlash, ularning strukturaviy o’zaro aloqadorligi va ta’riflari quyidagi omillarga bog’liqdir.
Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko’zga tashlanadi. Ular quyidagilardir:
nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
nazariy va seminar bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi;
bir vaqtning o’zida ko’p sonli ta’lim oluvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;
bilim natijalarining ta’lim beruvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
barcha ta’lim oluvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.
Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan sohadir.
Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb etadi. Bu Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi va yangi o’quv dasturining amaliyotga joriy etilganligi bilan ham izohlanadi. Erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga nisbatan yuqori talabning qo’yilganligi, ta’lim oluvchilarni kasbga muvaffaqiyatli yo’llash maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng ko’lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko’zga tashlanayotgan bir vaqtda ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |