2. Ma’ruzaning samaradorlik shartlari.
Ma’ruza – bu, o’qituvchi tomonidan bilimni bayon etish. Ma’ruzada keng hajmli bilim monologik-muammoli yo’l bilan bayon qilinadi. Qoidaga ko’ra, ma’ruza metodi yuqori sinflarda qo’llanadi. Ma’ruzaning mohiyati shundaki, u o’quvchilarning bilimni to’liq va tugallangan, mantiqan, o’zaro bog’liq holda o’zlashtirishiga yordam beradi.
Hozirgi davr pedagogik tajribada ham, ma’ruza bahs metodi qullanilmoqda. Bu metod o’quvchilarning mustaqil fikrlash, o’z mulohazalarini isbotlash, asoslashni bilishlarida muhim omil bo’layapti. Zero, puxta tayyorgarlik bilan uyushtirilgan bahs o’quvchilarning ta’lim va tarbiyada muammoni chuqur tushunish yo’llarini, unga nisbatan bo’lgan o’z fikr-mulohazalarini himoya qilishni, boshqalar fikri bilan hisoblashish odobini egallashlarida alohida ahamiyatga ega.
Ma’ruza metodida ko’zlangan asosiy maqsad – o’quvchilarda bilimni mustaqil egallash qobiliyatini hosil qilishdir.
Ma’ruza yangi bilimni o’tishda uning qismlarini umumlashtirishda, murakkab qonun-qoidalarni yakunlashda, muammoli masalalarni o’rganishda, o’quv fanlari o’rtasidagi o’zaro aloqani o’rganishda qo’llaniladi.
Ma’ruzaning mazmunli, samarali bo’lishi uchun:
- aniq, o’ylab tuzilgan rejani talabalarga tanishtirish;
- rejaning har bir qismi bo’yicha berilgan ma’lumotni yakunlash;
- bayon talabalarga tushunarli va ko’rgazmali, yorqin bo’lishi;
- bayon talabalarda muhim o’rinlarni bilib olishga qiziqish uyg’otadigan bo’lishi kerak.
Ma’ruzani shunday o’qish lozimki, buning ta’sirida talabalarda shu fanga uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e’tiqodlar vujudga kelishi va shakllanishi darkor shunday ekan, o’qituvchi ma’ruza o’qish jarayonida tinglovchilarning tarkibini hisobga olgan holda, uning ilmiy tomoniga alohida e’tibor berishi va talabalarning qiziqishi va intilishlariga quloq solishi lozim.
O’qilayotgan ma’ruzalarning tarbiyaviy ta’sirining ya’nada yuksak bo’lishi o’qituvchining yoshlar oldidagi obro’siga, shaxsiy sifatlariga, ilmiy iste’dodiga, ta’lim sohasidagi tajribasi, mahoratiga va talabalar bilan o’rnatilgan do’stona munosabatlariga bog’liqdir.
Bundan tashqari dars va ma’ruzaning samarali natijasi o’quvchi va talabalarning o’quv jarayondagi ruhiy holatlarini qay darajada hisobga olinishiga ham bog’liq. Shunday ekan, ta’limni samarali tashkil etish, uning dars, ma’ruza va boshqa shakllaridan o’qitish jarayonida o’rinli foydalanishlari uchun shubhasiz, o’qituvchining pedagogik mahorati, pedagoglik madaniyati, o’z predmetini puxta bilishligi va o’quvchi talabalar bilan umumiy til topa olishligi g’oyat katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |