Asosiy adabiyotlar ro’yxati:
1. Tojiboeva D. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. T.: Fan va texnolgiya.
2007. - 541 bet.
2. D.Tojiboeva, Yo’ldoshev. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. Darslik. T.:
Aloqachi, 2009. - 568 bet.
3. Fayzullaeva D. Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi. T.: Iqtisodiyot,
2013.
4. Xakimova M.F., Fayzullaeva D. M., Lutfullaeva N.X. Maxsus fanlarni
o’qitish uslubiyoti. O’quv qo’llanma. T.: TDIU, 2014.
5. Xo’jaeva N., Xasanboev J., Mamajonov I., Musaxonova G. Yangi pedagogik
texnologiyalar. O’quv qo’llanma. T.: TDIU, 2007. - 180 b.
7-mavzu: Ma’ruza va seminar mashg’ulotlaini loyihalashtirish va rejalashtirish asosilari
Reja:
1. Ma’ruza shaklida o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari.
2. Ma’ruzaning samaradorlik shartlari.
3. Ma’ruza turlari va ularning tasnifi.
4. Ma’ruza mashg’ulotlarini loyihalash va rejalashtirish yo’llari.
5. Seminar shaklida o’qitishning o’zishga xos xususiyatlari.
6. Seminar mashg’ulotining turlari va ularning tasniflari. Seminar
mashg’ulotini loyihalash va rejalashtirish yo’llari.
1. Ma’ruza shaklida o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari.
Uzluksiz ta’limning hamma bosqichlarida ta’limning o’ziga xos tashkiliy shakllari mavjud.
Jumladan: ikki bosqichli oliy ta’lim tizimida o’ziga xos ta’lim shakllari mavjud. Bularga: ma’ruzalar, seminar va amaliy mashg’ulotlar, kafedra o’qituvchilarining ochiq ma’ruzalarida qatnashish, ma’ruza matnini tayyorlash va muhokama qilish, o’quv kurslari bo’yicha dasturlar tayyorlash ishlari kabilar oliy ta’limning ko’p qirrali yo’nalishlari va shakllaridir. oliy ta’lim tizimida ma’ruza o’quv jarayonining ham usuli, ham shakli hisoblanib, u talabalarga fan asoslarini og’zaki, uzviy va muntazam singdirishga xizmat qiladi. Ma’ruza tufayli talaba shu fanning mohiyatini tushunib boradi hamda ularni erkin fikrlashga, fan ustida o’ylashga majbur etadi. Shu sababli ma’ruza ilmiy tafakkurni rivojlantirishning o’ziga xos maktabiga aylanadi. Ma’ruzani shunday o’qish lozimki, uning ta’sirida talabalarda shu fanga uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e’tiqod, g’oya shakllansin. Buning uchun o’qituvchi har bir ma’ruzaning mazmunini fandagi yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim. Ma’ruza ijobiy hamkorlikka tayanib tashkil qilingandagina samarali natija beradi. Buning uchun ma’ruza jarayonida ham ta’limiy, ham tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshirish yo’llaridan biri – o’qituvchi bilan talabalar o’rtasida do’stona, faol munosabatlarni tiklab olinishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |