«Tasdiqlayman» O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Download 355,8 Kb.
bet13/33
Sana07.07.2022
Hajmi355,8 Kb.
#755592
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
111магистр-иши

2.3. Oliy ta’lim muassasalarida dars jarayonini modernizatsiya qilishning
mazmuni va mohiyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishida2 belgilangan “... o‘quv jarayoniga yangi axborotkommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar hamda multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash ....”dek o‘ta muhim vazifalar ta’lim tizimini yuqori sifat darajasida ko‘tarish zarurligini ko‘rsatadi va sog‘lom avlodni shakllantirishda olib borilayotgan izchil siyosatning in’ikosi bo‘lib hisoblanadi.3
Ta’lim jarayonining sifati ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, ta’lim jarayoniga jalb qilingan professor-o‘qituvchilar salohiyati, ta’lim oluvchilar salohiyati, ta’lim berish jarayoni texnik vositalari, ta’lim texnologiyalari, ta’lim jarayonini boshqarishning sifat darajasi kabi omillar bilan ta’minlanadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internetning ta’lim sohasiga keng kirib kelishi ta’lim xizmatlarining globallashuvi uchun ham katta yo‘l ochmoqda. Rivojlangan davlatlar ta’lim sohasida bo‘layotgan bunday ijobiy jihatlarni e’tiborga olgan holda ta’lim sifatini yuksaltirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ommaviy ravishda keng foydalanish davr talabiga aylanib bormoqda.
Prezident I.A.Karimovning 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori4 oliy ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda o‘qitish shakllarini joriy etish, o‘qituvchi kadrlar mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadlarini qamrab olgandir.
Ta’lim-tarbiya jarayonlarida yangi ped texnologiyalarni qo‘llash zamon talabiga aylandi. Bu ta’lim jarayonini hozirgi fan-texnika yutuqlaridan orqada qolmasligi uchun uning talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tarbiyalashni taqozo etadi. Bu o‘qituvchilar oldida ham yangi talablarni qo‘yadi. Zamonaviy o‘qituvchi kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi ekanligini chuqur his etishi lozim. Bu undan mustaqillik tafakkuriga va zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lishni taqozo etadi.
XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma’naviyat asri sifatida insoniyat oldida yangi-yangi ufqlar ochish bilan, biz ilgari ko‘rmagan, duch kelmagan keskin muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Pedagoglardan, bugungi murakkab zamonda yoshlarga zamon ruhida ta’lim berish bilan bir qatorda, bashariyatning, Vatanimiz va xalqimizning ertangi kunini o‘ylab, yoshlarni ezgulikka, insofdiyonat, mehr-oqibat va bag‘rikenglikka da’vat etishga qaratilgan tarbiyaviy ishlarni ham amalga oshirishi talab etadi.
Inson aqli borasida Sharqda qaror topgan qarashlarga ko‘ra, aql ikki xil, ya’ni tabiiy va kasbiy bo‘ladi. Tabiiy aql insonga tug‘ma in’om etiladi. Kasbiy aql esa o‘qish, ilm olish va tajriba tufayli orttiriladi. Kasbiy aqlni shakllantirishdek sharafli va mashaqqatli vazifa aynan pedagoglar zimmasiga yuklatilgandir.
Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobidagi “Tarbiyaning zamoni” bobida shunday jumlalar bor: “Endi ochiq ma’lum bo‘ldiki, tarbiyani tug‘ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlandurmak, fikrimizni nurlandurmak, axloqimizni go‘zallandurmak, zehnimizni ravshanlandurmak lozim ekan. Tarbiyani kimlar qilur, qayda qilinur?-degan savol keladur”.
Bu savolga “birinchi – uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi - maktab va madrasa tarbiyasi, bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur”, deb javob bersak”. Aynan ana shu maktab va madrasa tarbiyasini avval ham, hozir ham muallim-pedagoglar amalga oshirib kelishgan.
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi va ushbu dastur asosida olib borilgan islohotlar natijasida ta’lim sifati va samaradorligi keskin oshdi. Ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazalari mustahkamlandi. Shuni qoniqish bilan aytish mumkinki, zamonaviy ta’lim tizimining joriy etilishi bugungi kunda ijobiy natijalar bermoqda. Endigi, biz pedagoglarning vazifasi zamonaviy texnik ta’minotga ega ta’lim muassasalarida talablar darajasida innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida yoshlarimizga ta’limtarbiya berishdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
Buning uchun har bir pedagog o‘z ustida mukammal ishlashi, zamondan orqada qolmasligi, o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini puxta bilishi va o‘z faoliyatida joriy etishi zarur. Hozirgi kunda eski an’anaviy uslubdagi darslar yoshlarimiz ehtiyojini qondirmaydi, ular bunday darslarni tinglagisi kelmaydi. Chunki, fikrlash va tafakkur boshqa, aynan biror fan bo‘yicha bilimga ega bo‘lish boshqa. Fikrlash va tafakkur tabiiy aql mahsuli, bilim olish esa – bu ta’lim muassasi, pedagog faoliyati mahsuli. Yoshlarimizni fikrlashi va tafakkuri bundan 15-20 yil avvalgi yoshlarga nisbatan ancha baland va tezdir.
Agar pedagog yoshlar bilan hamnafas fikrlamasa, zamon yangiliklariga va talablariga yoshlardanda tez bo‘lmasa, uning ta’lim-tarbiya sohasidagi faoliyati samarasiz bo‘lib qoladi. Ta’lim tizimini tubdan isloh etish yoshlarning ongu tafakkuri va dunyoqarashini o‘zgartirish, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini, o‘z kelajagiga bo‘lgan ishonchini oshirishning eng muhim omili va mustahkam asosi sifatida Prezident Islom Karimovning “Ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz” asarida ta’lim-tarbiya masalalariga oid fikrmulohazalarida ozod, o‘z haq-huquqini yaxshi taniydigan, izlanuvchan, zamonaviy bilimga ega, Vatanga, ona zaminimizga sadoqatli, boqimandalikning har qanday ko‘rinishlarini o‘zi uchun or deb biladigan, o‘z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, o‘z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan barkamol insonni tarbiyalash muammolarini bayon etgan” edilar. Yurtimizda mustaqillik yillarida sog‘lom avlodni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati xalqaro e’tirofga molik voqeaga aylandi. Bu fikrning isboti 2012 yil 17 fevralda Toshkentda bo‘lib o‘tgan (Yuksak bilim va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti) shuningdek 2011 yil (Sog‘lom ona - sog‘lom bola mavzularida xalqaro simpoziumlarda bayon etilgan fikr mulohazalar) da o‘z isbotini topganligini bilishimiz mumkin5
Ta’limda yangi innnovatsion pedagogik texnologiyalar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanilayotgan bir vaqtda ta’limning tashkiliy shakllari qanday bo‘lishi lozim?
“Bo‘lajak o‘qituvchilarning 85% ortig‘i fakat o‘z fanlari bo‘yicha dars berib, tarbiyachilik faoliyati bilan shug‘ullanmaslikni afzal ko‘radi. Vaholanki, yosh o‘qituvchilarning 80-90%i maktabga kelishlari bilan sinf rahbarlari etib tayinlanadilar. Buning natijasida yosh o‘qituvchilarda paydo bo‘luvchi nochorlik, xafsalaning pir bo‘lishi ba’zan ularning kasbini o‘zgartirishiga sabab bo‘ladi. Mavjud vaziyat pedagogik ta’lim jarayonida o‘qituvchi professionalizmida milliy tarbiyachilik sifatlarini kuchaytirishni, takomillashtirishni taqozo qilmoqda”6, - deydi pedagog olimlarimiz.
Oliy ta’limda o‘qitishning tashkiliy formasi deb ta’lim jarayonida o‘quvchi bilan o‘qituvchining turli variantlardagi o‘zaro pedagogik muloqoti tushuniladi. Ma’lumki, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim jarayonining tashkiliy formasi ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, talabalarning mustaqil ishlari va turli amaliyotlardan tashkil topgan. Har qanday tashkiliy forma ta’lim maqsadi, mazmuni va boshqa elementlarni o‘z ichiga olgan ta’lim modelini aniqlaydi. Ta’limning tashkiliy formasi ta’lim modelining mohiyatini ochib beradi. Ta’lim modeli va tashkiliy forma o‘rtasidagi bunday simmetrik bog‘lanish professor-o‘qituvchiga o‘zining kasbiy muhitida ko‘plab tendensiyalarni farqlashga hamda o‘z faoliyatida ta’lim jarayonini qanday tashkil etishni to‘g‘ri tanlashga yordam beradi. Hozirgi zamonaviy ta’lim jarayonida ta’lim modeli va tashkiliy formasi o‘rtasidagi bunday bog‘lanishni ko‘rsatuvchi ko‘plab misollarni keltirish mumkin.
Har bir dars yoki mashg‘ulot oldindan belgilangan maqsadlarga rioya qilishi lozim. Odatda o‘quv dasturi asosida belgilashimiz mumkin bo‘lgan aniq bir maqsadga erishilishi lozim. Maqsadlar yozma ravishda nazariy dars rejasiga kiritiladi va maqsad erishilgan – erishilmaganligi test va topshiriqlar yordamida tekshiriladi va mustahkamlanadi.
Pedagogik amaliyotda yangi yo‘l va vositalarini jadal tatbiq etilayotganligini kuzatish mumkin. Biroq ba’zi ta’lim shakl va faol usullar o‘rniga bo‘linmas ta’limiy texnologiyalar zarur. Lekin ta’limiy jarayonni texnologiyali loyihalashtirish va rejalashtirishni, faqat texnologik bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan o‘qituvchi bajara olishi mumkin.

Download 355,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish